Moliya instituti I. Ochilov


Qisqa muddatli moliyaviy investitsiyalar hisobi



Download 322,98 Kb.
bet57/98
Sana13.07.2022
Hajmi322,98 Kb.
#786777
1   ...   53   54   55   56   57   58   59   60   ...   98
Bog'liq
5-y-Moliyaviy-hisob-Oquv-qollanma-I-Ochilov-va-boshq-T2004

Qisqa muddatli moliyaviy investitsiyalar hisobi


Qisqa muddatli moliyaviy investitsiyalar - o’zida muomala muddati 12 oydan oshmaydigan, engil sotiladigan moliyaviy aktivlarning xarid qilinishiga oid investitsiyalardir. Ularning sintetik (umumlashgan) hisobi 5800-«Qisqa muddatli moliyaviy investitsiyalar» hisobvarag’ida yuritiladi. Ushbu hisobvaraq muddatli bo’lib (bir yildan oshmagan muddat ichida), xo’jalik yurituvchi sub’ektlarning investitsiyalarini, ya’ni boshqa bir korxonalarning qimmatli qog’ozlari, foizli davlat va mahalliy obligatsiyalari, shuningdek bir korxonaning boshqa korxonaga bergan qarzlarining holati va harakati to’g’risidagi ma’lumotlarni umumlashtirish uchun xizmat qiladi. Ushbu hisobvaraq foizli obligatsiyalarga investitsiyalar va shu kabi qimmatli qog’ozlar, shuningdek boshqa korxonalarga berilgan qarzning holati va harakati to’g’risidagi ma’lumotlarni umumlashtirish uchun xizmat qiladi.


Agarda foizli obligatsiyalarga investitsiyalar va shu kabi qimmatli qog’ozlar, shuningdek boshqa korxonalarga berilgan qarzlarni qaytarish muddati bir yildan oshmasagina, bu investitsiyalar 5800-«Qisqa muddatli moliyaviy investitsiyalar» hisobvarag’ida hisobga olib boriladi. Bundan tashqari, qaytarish (qayta sotib olish) muddati ko’rsatilmagan boshqa qimmatli qog’ozlar uchun investitsiyalar, agar ulardan daromad olish mo’ljali bir yildan ortiq bo’lmasa ham korxonalar 5800-«Qisqa muddatli moliyaviy investitsiyalar» hisobvarag’ida sintetik hisobini olib boradilar.


Hisobvaraqlar rejasiga muvofiq ushbu hisobvaraq bo’yicha quyidagi hisobvaraqlar ochilishi mumkin:


5810 - «Qimmatli qog’ozlar»


5830 - «Berilgan qisqa muddatli qarzlar» 5890 - «Boshqa joriy investitsiyalar».


Korxonalarda 5810-«Qimmatli qog’ozlar» hisobvarag’ida aktsiya, davlat va mahalliy zayomlarning foizli obligatsiyalariga bir yildan kam muddatga qilingan investitsiyalarning holati hisobga olib boriladi.

Korxonalar daromadli va barqaror faoliyat yurituvchi boshqa bir korxonalar aktsiya yoki obligatsiyalarini bir yildan kam muddatga xarid qilganda 5810-«Qimmatli qog’ozlar» hisobvarag’i debetlanib, 5110-«Hisob-kitob schyoti», 5210-«Valyuta schyoti» yoki boshqa material va har xil qiymatliklarni hisobga oluvchi hisobvaraqlar kreditlanadi (agar qimmatli qog’ozlarning qiymati moddiy qiymatliklar bilan to’lansa yoki sotuvchi korxonaga berilsa).


Ushbu qimmatli qog’ozlarni sotish va qayta sotish (qoplash) jarayonida 9220-«Boshqa aktivlarni sotilishi va turli chiqimi» hisobvarag’i debetlanib, 5810-«Qimmatli qog’ozlar» hisobvarag’i kreditlanadi.


5830-«Berilgan qisqa muddatli qarzlar» hisobvarag’ida korxonalarning boshqa bir korxonaga bergan qisqa muddatli qarzlarining harakati hisobga olinadi.


Ushbu berilgan qarzlarga quyidagicha: debet 5830-«Berilgan qisqa muddatli qarzlar» hisobvarag’i kredit 5110-«Hisob-kitob schyoti» yoki boshqa hisobvaraqlar yozuvi beriladi.


Korxonalar bergan qarzlari qaytarib berilganda 5110-«Hisob-kitob schyoti» yoki boshqa hisobvaraqlar debetlanib, 5830-«Berilgan qisqa muddatli qarzlar» hisobvarag’i kreditlanadi.


5890-«Boshqa joriy investitsiyalar» hisobvarag’ida korxonalarning mamlakat va chet el valyutalarida omonat sertifikatlari, banklardagi depozit schyotlarga qilingan investitsiyalarning va boshqa joriy investitsiyalarning harakati hisobga olinadi.

Korxonalarda 5800-«Qisqa muddatli moliyaviy investitsiyalar» hisobvarag’i bo’yicha analitik hisob investitsiyalar va ob’ektlarning turlari bo’yicha, ya’ni sotib olingan qimmatli qog’ozlar turlari va ularni chiqargan korxonalar bo’yicha yuritiladi.


Masalan, korxonalar 5810-«Qimmatli qog’ozlar» hisobvarag’ida alohida «Davlat obligatsiyalari», «Mahalliy zayom obligatsiyasi», «Korxonalar obligatsiyasi» (obligatsiyaning turlari bo’yicha), shuningdek aktsiyaning turlari bo’yicha «Oddiy aktsiyalar» va «Imtiyozli aktsiyalar» uning ob’ektlari bo’yicha ham (aktsiyani chiqargan korxonalar bo’yicha) alohida analitik hisobvaraqlar ochib, ularning harakatini hisobga oladilar.


5830-«Berilgan qisqa muddatli qarzlar» hisobvarag’ida analitik hisob qarzlarni olgan korxonalar bo’yicha berilgan qarzni qaytarib olish muddatlari bo’yicha yuritiladi.


Korxonalarda ochilgan analitik hisobvaraqlar mamlakat hududidagi va chet eldagi qisqa muddatli moliyaviy investitsiyalar to’g’risidagi ma’lumot olish imkonini berishi kerak.


Korxonalarda moliyaviy investitsiyalarning sintetik hisobi ularning muddatidan kelib chiqqan holda alohida hisobvaraqlarda yuritiladi.



Download 322,98 Kb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   ...   53   54   55   56   57   58   59   60   ...   98




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©hozir.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling

kiriting | ro'yxatdan o'tish
    Bosh sahifa
юртда тантана
Боғда битган
Бугун юртда
Эшитганлар жилманглар
Эшитмадим деманглар
битган бодомлар
Yangiariq tumani
qitish marakazi
Raqamli texnologiyalar
ilishida muhokamadan
tasdiqqa tavsiya
tavsiya etilgan
iqtisodiyot kafedrasi
steiermarkischen landesregierung
asarlaringizni yuboring
o'zingizning asarlaringizni
Iltimos faqat
faqat o'zingizning
steierm rkischen
landesregierung fachabteilung
rkischen landesregierung
hamshira loyihasi
loyihasi mavsum
faolyatining oqibatlari
asosiy adabiyotlar
fakulteti ahborot
ahborot havfsizligi
havfsizligi kafedrasi
fanidan bo’yicha
fakulteti iqtisodiyot
boshqaruv fakulteti
chiqarishda boshqaruv
ishlab chiqarishda
iqtisodiyot fakultet
multiservis tarmoqlari
fanidan asosiy
Uzbek fanidan
mavzulari potok
asosidagi multiservis
'aliyyil a'ziym
billahil 'aliyyil
illaa billahil
quvvata illaa
falah' deganida
Kompyuter savodxonligi
bo’yicha mustaqil
'alal falah'
Hayya 'alal
'alas soloh
Hayya 'alas
mavsum boyicha


yuklab olish