Moliya instituti I. Ochilov


Kassa muomalalarini hisobga olish



Download 322,98 Kb.
bet48/98
Sana13.07.2022
Hajmi322,98 Kb.
#786777
1   ...   44   45   46   47   48   49   50   51   ...   98
Bog'liq
5-y-Moliyaviy-hisob-Oquv-qollanma-I-Ochilov-va-boshq-T2004

Kassa muomalalarini hisobga olish


Kassa muomalalarini yuritish O’zbekiston Respublikasi Markaziy bankining 1998 yil 24 yanvardagi 376-sonli qarori bilan tasdiqlangan «Yuridik shaxslar tomonidan kassa muomalalarini yuritish qoidalari» bilan tartibga solinadi.


Bevosita korxona kassasidan naqd pulni olish va sarflash bilan bog’liq bo’lgan muomalalar kassa muomalalari jumlasiga kiradi. Barcha mulkchilik shaklidagi korxonalar o’z kassalarida naqd pul qoldiqlari limitlari chegarasida naqd pullarni saqlab turishlari va ularni tushumdan olib, me’yorlar chegarasida foydalanishlari mumkin.


Kassa muomalalarini olib borish uchun korxona shtatidan kassir ajratiladi. U o’zi qabul qilib olgan barcha boyliklarning but saqlanishi uchun to’liq moddiy javobgar shaxs hisoblanadi. Kassirni tayinlash bo’yicha buyruq chiqqanidan so’ng korxona rahbari uni kassa muomalalarini olib borish tartibi bilan tanishtirishi, to’liq yakka moddiy javobgarlik haqida u bilan shartnoma tuzishi shart. Kassir o’z vazifalarini hech kimning zimmasiga yuklay olmaydi. Kassirni vaqtinchalik almashtirishga ehtiyoj tug’ilganida korxona rahbarining qarori asosida uning vazifalari boshqa xodim zimmasiga yuklanadi. O’z navbatida, u bilan to’liq moddiy javobgarlik to’g’risida shartnoma tuziladi. Kassir to’satdan ishni tashlab ketishga majbur bo’lganida (kasal bo’lganida va boshqa hollarda) uning hisobdorligidagi boyliklarni korxona rahbari tayinlagan shaxslardan iborat komissiya boshqa kassirga o’tkazadi. Bunda qayta hisoblash natijalari va boyliklarni berish haqida dalolatnoma tuziladi, unga komissiya a’zolari imzo chekadi.


Korxona rahbari pul mablag’larining kassada but saqlanishini ta’minlaydigan zarur sharoitlarni yaratishi lozim. Kassa uchun keragicha jihozlangan alohida xona, seyf ajratilishi zarur. Ish oxirida kassir kassa seyfini kalit bilan bekitishi va surg’uchli muhr bilan muhrlashi shart. Seyf kaliti va muhr kassirda saqlanadi, kalitning boshqa nusxalari kassir muhrlagan paketlar, qutichalarda korxona rahbarida turadi.


Kassir naqd pul belgilari va tangalarni kassaga qabul qilib olishda O’zbekiston Respublikasi milliy valyutasining to’lovga yaroqlilik alomatlarini aniqlash qoidalariga rioya qilishi lozim. Bu qoidalarga muvofiq, O’zbekiston Respublikasi Markaziy Bankining haqiqiyligiga shubha tug’dirmaydigan hamda O’zbekiston Respublikasi Gerbining tasviri, ataylab buzish alomatlari bo’lmagan, shuningdek, buzilish tarzidan qat’iy nazar yuza tomoni (o’ngi)da qiymatining to’liq miqdori va tasviri saqlangan harfli seriya va raqamlari to’liq saqlangan qog’oz pullar va tangalar to’lovga yaroqli hisoblanadi.

Quyidagi kamchiliklarga ega bo’lgan qog’oz pullarni korxonalar tushum sifatida so’zsiz qabul qilishi va bankka topshirishi shart:





  • istalgan joyida teshiklar, yirtiqlar, qirilgan joylar, dog’lar, qalam va siyohda yozilgan yozuvlar bo’lgan qog’oz pullar;

  • yirtilgan va shu yirtilgan joyidan elimlab yopishtirilgan, lekin ikkala qismi ham bir qog’oz pulga tegishli bo’lgan qog’oz pullar;

  • bo’yoq tegib, o’z rangini o’zgartirgan joylari bo’lgan qog’oz pullar;

  • to’liq kattaligi saqlanib qolmagan qog’oz pullar.

Hisob-kitob schyotidan kassaga olingan pul ishchi-xizmatchilarga ish haqi, mukofot to’lash, nafaqa berish, xizmat safari xarajatlarini qoplash va boshqa maqsadlar uchun sarflanadi.


Bankdan olingan mablag’lar belgilangan maqsadlar uchun sarflanishi lozim.

Korxona kassasiga naqd pullarni qabul qilish KO-1 shaklidagi kassa kirim orderi bilan amalga oshiriladi. U ikki qismdan iborat: kirim orderi (blankning chap qismi) va unga oid kvitantsiya (o’ng qismi). Kassa kirim orderini buxgalteriya yozib beradi va bosh buxgalter yoki u vakolat bergan shaxs tomonidan imzolanadi.


Kirim orderini kassaga topshirishdan oldin, albatta, kirim va chiqim hujjatlarini qayd qilish jurnalida (KO-3 yoki KO-4 shakli) qayd qilinishi lozim. Jurnal ikki qismdan iborat: chap qismida kassaga kelib tushgan pul mablag’lari, o’ng qismida sarflangan pul mablag’lari qayd qilinadi.



Download 322,98 Kb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   ...   44   45   46   47   48   49   50   51   ...   98




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©hozir.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling

kiriting | ro'yxatdan o'tish
    Bosh sahifa
юртда тантана
Боғда битган
Бугун юртда
Эшитганлар жилманглар
Эшитмадим деманглар
битган бодомлар
Yangiariq tumani
qitish marakazi
Raqamli texnologiyalar
ilishida muhokamadan
tasdiqqa tavsiya
tavsiya etilgan
iqtisodiyot kafedrasi
steiermarkischen landesregierung
asarlaringizni yuboring
o'zingizning asarlaringizni
Iltimos faqat
faqat o'zingizning
steierm rkischen
landesregierung fachabteilung
rkischen landesregierung
hamshira loyihasi
loyihasi mavsum
faolyatining oqibatlari
asosiy adabiyotlar
fakulteti ahborot
ahborot havfsizligi
havfsizligi kafedrasi
fanidan bo’yicha
fakulteti iqtisodiyot
boshqaruv fakulteti
chiqarishda boshqaruv
ishlab chiqarishda
iqtisodiyot fakultet
multiservis tarmoqlari
fanidan asosiy
Uzbek fanidan
mavzulari potok
asosidagi multiservis
'aliyyil a'ziym
billahil 'aliyyil
illaa billahil
quvvata illaa
falah' deganida
Kompyuter savodxonligi
bo’yicha mustaqil
'alal falah'
Hayya 'alal
'alas soloh
Hayya 'alas
mavsum boyicha


yuklab olish