Moliya instituti I. Ochilov


Uzoq muddatli moliyaviy investitsiyalar harakatini hisobda aks



Download 322,98 Kb.
bet42/109
Sana18.01.2022
Hajmi322,98 Kb.
#390734
1   ...   38   39   40   41   42   43   44   45   ...   109
Bog'liq
5-y-Moliyaviy-hisob-Oquv-qollanma-I-Ochilov-va-boshq-T2004

Uzoq muddatli moliyaviy investitsiyalar harakatini hisobda aks


ettirish
Korxonada uzoq muddatli moliyaviy investitsiyalar hisobini yuritish orqali quyidagilar namoyon bo’ladi:


  • boshqa aktsionerlik jamiyatlarining aktsiyalariga va boshqa sub’ektlarning, shu jumladan, sho’’ba korxonalarning ustav kapitallariga oid uzoq muddatli investitsiyalarning mavjudligi va harakati;

  • davlat va mahalliy obligatsiyalar, sertifikatlar va tijorat banklari, xo’jalik yurituvchi sub’ektlar hamda tadbirkorlik tuzilmalarining shunga o’xshash qimmatli qog’ozlariga oid uzoq muddatli investitsiyalar;

  • sub’ektlarga, o’zga xil tadbirkorlik tuzilmalariga berilgan uzoq muddatli pul va boshqa ko’rinishdagi qarzlarning harakati va qoldiqlari.

Uzoq muddatli moliyaviy investitsiyalarga doir muomalalarni buxgalteriya hisobida aks ettirish uchun hisobvaraqlar rejasida quyidagi hisobvaraqlar ochilgan:


0610 - «Qimmatli qog’ozlar»;
0620 - «Sho’’ba korxonalarga investitsiyalar»; 0630 - «Qaram birlashmalarga investitsiyalar»; 0640 - «Qo’shma korxonalarga investitsiyalar»; 0690 - «Boshqa uzoq muddatli investitsiyalar».

0610 - «Qimmatli qog’ozlar» hisobvarag’ida aktsionerlik jamiyatlarining aktsiyalari, foizli obligatsiyalari va boshqa qimmatli qog’ozlari (optsion, fyuchers va boshqalari)ga uzoq muddatli moliyaviy investitsiyalarning mavjudligi va harakati aks ettiriladi.


0620 - «Sho’’ba korxonalarga investitsiyalar», 0630-«Qaram birlashmalarga investitsiyalar», 0640-«O’o’shma korxonalarga investitsiyalar» hisobvaraqlarida mos ravishda sho’’ba, qaram va qo’shma korxonalarga investitsiyalarning mavjudligi va harakati aks ettiriladi.

0690 - «Boshqa uzoq muddatli investitsiyalar» hisobvarag’ida kelajakda moliyaviy daromad olish maqsadida korxonaning davlat korxonasiga, xayriya yoki ekologik tashkilotlarga investitsiyalarning mavjudligi hisobga olib boriladi.


Bu hisobvaraqlar aktiv bo’lib, debetdagi qoldiqlar har oyning boshiga korxona tomonidan sotib olingan qimmatli qog’ozlar qiymatini ifodalaydi. Debet tomonidagi oboroti oy davomida sotib olingan qimmatli qog’ozlar qiymatini, investitsiya uchun sarflangan mablag’lar miqdorini, kredit tomonidagi oborotlar hisobdan chiqarilgan, sotib yuborilgan, qaytarib berilgan qimmatli qog’ozlar qiymatini yoki investitsiyalarning uzilishini aks ettiradi.
Moliyaviy investitsiyalarning tahliliy hisobi qimmatli qog’ozlar turlari va investitsiya ob’ektlari bo’yicha yuritiladi.
Misol. «Nur» kompaniyasi sotib olgan aktsiyalarning qiymati 600000 so’m, nominal qiymati esa 500000 so’m, uzish muddati 10 yil. Aktsiyalar bo’yicha har yili 10 foiz daromad olishga kelishilgan.
Aktsiyalar sotib olinganida:
D-t 0610-«Qimmatli qog’ozlar» - 600000 so’m K-t 5110-«Hisob-kitob schyoti» - 600000 so’m Har yili olinadigan daromadning hisoblanishi:

500000 x 10 / 100 = 50000 so’m.


Sotib olish va nominal qiymatlar o’rtasidagi farq:
600000 - 500000 = 100000 so’m, demak, har yilga 100000 / 10 = 10000 so’m.
Yillik daromad hamda aktsiyani sotib olish va nominal qiymatlari o’rtasidagi farq: 50000 - 10000 = 40000 so’m.
Yil oxirida olingan daromad va tafovutlar quyidagicha hisobga olinadi:


  • sotib olish va nominal qiymatlari o’rtasidagi farqqa:

D-t 4840-«Olinadigan dividendlar» – 10000 so’m K-t 0610-«Qimmatli qog’ozlar» – 10000 so’m;



  • yillik daromad hamda aktsiyani sotib olish va nominal qiymatlari farqi orasidagi tafovut summasiga:

D-t 4840-«Olinadigan dividendlar» – 40000 so’m


K-t 9520-«Dividendlar ko’rinishidagi daromadlar» – 40000 so’m.
Hisob-kitob schyotiga pul kelib tushganida:

D-t 5110-«Hisob-kitob schyoti» - 50000 so’m


K-t 4840-«Olinadigan dividendlar» - 50000 so’m.
Agar qimmatli qog’ozning nominal qiymati uni sotib olish qiymatidan ko’p bo’lsa, ushbu qog’oz bo’yicha daromad hisoblanganida nominal va sotib olish qiymatlari orasidagi farqning qismi ham hisobdan chiqariladi.
Odatda, uzoq muddatli qimmatli qog’ozlar kupon (qirqiladigan kupon) bilan chiqariladi. Ushbu talonlar bo’yicha muntazam ravishda muomala davrida foizlar to’lanadi. Bu holda qimmatli qog’ozlarning nominal va sotib olish qiymatlari orasidagi farq korxonaga tegishli daromad hisoblanganida hisobdan chiqariladi.
Misol. «Nur» kompaniyasi «Bek» hissadorlik jamiyatining obligatsiyalarini 600000 so’mga sotib oldi. Ularning nominal qiymati 500000 so’m. Obligatsiyalar bo’yicha yillik 20 foiz daromad har 6 oyda qirqiladigan kupon orqali berilishi mo’ljallangan. Obligatsiyani sotib olish va nominal qiymatlari orasidagi farq 600000 - 500000 = 100000 so’m. Muomala davri- 5 yil.
Obligatsiyani sotib olish:
D-t 0610-«Qimmatli qog’ozlar» - 600000 so’m K-t 5110-«Hisob-kitob scheti» - 600000 so’m.

Yarim yildan keyin obligatsiyalardan oylik stavkasining yarmi miqdorida daromad hisoblandi (500000 x 10 / 100) = 50000 so’m:


D-t 4840-«Olinadigan dividendlar» – 50000 so’m
K-t 9520-«Dividendlar ko’rinishidagi daromadlar» – 50000 so’m.
Bir vaqtning o’zida obligatsiyani sotib olish va nominal qiymatlari orasidagi farq amortizatsiyalanadi (100000 / 10) = 10000 so’m:
D-t 9610-«Foizli ko’rinishdagi xarajatlar» - 10000 so’m K-t 0610-«Qimmatli qog’ozlar» - 10000 so’m.

Binobarin, 0610-«Qimmatli qog’ozlar» hisobvarag’ida yarim yildan keyin (600000 - 10000)

= 590000 so’m, bir yildan keyin (600000 - 20000) = 580000 so’m hisobga olinadi.
Faraz qilaylik, bir yildan keyin obligatsiyalarning narxi birjada keskin pasayib ketdi. Shunga muvofiq, obligatsiyalar paketi 550000 so’m deb baholandi. Demak, joriy davrga obligatsiyalarning haqiqiy qiymati va balans qiymati orasidagi farq (580000 - 550000) = 30000 so’mni tashkil etadi. Hisobot davri oxirida ushbu muomalaga quyidagicha provodka beriladi:
D-t 9690-«Moliyaviy faoliyatdan boshqa xarajatlar» - 30000 so’m K-t 0610-«Qimmatli qog’ozlar» - 30000 so’m.

Qolgan 4 yilga (yilda ikki marotaba 2 x 4 = 8) obligatsiya qiymati farqini qayta ko’rib chiqishi kerak: (550000 - 500000) / 8 = 6250 so’m.


Bir yildan so’ng korxonada quyidagicha provodka beriladi:


  • obligatsiyaning haqiqiy va nominal qiymatlari orasidagi farqning amortizatsiya summasiga:

D-t 9610-«Foizli ko’rinishdagi xarajatlar» - 6250 so’m K-t 0610-«Qimmatli qog’ozlar» - 6250 so’m.



  • obligatsiya bo’yicha hisoblangan daromad summasiga:

D-t 4840-«Olinadigan dividedlar» - 50000 so’m


K-t 9520-«Dividendlar ko’rinishidagi daromadlar» - 50000 so’m.


  • daromad hisob-kitob schetiga olinganida:

D-t 5110-«Hisob-kitob scheti» - 50000 so’m K-t 4840-«Olinadigan dividendlar» - 50000 so’m.

Qimmatli qog’ozlar mo’ljallangan daromadni keltirmagan taqdirda yoki uni aynan kelajakda sotish uchun olingan bo’lsa, ular boshqa tashkilotlarga sotib yuboriladi.
Qimmatli qog’ozlarni sotishda 9220-«Boshqa aktivlarning realizatsiyasi va boshqacha chiqib ketishi» hisobvarag’idan foydalaniladi. Agar qimmatli qog’ozlarni sotish natijasida daromad olinsa, ushbu hisobvaraqning debeti 9320-«Boshqa aktivlarning realizatsiya qilishdan va boshqacha chiqib ketishidan olingan foyda» hisobvarag’ining krediti bilan, agar zarar ko’rilgan bo’lsa hisobvaraqning krediti 9430-«Boshqa operatsion xarajatlar» hisobvarag’ining debeti bilan korrespondentsiyada bo’ladi.
Misol. «Do’stlik» korxonasi avval sotib olgan obligatsiyani boshqa korxonaga sotdi. Balans qiymati-500000 so’m, sotish qiymati-400000 so’m. Ushbu muomalalarga quyidagicha provodka beriladi:


  • obligatsiyani sotishdan tushgan tushum:

D-t 5110-«Hisob-kitob scheti» - 400000 so’m


K-t 9220-«Boshqa aktivlarning realizatsiyasi va boshqacha chiqib ketishi» - 400000 so’m.


  • obligatsiyaning balans qiymati hisobdan chiqarildi:

D-t 9220-«Boshqa aktivlarning realizatsiyasi va boshqacha chiqib ketishi» - 500000

so’m

K-t 0610-«Qimmatli qog’ozlar» - 500000 so’m.




  • sotishdan olingan zarar (500000 - 400000) = 100000 so’m:

D-t 9430-«Boshqa operatsion xarajatlar» - 100000 so’m


K-t 9220-«Boshqa aktivlarning realizatsiyasi va boshqacha chiqib ketishi» - 100000 so’m.
Sho’’ba, qo’shma va qaram korxonalarga mablag’ sarflanganida, ushbu korxonalarga investitsiyalar mavjudligini hisobga oluvchi hisobvaraqlarning debeti asosiy vositalarni, nomoddiy aktivlarni, ishlab chiqarish zahiralarini va pul mablag’larini hisobga oluvchi hisobvaraqlarning krediti bilan o’zaro korrespondentsiyada bo’ladi.
Investitsiyalarning uzilishida esa ularni hisobga olib boruvchi hisobvaraqlarning krediti pul mablag’lari va aktivlarni hisobga oluvchi boshqa hisobvaraqlarning debeti bilan o’zaro korrespondentsiyada bo’lishi mumkin.


Download 322,98 Kb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   ...   38   39   40   41   42   43   44   45   ...   109




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©hozir.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling

kiriting | ro'yxatdan o'tish
    Bosh sahifa
юртда тантана
Боғда битган
Бугун юртда
Эшитганлар жилманглар
Эшитмадим деманглар
битган бодомлар
Yangiariq tumani
qitish marakazi
Raqamli texnologiyalar
ilishida muhokamadan
tasdiqqa tavsiya
tavsiya etilgan
iqtisodiyot kafedrasi
steiermarkischen landesregierung
asarlaringizni yuboring
o'zingizning asarlaringizni
Iltimos faqat
faqat o'zingizning
steierm rkischen
landesregierung fachabteilung
rkischen landesregierung
hamshira loyihasi
loyihasi mavsum
faolyatining oqibatlari
asosiy adabiyotlar
fakulteti ahborot
ahborot havfsizligi
havfsizligi kafedrasi
fanidan bo’yicha
fakulteti iqtisodiyot
boshqaruv fakulteti
chiqarishda boshqaruv
ishlab chiqarishda
iqtisodiyot fakultet
multiservis tarmoqlari
fanidan asosiy
Uzbek fanidan
mavzulari potok
asosidagi multiservis
'aliyyil a'ziym
billahil 'aliyyil
illaa billahil
quvvata illaa
falah' deganida
Kompyuter savodxonligi
bo’yicha mustaqil
'alal falah'
Hayya 'alal
'alas soloh
Hayya 'alas
mavsum boyicha


yuklab olish