Moliya instituti I. Ochilov


Eksport-import operatsiyalarini hisobga olish tartibi



Download 322,98 Kb.
bet85/98
Sana13.07.2022
Hajmi322,98 Kb.
#786777
1   ...   81   82   83   84   85   86   87   88   ...   98
Bog'liq
5-y-Moliyaviy-hisob-Oquv-qollanma-I-Ochilov-va-boshq-T2004

Eksport-import operatsiyalarini hisobga olish tartibi


Eksport tovarlarni asosan kontraktga muvofiq xorij firmalaridan oladilar. Ushbu kontraktda hamma shartlar - tomonlarning majburiyatlari, huquqlari va iqtisodiy jazolar ko’rsatiladi.


Xorij firmalari bilan hisoblashishni amalga oshirayotganda hisoblashish turlari va mol etkazib berish shartlariga amal qilinadi. Xorijdagi firmalar bilan hisoblashishning quyidagi shakllari amalga oshiriladi:





  • akkreditiv usuli bilan hisoblashishlar;

  • tijorat krediti bilan hisoblashishlar;

  • o’tkazish vasiqa (veksel)lari (tratta) yordamida hisoblashishlar;

  • hisoblashishning ikkala shakli qo’llangan holda;

  • ochiq schyotlar bilan hisoblashishlar.

Akkreditiv bilan hisoblashish tartibi "Hujjatlar akkreditiv bilan hisoblashishning umumiy qoidasi va tartibi" (Jahon savdo palatasi №400) bilan o’rnatilgan.


Ushbu hisoblashish tartibida to’lovchining iltimosi va qo’rsatmasiga asosan bank-emitent) quyidagi muomalalarni amalga oshiradi:





  1. olingan yoki olinadigan tovarlarning qiymatini uchinchi shaxsga pulda yoki o’tkaziladigan vasiqa (veksel)da to’lashi;

  2. boshqa bankka ushbu muomalalarni amalga oshirish huquqini berishi mumkin.

Ushbu shakllardagi hisoblashishlar quyidagi tartibda sodir bo’ladi:


Iste’molchi (importchi) sotuvchi (eksportchi) tovarlarning tayyorligi to’g’risidagi xabarni olgandan keyin o’zining bankiga eksportchining bankida kontraktda ko’rsatilgan summada akkreditiv ochish uchun ariza beradi. Ushbu arizada summani to’lash uchun zarur bo’lgan hujjatlar ko’rsatiladi va iste’molchining banki sotuvchiga xizmat qiladigan bankda tegishli summa bo’yicha belgilangan muddatda akkreditiv ochadi. Sotuvchi (eksportchi) tovarlarni jo’natgandan keyin o’zining bankiga kontraktda ko’rsatilgan hujjatlarni topshirib tegishli summani akkreditivdan oladi va ushbu muomalani sotuvchining banki iste’molchining bankiga tegishli hujjatlar bilan etkazadi.


Kommertsiya krediti bilan hisoblashish tartibida sotuvchi (eksportchi) iste’molchiga (importchiga) tovarlar qiymatining bir qismini yoki umumiy summasini keyin to’lash sharti bilan tovar jo’natadi. Olingan tovarning qiymati kontraktda ko’rsatilgan muddatda va kredit foizi qo’shilgan holda iste’molchi tomonidan tovar egasiga (eksportchiga) to’lanadi.


Vasiqa (veksel) yordamida hisoblashishda qarz majburiyati vasiqa bilan tasdiqlanadi. Vasiqa oddiy va boshqa shaxslarga o’tkaziladigan (tratta) shaklda bo’ladi.

Oddiy vasiqa yordamida hisoblashishda vasiqa beruvchi uni olgan shaxsga vasiqada ko’rsatilgan summani belgilangan muddatda to’lash majburiyatini oladi.


O’tkaziladigan vasiqada (tratta) shaklida hisoblashishda vasiqa egasi (trassant)ga vasiqa beruvchi (trassat) unda ko’rsatilgan summani belgilangan muddatda boshqa shaxsga to’lash uchun buyruq beradi. Buning uchun vasiqa o’tkazuvchining yozuvi, imzosi va muhri bilan mustahkamlanadi.


Inkasso shaklida eksportchi jo’natilgan tovarlar summasini importchining bankidan tegishli hujjatlarga asosan iste’molchining roziligini kutmay 3 kundan keyin oladi.


Buning uchun, avvalo, importchining roziligini (3 kun) kutishi va keyin bankdan talab qilishi lozim. Hozirgi sharoitda bu usul O’zbekiston Respublikasida kam qo’llaniladi.


Ochiq schyotlar bilan hisoblashish tartibi doimiy aloqada bo’lgan sotuvchi (eksportchi) va iste’molchilar (importchi) o’rtasida qo’llanilib, ushbu jarayonda tovar egasi molni jo’natgandan keyin tegishli hujjatlarni va kontraktda ko’rsatilgan summani belgilangan muddatda to’lash to’g’risidagi iltimos xatini iste’molchiga jo’natadi.


Ushbu muomalalarni va hisoblashish shakllarini amalga oshirish uchun tegishli schyotlar guruhida quyidagi schyotlarni ochish maqsadga muvofiqdir:


6010 - «Mol etkazib beruvchilar va pudratchilarga to’lanadigan schyotlar» guruhida:


6011 - «Eksport tovarlar bo’yicha mol etkazib beruvchilar va pudratchilarga to’lanadigan schyotlar»;


6012 - «Eksport ishlar va xizmatlar bo’yicha mol etkazib beruvchilar va pudratchilarga to’lanadigan schyotlar»;


6013 - «Boshqa import muomalalari bo’yicha mol etkazib beruvchilar va pudratchilarga to’lanadigan schyotlar»;


6014 - «Kommertsiya krediti bo’yicha hisoblash»; 6015 - «Berilgan vasiqalar bo’yicha hisoblash»; 5500 - «Bankdagi maxsus schyotlar» guruhida:


5510 - «Mamlakat ichidagi akkreditivlar»; 5520 - «Chek daftarchalari».
Akkreditivlar xorijda ochilganda ularning analitik xisobi akkreditivlar, davlatlar, aniq turlari va valyuta kodlari bo’yicha yuritishi maqsadga muvofiq.

    1. Download 322,98 Kb.

      Do'stlaringiz bilan baham:
1   ...   81   82   83   84   85   86   87   88   ...   98




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©hozir.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling

kiriting | ro'yxatdan o'tish
    Bosh sahifa
юртда тантана
Боғда битган
Бугун юртда
Эшитганлар жилманглар
Эшитмадим деманглар
битган бодомлар
Yangiariq tumani
qitish marakazi
Raqamli texnologiyalar
ilishida muhokamadan
tasdiqqa tavsiya
tavsiya etilgan
iqtisodiyot kafedrasi
steiermarkischen landesregierung
asarlaringizni yuboring
o'zingizning asarlaringizni
Iltimos faqat
faqat o'zingizning
steierm rkischen
landesregierung fachabteilung
rkischen landesregierung
hamshira loyihasi
loyihasi mavsum
faolyatining oqibatlari
asosiy adabiyotlar
fakulteti ahborot
ahborot havfsizligi
havfsizligi kafedrasi
fanidan bo’yicha
fakulteti iqtisodiyot
boshqaruv fakulteti
chiqarishda boshqaruv
ishlab chiqarishda
iqtisodiyot fakultet
multiservis tarmoqlari
fanidan asosiy
Uzbek fanidan
mavzulari potok
asosidagi multiservis
'aliyyil a'ziym
billahil 'aliyyil
illaa billahil
quvvata illaa
falah' deganida
Kompyuter savodxonligi
bo’yicha mustaqil
'alal falah'
Hayya 'alal
'alas soloh
Hayya 'alas
mavsum boyicha


yuklab olish