Buxgalteriya hisobi axborot tizimlarining umumiy ta’rifi
Iqtisodiyotni boshqarishdagi o’zgarishlar, bozor munosabatlariga o’tish buxgalteriya hisobini tashkil qilish va olib borishga katta ta’sir ko’rsatadi. Hisobning xalqaro tizimlariga o’tishi amalga oshirilmoqda, bu uning uslubiyotining yangi shakllarini ishlab chiqishni talab qiladi. Buxgalteriya hisobining axborot tizimi va uni kompyuterda ishlab chiqishni tashkil qilishning an’anaviy shakllari katta o’zgarishlarga uchragan. Hisobchidan korxona moliyaviy holatining ob’ektiv baholarini bilish, moliyaviy tahlil usullarini egallash, qimmatli qog’ozlar bilan ishlashni bilish, bozor sharoitlarida pul mablag’larini investitsiyalarini asoslash va boshqalar talab qilinadi.
Hozirgi davrda hisobchining «moliyaviy menejer», «hisobchi-tahlilchi» deb atash ham mumkin.
Yangi usullarni egallashni axborot tizimini takomillashtirishmay va zamonaviy ShKsiz tasavvur etish mumkin emas. Har qanday iqtisodiy ob’ektni boshqarish faoliyatining asosini murakkab qurilishga ega bo’lgan axborot tizimlari tashkil qiladi, ularning tarkibi, faoliyati turi va korxona, tashkilot, firmaning ko’lamiga bog’liq.
Boshqaruv vazifalariga an’anaviy ravishda ishlab chiqishni tayyorlash, rivojlantirish, moddiy texnik ta’minot, sotish (marketing), buxgalteriya hisobini olib borish va buxgalteriya faoliyatini amalga oshirish, tayyor mahsulotlarni sotish hamda qadrlar masalasini hal qilish kiradi. Kompyuterda ishlab chiqish nazariyasiga binoan ular vazifaviy tizimlar deb ataladi.
Boshqarish jarayonida buxgalteriya hisobi katta rol o’ynaydi, bu erda barcha axborotlarning 60%ga yaqini jamlangan.
Har bir vazifaviy tizim boshqaruvning belgilangan vazifalarini amalga oshirishga mo’ljallangan vazifalar va axborotlar majmuasining o’z tarkibiga ega. Masalan, moddiy- texnik ta’minotning vazifaviy tizimchasida materiallarga ehtiyojni hisoblash, etkazib beruvchilar bilan sifatnomalarni bajarilishi, zaxiralar me’yorlarini aniqlash bo’yicha vazifalar majmuasini ajratish mumkin.
Buxgalteriya hisobining axborotli tizimlari asosida majmualarga birlashtirilgan, hisobning alohida uchaskalari tomonidan bajariladigan hisob vazifalarini hisoblash bajariladi. Vazifalar majmuasi iqtisodiy mazmunini aniqlash, tasdiqlangan sintetik schyotlarni olib borish, birlamchi va yig’ma hujjatlar, hisoblash algoritmlarining o’zaro aloqalari hamda hisobning aniq uchastkasining uslubiy materiallari va me’yoriy hujjatlari bilan ta’riflanadi.
Buxgalteriya hisobining axborotli tizimchalari an’anaviy ravishda vazifalarning quyidagi majmualarini o’z ichiga oladi: asosiy vositalar hisobi, moddiy boyliklar hisobi, mehnat va ish haqi (maosh) hisobi, tayyor mahsulotlar hisobi, moliyaviy hisoblash operatsiyalarining hisobi, ishlab chiqarish xarajatlari hisobi, yig’ma hisob va hisobotlarni tuzish. Korxonaning sifatan bir turli resurslari haqidagi axborotlarga ega sifatida vazifalar majmuasini ajratishni mo’ljallash an’anaviy ravishda hisobni qo’lga olib borishdayoq vujudga kelgan, keyin esa hisoblash axborotlarining hisoblash markazida markazlashtirilgan holda ishlab chiqishda o’z qo’llanishini topgan.
Moliyaviy hisobning moduli buxgalteriya hisobining barcha schetlari bo’yicha hisob olib borishga imkoniyat beradi. Tahliliy registrlar (birlamchi hujjatlarning qayd daftari, xo’jalik operatsiyalarining qayd qilish daftari) va yakuniy hisob registrlari (asosiy kitob, aylanma qaydnomalar) uning asosiy hisob registrlaridan bo’ladi.
Modullar o’rtasidagi aloqa xo’jalik operatsiyalarining qayd daftari orqali amalga oshiriladi.
Dasturiy majmua bilan ishlash ma’lumotnomalarni to’ldirish bilan boshlanadi. Bu majmua aniq korxona hisobini olib borishni sozlash uchun qilinadi.
Belgilanishi bo’yicha barcha ma’lumotnomalar beshta guruhga bo’linadilar. Umumiy belgilanish ma’lumotnomalari:
hujjatlarning nomlari;
korxonalar;
schetlar bo’yicha aloqa-xizmatlar, transport xizmatlari va boshqalar.
Materiallar-tovar boyliklarining qayd daftari bilan bog’liq ma’lumotnomalar:
material-tovar boyliklar
o’lchov birliklari
harakat operatsiyalari
Buxgalteriya yozuvlari bilan bog’liq ma’lumotnomalar:
buxgalteriya hisobi schyotlarining rejasi
buxgalteriya provodkalari
provodkalarning guruhlari
soliqlar
Tahliliy hisob bilan bog’liq ma’lumotnomalar:
korxonaning ob’ektlari
bo’linmalar
tahliliy hisobotning kodlari
Valyuta kurslari bilan bog’liq ma’lumotnomalar.
Tuzilishi bo’yicha ma’lumotnomalar oddiy va murakkablarga bo’linadilar.
Oddiy ma’lumotnomalar andozaviy tuzilishga ega: kod, nom, qo’shimcha alomatlar (hujjatning nomi, o’lchov birligi, schyot bo’yicha xizmatlar, harakat operatsiyalari).
Murakkab ma’lumotnomalar o’z ichiga ma’lumotlarning kiritilganligini ikkita va undan ortiq bosqichlarini oladi. U yozuvlarning katta miqdorini ekranda joylashtirib bo’lmaydigan katta hajmli ma’lumotnomalar bilan ishlash uchun mo’ljallangan.
Misol uchun ikki bosqichli ma’lumotnomalar, buxgalteriya hisobi schyotlarining rejasi bo’yicha to’qqizta bo’limdan iborat (schyotning rejasiga muvofiq). Har bir bo’lim tegishli schyotga ega. Bo’limdagi yozuvlar miqdori –20 ga yaqin. Ularni yaxlitgina ekranga chiqarish mumkin.
Uch bosqichli ma’lumotnoma ham bo’limlardan iborat bo’lib, ulardan har biri bo’limchalarga ega.
Dastlabki axborot bizga birlamchi hujjatlardan kiritiladi. Avtomatlashtirish uchun hisob bo’yicha quyidagi birlamchi hujjatlardan foydalaniladi:
moddiy boyliklarning harakati (kirim orderi, qabul qilish dalolatnomasi, yuk xati, ro’yxatdan chiqarish dalolatnomasi, talab, limit kartasi);
moliyaviy-hisoblash operatsiyalari (to’lov topshiriqnomasi (TT), to’lov talabnomasi-topshiriqnomasi (TTT), kirim va chiqim kassa orderlari (KKO va ChKO)va boshqalar;
asosiy vositalar (asosiy vositalar hisobining inventarizatsiya qilish varaqchasi, qabul qilish-topshirish dalolatnomasi, asosiy vositalarni tugatish dalolatnomasi, ichki ko’chishi bo’yicha yuk xati);
mehnat va ish haqi (ish vaqti hisobining tabeli, soatbay ishga naryad, ishlab chiqarish haqida bildirgich);
tayyor mahsulotlar (tovarlar) - dalolatnomasi, kirim orderi, buyruq-yuk xati, qabul qilish-topishirish yuk xati, omborxona hisobining varaqchasi, etkazib berish shartnomasi va boshqa hujjatlar.
Birlamchi hujjatlarning axborotlari asosida tezkor axborotlarning fayllari shakllantiriladi, ularga tegishli ma’lumotnomalarning axborotlari avtomatlashtirilgan usulda kiritiladi.
Ma’lumotnomalardan bunday foydalanish axborotlarning ma’lumotlar bazasiga kiritishni tezlashtiradi, uning aniqligi va ishonchligini oshiradi.
Ma’lumotnomalar vazifasi quyidagi usullarni o’z ichiga oladi:
Korxonalar;
Schyot bo’yicha xizmatlar;
Hujjatning nomi;
Tovar-moddiy boyliklar;
O’lchov birliklari;
Harakat operatsiyalari;
Schyotlarning rejasi;
Buxgalteriya yozuvlari;
Buxgalteriya yozuvlari guruhi;
Soliqlar;
Tahliliy hisobning kodlari;
Korxona ob’ektlari;
Valyuta kursi.
Ushbu vazifa ADPda amalda bo’lgan har qanday ma’lumotnomani to’ldirishga va shuning bilan dasturiy majmuini aniq korxonada buxgalteriya hisobini olib borishga sozlashga imkon beradi. Har bir usul alohida ma’lumotnomaga mos keladi. Ma’lumotnomalarni to’ldirish, ko’rib chiqish va bosish chiqarish mumkin.
Qaydnomalar vazifasi har xil qaydnomalar va hisobotlarni shakillantirishga imkon beradi. U quyidagi usullarga ega:
Asosiy kitob;
Yakuniy aylanish;
Schyotlar bo’yicha yakun;
Valyuta yakuniy natija;
Keltirilgan valyuta;
Kassa kitobi;
Qaydnoma-diagrammasi;
Tahliliy.
Har qanday qaydnoma yoki hisobotni shakllantirish uchun tegishli usulni tanlash va hisobotni shakllantirish zarur bo’lgan davrni ko’rsatish kerak.
Sozlash vazifasi dasturiy majmuani aniq korxonaning hisob siyosatiga yakka tartibda sozlash uchun mo’ljallangan. Vazifa quyidagi usullarni o’z ichiga oladi:
ishni tanlash (o’rganuvchi usul, korxonaning turi);
tovushli signallar (dastur bilan ishlash vaqtida tovushli signallar yoki gapli ma’lumotlarni sozlash);
printer, varaqning formati (printerning belgilangan turiga sozlash va bosmaning parametrlarini belgilash);
sana va vaqt (kompyuterning ichki soati va kalendarini sozlash);
ish davri (qaydnoma shakllantiriladigan hisobot davrini belgilash);
tekshirilish (dasturni ishlatishda har xil tekshirishlarni sozlash, ma’lumotnomaga kiritilayotgan ma’lumotlarning mavjudligini nazorat qilish, virusga qarshi dastur);
tasdiqlash (tasdiqlash uchun so’rovlarni belgilash, masalan, yozuvni, yozuvlar guruhi, oxirgi yozuvni va boshqalarni chiqarib tashlash uchun);
ekranni saqlab qolish vaqti (ekran o’chgunga qadar bo’lgan vaqtni belgilash);
modemning porti;
boshqa o’rnatmalar (to’lov hujjatlarini bosib chiqarishda raqamlarning formatini belgilash; dastur bilan ishlash tugaganda ma’lumotlarni kodlashtirish; qaydnomalarni shakllantirishda davrlarni so’rash va boshqalar).
Servis vazifasi foydalanuvchini dasturiy majmua bilan ishlatishni engillashtiradi va quyidagi asosiy usullarni o’z ichiga oladi:
umumiy axborotlar (foydalanuvchi ishlayotgan korxonaning turi, disk va operativ xotiradagi bo’sh joy, ish davri va boshqa axborotlarni olishga imkon beradi);
yordam (foydalanuvchiga ish jarayonida vujudga keladigan muammolar bo’yicha aniq ma’lumotlar olishga imkon beradi);
ishlab chiqaruvchining vizit kartochkasi (ishlab chiqaruvchi firma haqidagi axborotlar: noma, manzili, telefoni, dastur versiyasining nomerini beradi);
bazani taklash (arxivni EHM qattiq diskidan, disketlardan tiklash uchun xizmat qiladi);
bazalarni tekshirish (arxivni EHM qattiq diskidan, disketlardan tashkil uchun xizmat qiladi);
bazalarni tekshirish (qattiq diskdagi fayllarni to’g’riligini tekshirishga imkon beradi);
birlamchi hujjatlarni shakllantirish (TMBning hisob qayd daftarlari asosida Birlamchi hujjatlar qayd daftarini shakllantirish);
hisob davrining yopilishi (keyingi hisobot davriga o’tishda schyotlar bo’yicha qoldiqlarni avtomatlashtirilgan usulda hisoblashga imkon beradi);
davrni bekitishni bekor qilish (hisobot davrini bekish bo’yicha avval bajarilgan operatsiyalarni bekor qiladi);
faylni ko’rib chiqish (har qanday matnli faylni ko’rib chiqish imkoniyatini ta’minlaydi);
kalkulyator (hisoblashlarni bajarish uchun qurilgan kalkulyatorni chiqarishga imkon beradi);
rekvizitni o’zgartirish (foydalanuvchiga korxonani bank rekvizitlari va parolini o’zgartirishga yoki yangisini berishga imkon beradi);
bazani saqlab qolish (arxiv disketida hisob qayd daftarlarining ma’lumotlarini saqlab qolishga imkon beradi);
chiqish (dastur bilan ishni tugallanishini ta’minlaydi).
Do'stlaringiz bilan baham: |