Moliya instituti I. Ochilov


Konsolidatsiyalangan moliyaviy hisobot tuzishning asosiy qoidalari



Download 322,98 Kb.
bet78/98
Sana13.07.2022
Hajmi322,98 Kb.
#786777
1   ...   74   75   76   77   78   79   80   81   ...   98
Bog'liq
5-y-Moliyaviy-hisob-Oquv-qollanma-I-Ochilov-va-boshq-T2004

Konsolidatsiyalangan moliyaviy hisobot tuzishning asosiy qoidalari


Xalqaro hisob andozalariga ko’ra, konsolidatsiyalangan moliyaviy hisobot bosh korxona rahbarligidagi korxonalar guruhi uchun umulashtirilgan moliyaviy hisobotni tayyorlash va taqdim etish bilan shug’ullanadi. Konsolidatsiyalangan moliyaviy hisobot moddalari korxonalar guruhidagi moliyaviy ahvol, operatsiyalar natijalari va moliyaviy ahvoldagi o’zgarishga oid axborotga bo’lgan ehtiyojni qondirish maqsadida rivojlantirilgan.


«Buxgalteriya hisobi to’g’risida»gi Qonunning 17-moddasida bir yoki bir necha sho’’ba korxonalar, filiallar va vakolatxonalarga ega bo’lgan bosh korxonaning konsolidatsiyalangan moliyaviy hisobot tuzishi nazarda tutiladi. Mazkur modda talablari vazirliklar, idoralar va byudjet tashkilotlarining jamlama moliyaviy hisobotlariga joriy etilmaydi.


Konsolidatsiyalashgan moliyaviy hisobotlarni tuzishga quyidagi omillar ta’sir ko’rsatadi:


Hisob amaliyotini tartibga solish darajasi va shakli. Hisob tizimini tartibga solish darajasi va shakliga ko’ra barcha mamlakatlar ikki guruhga bo’linadi:





  1. Buxgalteriya hisobi uslubiyati va amaliyoti maxsus qonunlar yordamida davlat tomonidan tartibga solinadigan davlatlar;

  2. Buxgalteriya hisobi uslubiyati va amaliyoti nohukumat professional buxgalterlar tashkilotlari tomonidan ishlab chiqiladigan maxsus standartlar asosida tartibga solinadigan davlatlar.

Buxgalteriya hisobi uslubiyati va amaliyotini tartibga solish xarakteriga mos ravishda hisobot tuzish va taqdim etish tartibi ham o’zgaradi. Buxgalteriya hisobotlarini tuzishni markazlashgan davlat boshqaruvi nazorat qilib turadigan davlatlarda hisobot tuzish konservativ xarakterga ega. Bu konsolidatsiyalangan moliyaviy hisobot tuzishga ham o’z ta’sirini o’tkazadi.


Siyosiy va iqtisodiy aloqalar. Jahon mamlakatlari o’rtasida hisob amaliyoti va uslubiyati bo’yicha tajriba almashish ushbu mamlakatlar o’rtasidagi siyosiy va iqtisodiy aloqalarning qay darajada o’rnatilganligiga bog’liqdir. Meksika va Filippinning AQSh bilan iqtisodiy va siyosiy aloqalari yaxshi yo’lga qo’yilganligi sababli, bu mamlakatlarda konsolidatsiyalangan moliyaviy hisobotni tuzish tartibi va uning amal qilish ko’lami AQShdagi amaliyotga to’la- to’kis mos keladi. Buyuk Britaniyada tuziladigan konsolidatsiyalangan moliyaviy hisobotlar Hamdo’stlik tarkibiga kiruvchi mamlakatlar: Avstraliya, Malayziya, JAR va boshqalar bilan bir xil.


Konsolidatsiyalangan moliyaviy hisobotni tuzish transmilliy kompaniyalar faoliyatida odatiy holat hisoblanadi. Lekin bu jarayonda investor shu narsani bilishi lozimki, korporatsiya rahbarlari ko’pincha bo’linmalar faoliyati bo’yicha zararlar, yo’qotishlarni bekitishi mumkin. Natijada korporatsiyaning real holati hisobotda aks etmasligi mumkin.


Konsolidatsiyalangan moliyaviy hisobotni tuzishning afzalliklari bilan birgalikda kamchiliklari ham mavjud Agarda kompaniyaning faoliyati faqat bitta ishlab chiqarish- texnologik liniya yoki alohida mintaqaviy bo’linma faoliyati bilan belgilansa, hisobotda analitik hisob-kitoblar tushib qoldiriladi, konsolidatsiyalangan moliyaviy hisobotlar esa kompaniyaning bu hatti-harakatini bekitmaydi. Yig’ma hisobotda kompaniyaning zarar ko’rib ishlaydigan sho’’ba korxonalari bo’yicha ishlab chiqarish va moliyaviy ko’rsatkichlari ko’rsatilmaydi. Shu sababdan moliyaviy hisoblar batafsilroq, analitik hisob-kitoblar ilova qilingan holda tuzilishi kerak.


Milliy valyutalarni qayta baholash muammolari. Transmilliy kompaniyalarning xorijdagi bo’linmalar ular qaysi mamlakat hududida joylashgan bo’lsa, ular o’sha mamlakatning valyutasida hisob va hisobotni yuritadilar. Bu buxgalteriya hisob-kitoblarini xorijiy valyutada yuritish uchun noqulaydir. Shu sababdan transmilliy kompaniyalar yig’ma hisobot tuzishda o’zlarining shtab-kvartirasi joylashgan mamlakat valyutasida barcha operatsiyalarni qayta hisob-kitob qilishlari lozim bo’ladi.


Hisobotni bir valyutadan boshqasiga o’tkazish funktsional valyutadan kelib chiqadi. Funktsional valyuta – bo’linmaning asosiy faoliyati amalga oshiriladigan mamlakatning valyutasidir. Bundan tashqari, funktsional valyutani tanlashda ularda bajariladigan muomalalar turiga ham e’tibor qaratiladi. Bo’linmalar tomonidan amalga oshiriladigan muomalalarning ikkita yirik guruhi bor:





  1. O’zi joylashgan mamlakat iqtisodiyotiga to’la asoslanib faoliyat ko’rsatadigan bo’linmalarda bajariladigan operatsiyalar;

  2. Asosiy operatsiyalar yoki bosh kompaniya operatsiyalari davomi ko’rinishidagi operatsiyalar.

Birinchi guruhga kiritiladigan operatsiyalarni bajaradigan kompaniyalar o’zlari joylashgan davlatning valyutasida hisob va hisobotni yuritadilar. Ikkinchi guruhga kiradigan asosiy operatsiyalarni bajaradigan kompaniyalar bosh kompaniya ishlatadigan valyutada hisob va hisobotlarini yuritadilar.

27-son BHXSga binoan





Download 322,98 Kb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   ...   74   75   76   77   78   79   80   81   ...   98




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©hozir.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling

kiriting | ro'yxatdan o'tish
    Bosh sahifa
юртда тантана
Боғда битган
Бугун юртда
Эшитганлар жилманглар
Эшитмадим деманглар
битган бодомлар
Yangiariq tumani
qitish marakazi
Raqamli texnologiyalar
ilishida muhokamadan
tasdiqqa tavsiya
tavsiya etilgan
iqtisodiyot kafedrasi
steiermarkischen landesregierung
asarlaringizni yuboring
o'zingizning asarlaringizni
Iltimos faqat
faqat o'zingizning
steierm rkischen
landesregierung fachabteilung
rkischen landesregierung
hamshira loyihasi
loyihasi mavsum
faolyatining oqibatlari
asosiy adabiyotlar
fakulteti ahborot
ahborot havfsizligi
havfsizligi kafedrasi
fanidan bo’yicha
fakulteti iqtisodiyot
boshqaruv fakulteti
chiqarishda boshqaruv
ishlab chiqarishda
iqtisodiyot fakultet
multiservis tarmoqlari
fanidan asosiy
Uzbek fanidan
mavzulari potok
asosidagi multiservis
'aliyyil a'ziym
billahil 'aliyyil
illaa billahil
quvvata illaa
falah' deganida
Kompyuter savodxonligi
bo’yicha mustaqil
'alal falah'
Hayya 'alal
'alas soloh
Hayya 'alas
mavsum boyicha


yuklab olish