3/2022
Молия ва бюджет
Qishloq xo‘jaligida keyingi yillarda korxonalarining moliyaviy resurslarini
shakllantirishda o‘z mablag‘lariga qo‘shimcha ravishda tijorat banklari, budjetdan tashqari
jamg‘armalar, kredit ittifoqlari kabi moliyaviy muassasalarning, shu bilan birga, davlat
tomonidan moliyalashtirishda davlatning markazlashtirilgan mablag‘lariga alohida
ahamiyat berilmoqda hamda banklarning kapitali va mijozlardan jalb qilingan depozitlar
hajmining o‘sishi respublika iqtisodiyotining bazaviy tarmoqlarida ishlab chiqarishni
tarkibiy o‘zgartirish, modernizatsiya qilish, istiqbolli va yuqori samarali investitsiya
loyihalarini amalga oshirish, iste’mol mahsulotlari ishlab chiqarishni kengaytirish
va moliyaviy qo‘llab-quvvatlashda banklar ishtirokini yanada kengaytirish imkonini
bermoqda.
Qishloq xo‘jaligida qo‘lga kiritilayotgan ulkan yutuqlar hukumatimiz tomonidan
respublikamizning o‘ziga xos xususiyatlarini hamda to‘plangan boy tajribalarni, shuningdek,
jahon amaliyotining ilg‘or tajribalarini hisobga olgan holda amalga oshirilayotgan puxta
o‘ylangan izchil chora-tadbirlar natijasidir. Ayniqsa, 2017–2021-yillarda O‘zbekiston
Respublikasini rivojlantirishning beshta ustuvor yo‘nalishi bo‘yicha Harakatlar strategiyasi
mamlakat taraqqiyotining yuqori pog‘onasiga ko‘tarilish yo‘lini belgilab berdi. Harakatlar
strategiyasida qishloq xo‘jaligini modernizatsiya qilish va jadal rivojlantirishning o‘ziga
xos oqilona yo‘nalishlari belgilab berilgan bo‘lib, unda o‘z yechimini kutayotgan o‘ta
dolzarb hayotiy masalalar o‘z aksini topgan [1].
Ma’lumki, qishloq va suv xo‘jaligini moliyalashtirishning asosiy manbalari
sifatida quyidagilarga e’tibor qaratiladi: Respublika budjeti; budjetdan tashqari fondlar,
investitsiya dasturi va boshqalar.
Bizga ma’lumki, O‘zbekiston Respublikasi budjet kodeksiga muvofiq O‘zbekiston
Respublikasi Davlat budjetining xarajatlari tarkibida quyidagi iqtisodiyot xarajatlari
mavjud: qishloq va suv xo‘jaligi sohasidagi respublika nazorat organlarining xarajatlari, suv,
qishloq, o‘rmon xo‘jaligi xarajatlari, qishloq xo‘jaligi ekinlari zararkunandalariga qarshi
kurashish muassasalarining xizmatlariga haq to‘lash va ularni saqlab turish xarajatlari;
hosildorligi past yerlarda davlat ehtiyojlari uchun qishloq xo‘jaligi mahsulotlarini
yetishtiruvchi fermer xo‘jaliklarini moliyaviy qo‘llab-quvvatlash xarajatlari va boshqalar.
Do'stlaringiz bilan baham: |