OʻZBEKISTON RESPUBLIKASI
OLIY VA OʻRTA MAXSUS TA’LIM VAZIRLIGI
MOLIYA INSTITUTI
MOLIYA FANIDAN
NAZORAT ISHI
MAVZU: ZAMONAVIY (AMALIY) MOLIYA VA KORPORATIV SIYOSAT.
Guruh: SBHA 88
Bajardi: Barakayeva F
Qabul qildi: Ernazarov N
Toshkent – 2022
Zamonaviy (amaliy) moliya va korporativ siyosat.
Reja:
Zamonaviy moliyaning mazmun-mohiyati
“Zamonaviy moliya”ni o‘rganishning ob’ektiv zarurligi
Korporativ boshqaruvning mohiyati, maqsadi va vazifalari
Korporativ boshqaruv ishtirokchilari.
“Zamonaviy moliya” – o‘ziga xos ilmiy-amaliy fan. Unda, afsuski, hanuzgacha amaliyotimizda yetarli darajada e’tibor berib kelinmayotgan hamda qadriga yetilmayotgan vaqt va noaniqlik sharoitida defitsit pul mablag‘larining taqsimlanish masalalari o‘rganiladi. Bu o‘rinda, “vaqt” va “noaniqlik sharoitida” deb nomlangan so‘z va so‘zlar birikmasiga jiddiy e’tibor berishingizni so‘raymiz. Zamonaviy moliya ilmida bular shunchaki so‘zlar yoki so‘z birikmalari emas.
Ajablanarlisi shundaki, aynan ular shu ilmning taqdiri va qadr-qimmatini belgilab beradi. Aslida faqat shugina emas, balki har birimizning taqdirimiz va qadr- qimmatimizni belgilab berishda ham vaqt va noaniqlik sharoiti hal qiluvchi ahamiyatga ega.
Bizni yuqoridagi vaziyatlardan qutqarishga ko‘mak beruvchi “Zamonaviy moliya” (fani) quyidagi uch analitik “ustun” ustida vujudga keladi:
vaqt omili (davrlar o‘rtasidagi muqobil variantlar tahlili)ni hisobga olgan holda pul mablag‘laridan foydalanishni optimal-lashtirish (oqilonalashtirish);
aktivlar qiymatini baholash;
portfel nazariyasini ham o‘z ichiga oluvchi riskiy boshqaruv.
Yuqorida qayd etilganlarni, o‘ziga xos tarzda, “Zamonaviy moliya”ning mustahkam poydevori deb ham atash mumkin. Bu har bir asosiy element (“ustun”)larning yadrosi qator tub (fundamental) qonunlar va prinsip-lardan iboratdirki, ular yuqoridagilarning har birida qo‘llaniladi.
“Zamonaviy moliya” (fani) ning nima ekanligini anglash, uni to‘g‘ri idrok etish, u xususda yaxlit tasavvur hosil qilish va tegishli bilimlarga ega bo‘lish hamda ulardan amaliyotda foydalanish uchun, eng avvalo, quyidagi uch savolning aniq javobiga ega bo‘lmoq lozim:
.Zamonaviy moliya” (fani) olamida harakatlanuvchi ikki asosiy “shaxs” (kuch)lar kim (nima)lar va ular tomonidan qabul qilinadigan qaror-larning qanday turli ko‘rinishlari mavjud?
Zamonaviy moliyaning mazmun-mohiyati
Yuqorida qayd etilgan har uch savolning aniq javoblariga ega bo‘lish quyidagi ketma-ketlikda ish tutishni taqozo etadi:
“Zamonaviy moliya” (fani) ta’rifi (tavsifi) va uni o‘rganishning zarurligi;
Uy xo‘jaliklari va firmalar qabul qiladigan moliyaviy qarorlar;
“Zamonaviy moliya”ning fundamental asos (masala)lari.
“Zamonaviy moliya” fani yagona (yaxlit holdagi) “Moliya” fanining bir
(tarkibiy) qismi hisoblanadi. Uning bunday nomlanishi, ma’lum ma’noda, shartli xarakterga ega. Bu joyda ushbu fanning faqat zamonaviy va ayniqsa, uning amaliy jihatlariga maxsus ravishda alohida urg‘u yoki e’tibor berilayotgani uchun uni shunday nomlash mumkin.
Shaxslarning ma’lum vaqt mobaynida defitsit pul resurslari kirimi (daromadi) va chiqimi (xarajati)ni qanday boshqarishni o‘rganishga zamonaviy moliya deyiladi.
Zamonaviy moliyaning mazmun-mohiyati
Muayyan (aniq) moliyaviy qarorni qabul qilib, biznesmen (tadbirkor yoki ishbilarmon) uni moliyaviy tizim yordamida amalga oshiradi (hayotga tatbiq etadi). Moliyaviy bitimlar tuzish, aktivlar va riskni almashishda foydalaniladigan bozorlar va boshqa institutlar majmuiga moliyaviy tizim (financial system) deyiladi. Bu tizim aksiyalar, obligatsiyalar va boshqa moliya instrumentlari bozori, moliyaviy vositachilar (bank va sug‘urta kompaniyalari kabi), moliyaviy xizmatlar taklif etadigan firmalar (masalan, moliya-maslahat firmalari) va shu barcha muassasalar faoliyatini nazorat qiluvchi organlarni o‘z ichiga oladi. “Zamonaviy moliya” (fani) oldida turgan eng muhim vazifalardan biri – bu moliyaviy tizim evolyutsiyasi qonuniyatlarini o‘rganishdir.
“Zamonaviy moliya” nazariyasi qator konsepsiyalardan iborat bo‘lib, bu konsepsiyalar talaba (kitobxon)larga vaqt omilini hisobga olgan holda pul resurslarini taqsimlash masalalarini o‘rganishga tizimlashtirilgan yondoshuvni, shuningdek, yordamida barcha muqobil variantlar o‘rganiladigan va moliyaviy qarorlar qabul qilinib, hayotga tatbiq etiladiganmiqdoriy modellar to‘plamini taklif etadi. Mazkur asosiy konsepsiyalar va miqdoriy modellar moliyaviy qarorlar qabul qilishning barcha bosqich-larida: avtomobilni sotib (ijaraga) olish yoki o‘z biznesini yo‘lga qo‘yish
“Zamonaviy moliya” (fani)ni o‘rganishga astoydil kirishmoqchimiz?
Uning Siz uchun naqadar zarur ekanligini his etishni istaysizmi? Unda, hech bo‘lmaganda, quyidagi hayotiy misol va savollarga bir e’tibor bering:
Siz pul to‘plash (jamg‘arish)ni boshladingiz va ularni bankda (gi hisob varag‘ida) saqlamoqdasiz. O‘z mablag‘ingizni biror bir o‘zaro fond1ga qo‘yishingiz (joylashtirishingiz) to‘g‘ri bo‘ladimi? Agar to‘g‘ri bo‘lsa, aynan qaysi fondga qo‘yish (joylashtirish) kerak?
Sizga avtomobil kerak bo‘lib qoldi. Uni sotib olish kerakmi yoki shunchaki ijaraga olgan yaxshi (ma’qul)mi?.
o‘quv yurtida o‘qib yurganingizda Siz mardikorlik (masalan, to‘yxona yoki restoranlarda ofitsiantlik) qilib pul topgansiz va o‘qishni tugatgach restoran ochishga ahd (qaror) qildingiz. Sizning shunday qilishingizga bu arziydimi? Umuman, bu to‘g‘ri bo‘ladimi? Buning uchun qancha mablag‘ talab etiladi? Siz bu mablag‘ni qayerdan olishingiz mumkin?
O‘zaro aloqadorlik nuqtai nazaridan esa korporativ boshqaruv tuzilmasi tashkilotdagi turli xil ishtirokchilar o‘rtasidagi huquq va majburiyatlar taqsimotini belgilab beradi. Bunda aksiyadorlar, kengash a’zolari, menejerlar va boshqa hissadorlar o‘rtasida qaror qabul qilishdagi jarayonlar va tartiblar belgilab beriladi.
Aksiyadorlar nuqtai nazaridan korporativ boshqaruv kengash faoliyati hamda uning aksiyadorlar, menejerlar, tashqi auditorlar va boshqalar bilan aloqadorligini nazarda tutadi. Korporativ boshqaruv kompaniyaning ta’sischilar (aksiyadorlar) oldidagi javobgarligi va huquqlarini ifodalovchi jarayon sifatida ifodalanadi.
Moliyaviy-iqtisodiy nuqtai nazardan korporativ boshqaruv kompaniyaning moliyaviy ta’minotchilari va ularning mablag‘lari qaytib kelishi o‘rtasidagi munosabatlarni ifodalaydi. Bunda egalik huquqi va investorlar huquqlari himoyasiga alohida e’tibor qaratiladi.
Korporativ boshqaruv prinsiplari
Iqtisodiy hamkorlik va taraqqiyot tashkiloti korporativ boshqaruvning quyidagi prinsiplarini ajratib ko‘rsatadi:
Samarali korporativ boshqaruv tuzilmasi uchun asoslarni ta’minlash. Mazkur funktsiya davlat tomonidan korporativ boshqaruv samarali amal qilishi uchun shart-sharoit yaratishni nazarda tutadi.
Aksiyadorlar huquqlari, aksiyadorlarga nisbatan bir xil munosabatda bo‘lish va asosiy mulkdorlar funktsiyalari.
Institutsional investorlar, fond bozorlari va boshqa vositachilar.
Korporativ boshqaruvda manfaatdor tomonlarning roli.
Axborotlar oshkoraligi va shaffofligi.
Direktorlar kengashining javobgarligi.
Umumiy holda korporativ boshqaruvning prinsiplari quyidagilar:
Korporativtuzilmafaoliyatiustidan nazoratni amalga oshirish imkoniyati.
Korporativ investorlar hisobdorligi. Investitsion tuzilma
boshqaruvining
(aktsiyadorlar)
oldida
qarorlar
qabul
qilishda
risklarni pasaytirish. Barchainvestorlar(aktsiyadorlar) huquqlari va manfaatlarini ta’minlash.
Do'stlaringiz bilan baham: |