Moliya instituti I. Ochilov


Grantlar, subsidiyalar hamda kelgusi davr xarajatlari va to’lovlari rezervini hisobga olish



Download 322,98 Kb.
bet84/109
Sana18.01.2022
Hajmi322,98 Kb.
#390734
1   ...   80   81   82   83   84   85   86   87   ...   109
Bog'liq
5-y-Moliyaviy-hisob-Oquv-qollanma-I-Ochilov-va-boshq-T2004

Grantlar, subsidiyalar hamda kelgusi davr xarajatlari va to’lovlari rezervini hisobga olish

Grantlar, subsidiyalar va beg’araz yordamlarni hisobga olish 1998 yil 3 dekabrda Adliya vazirligi tomonidan 562-raqam bilan tasdiqlangan «Davlat subsidiyalari hisobi va davlat yordamini izohlash» nomli 10-son BHMA bilan tartibga solinadi.


Grant (subsidiya) deganda xo’jalik yurituvchi sub’ektlarga ular belgilangan shartlarni bajarganlarida iqtisodiyotni rivojlantirishni rag’batlantirish maqsadida davlat yoki xalqaro xorijiy tashkilotlar tomonidan ko’rsatiladigan pul yoki natura ko’rinishidagi yordam tushuniladi.
Shu bilan birgalikda subsidiya va grantlar turli nodavlat, xalqaro tashkilotlar va jamg’armalar tomonidan ma’lum dasturlarni amalga oshirish uchun korxonalar tomonidan taqdim etilishi mumkin.
Grant va subsidiyalar quyidagi hisobvaraqlarda hisobga olinadi:
8810 - «Grantlar»;
8820 - «Subsidiyalar».
Mazkur hisobvaraqlarda o’z sarmoyasiga kiritiluvchi hamda korxona faoliyatini moliyalash manbai sifatida ko’rib chiqiladigan ajratilgan grant va subsidiyalarning mavjudligi va harakati to’g’risidagi ma’lumotlar hisobga olinadi.
Pul shaklida olingan grantlar quyidagicha aks ettiriladi: D-t 5110, 5210-«Pul mablag’lari»hisobvaraqlari

K-t 8810-«Grantlar».


Grantlar hisobiga ustav kapitalining ortishi quyidagicha aks ettiriladi: D-t 8810-«Grantlar»

K-t 8310, 8320, 8330 Ustav kapitalini hisobga olish hisobvaraqlari.


Grant ajratgan tashkilotning grant summasini korxona ustav sarmoyasiga badal sifatida kiritish haqidagi qarori zarur. Ustav kapitalining oshishiga hamda yangi muassis paydo bo’lishiga barcha muassislarning roziligi ham kerak va ta’sis hujjatlarini qayta ro’yxatdan o’tkazish lozim:
D-t 8810-«Grantlar»
K-t 8530-«Tekinga olingan mol-mulk».
Subsidiyani olish shakli uni hisobda aks ettirish tartibiga ta’sir etmaydi. Aktivlarga tegishli davlat subsidiyalari quyidagicha aks ettiriladi:


  • aktivning foydali xizmat muddati davomida daromad sifatida tan olinadigan maqsadli tushumlar sifatida;

  • kelib tushgan aktivning balans qiymatini kamaytiradi hamda amortizatsiyalanadigan aktivdan foydali foydalanish muddati davomida hisoblanadigan eskirishni qisqartirish yo’li bilan moliyaviy natijalar to’g’risidagi hisobotda aks ettiriladi.

Shuningdek, 8800-«Maqsadli tushumlar» guruhida quyidagi hisobvaraqlar ochilgan: 8830 - «A’zolik badallari»;

8840 - «Maqsadli foydalaniladigan soliq imtiyozlari»;
8830 - «A’zolik badallari» hisobvarag’ida ta’sis hujjatlari bilan belgilangan jamiyat a’zolarining a’zolik badallari aks ettiriladi. A’zolik badallarining tushumi 8830-«A’zolik badallari» hisobvarag’i krediti bo’yicha pul mablag’larini hisobga olish hisobvaraqlari bilan korrespondentsiyada aks ettiriladi.
Soliq solishdan ozod etish natijasida bo’shagan mablag’lar summalarini maqsadli vazifalarni bajarishga yo’naltirishning hisobi 8840-«Maqsadli foydalaniladigan soliq imtiyozlari» hisobvarag’ida amalga oshiriladi.
Byudjetga to’lovlar bo’yicha (turlari bo’yicha) qarzlarni hisobga olish hisobvaraqlari bo’shagan mablag’lar summasiga debetlanadi, 8840-«Maqsadli foydalaniladigan soliq imtiyozlari» hisobvarag’i kreditlanadi. Soliq solishdan ozod etish natijasida bo’shagan mablag’lar summalari imtiyozli davr ko’rsatilgan taqdirda – imtiyozli davr tugagach, qolgan hollarda esa - har yili 8840-«Maqsadli foydalaniladigan soliq imtiyozlari» hisobvarag’i debetidan 8530-«Bepul olingan mol-mulk» hisobvarag’i kreditiga hisobdan chiqariladi.
8910-«Kelgusi davr xarajatlari va to’lovlar rezervi» hisobvarag’i bir maromda xarajat va to’lovlarni ishlab chiqarish yoki muomala xarajatlariga kiritish yo’li bilan belgilangan tartibda rezerv qilingan summalar holati va harakati to’g’risidagi ma’lumotlarni jamlash uchun qo’llaniladi.
Xususan, ushbu hisobvaraqda asosiy vositalarni ta’mirlash bo’yicha kelgusi xarajatlar summasini aks ettirish mumkin. Rezervning hosil bo’lishi:

D-t 2010, 2110, 2310, 2510 Ishlab chiqarish xarajatlari hisobvaraqlari K-t 8910-«Kelgusi davr xarajatlari va to’lovlar rezervi».

Buxgalteriya hisobi xalqaro standartlariga muvofiq bunday rezervni tashkil qilish tavsiya qilinmaydi, chunki korxona uni tashkil etishda o’z hisobotida amalga oshirilmagan xarajatlarni aks ettiradi va foydani kamaytiradi.
Tijorat korxonalari, agar hisob siyosatida bu aks ettirilgan bo’lsa, faqat sof foyda hisobiga rezerv tashkil etishlari mumkin. Ishlab chiqarish ehtiyojlari uchun rezervdan foydalanishda soliq solinadigan baza mazkur xarajatlar summasiga kamaytiriladi.
Ishlab chiqarish xarajatlari hisobiga rezerv tashkil qilish O’zbekiston Respublikasi Moliya vazirligi bilan kelishilgan holda, asosan mavsumiy ishlaydigan korxonalar uchun ruxsat etiladi.
Korxonalarda tashkil etilgan ushbu rezervlardan asosiy vositalar ta’mir qilinayotganda va boshqa maqsadlarda foydalanilishi mumkin.
Ilgari tashkil etilgan rezerv hisobidan asosiy vositani kapital ta’mir qilish uchun materiallar sarflansa, quyidagicha provodka beriladi:
D-t 8910-«Kelgusi davr xarajatlari va to’lovlar rezervi» K-t 1010-«Xom-ashyo va materiallar».

Ilgari rezerv qilingan summalar bo’yicha hisob-kitob hisobvaraqlaridan xarajatlar to’lansa, quyidagicha yozuv qilinadi:


D-t 8910-«Kelgusi davr xarajatlari va to’lovlar rezervi» K-t 5110-«Hisob-kitob schyoti».

Download 322,98 Kb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   ...   80   81   82   83   84   85   86   87   ...   109




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©hozir.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling

kiriting | ro'yxatdan o'tish
    Bosh sahifa
юртда тантана
Боғда битган
Бугун юртда
Эшитганлар жилманглар
Эшитмадим деманглар
битган бодомлар
Yangiariq tumani
qitish marakazi
Raqamli texnologiyalar
ilishida muhokamadan
tasdiqqa tavsiya
tavsiya etilgan
iqtisodiyot kafedrasi
steiermarkischen landesregierung
asarlaringizni yuboring
o'zingizning asarlaringizni
Iltimos faqat
faqat o'zingizning
steierm rkischen
landesregierung fachabteilung
rkischen landesregierung
hamshira loyihasi
loyihasi mavsum
faolyatining oqibatlari
asosiy adabiyotlar
fakulteti ahborot
ahborot havfsizligi
havfsizligi kafedrasi
fanidan bo’yicha
fakulteti iqtisodiyot
boshqaruv fakulteti
chiqarishda boshqaruv
ishlab chiqarishda
iqtisodiyot fakultet
multiservis tarmoqlari
fanidan asosiy
Uzbek fanidan
mavzulari potok
asosidagi multiservis
'aliyyil a'ziym
billahil 'aliyyil
illaa billahil
quvvata illaa
falah' deganida
Kompyuter savodxonligi
bo’yicha mustaqil
'alal falah'
Hayya 'alal
'alas soloh
Hayya 'alas
mavsum boyicha


yuklab olish