Moliyaviy bozorlar
Qarz instrumentlari pulni qarzga oluvchi hamma – firmalar, hukumatlar va uy xo‘jaliklari – tomonidan chiqariladi. Tegishli ravishda, qarz majburiyatlari bozorida korporativ va davlat obligatsiyalari, uy-joy va tijorat garovlari, shuningdek iste’mol qarzlari kabi aktivlar bilan savdo qilinadi. Qarz instrumentlarini yana qayd qilingan daromad instrumenti deb ham atashadi. Zero, ular bo‘yicha kelgusida qayd qilingan summani to‘lash va’da qilinadi. Ularni yana qattiq foizli qimmatli qog‘ozlar deb atash ham mumkin.
rasm. Zamonaviy moliyaviy bozorning eng umumiy ko‘rinishi
Qarz instrumentlari, shuningdek, qarzni uzish muddati asosida ham klassifikatsiyalanadi. Qisqa muddatli qarz majburiyatlari bozori pul bozori nomiga ega. Uzoq muddatli qarz majburiyatlari va aksiyalar bozori esa kapital bozori deb nomlanadi.
Pul bozorida, asosan, yo xususiy sektorning ishonchli qarz oluvchilari tomonidan yoki davlat tomonidan chiqarilgan foizli qimmatli qog‘ozlar kabi instrumentlar aylanadi.
Zamonaviy pul bozorlari uchun global integratsiya va likvidlik o‘ziga xos xarakterga ega. Aktivning likvidlik darajasi uni pulga konvertatsiya qilinish jarayonining oddiyligi, xarajatlari va tezligiga bog‘liq holda aniqlanadi.
Aksiya – bu firma mulkdorlari tomonidan uning aktivlari qismiga qo‘yiladigan talabdir. Korxona kapitali ulushiga egalik qilishdan dalolat beradigan qimmatli qog‘ozlar AQShda oddiy aksiyalar, Buyuk Britaniyada aksiyalar deb ataladi. Aksiyani sotib olish va sotish fond bozorida amalga oshiriladi. Har bir oddiy aksiya boshqa aksiyadorlar bilan firmaning mulkidagi qismda (yoki ulushda) baravarligini bildiradi.
Oddiy vaziyatlarda har bir aksiyaga bir xil miqdordagi foyda va korxonani boshqarish masalalari bo‘yicha qaror qabul qilish uchun bitta ovoz berish huquqi to‘g‘ri keladi. Biroq, ayrim korxonalar muomalaga oddiy aksiyalarning ikki toifasini chiqaradilar. Ulardan biri aksiyadorga ovoz berish huquqini beradi, boshqasi esa bermaydi.
Oddiy aksiyalar korxona aktivlariga qoldiq talablarni ifodalaydi. Bunday aksiya egalari firmaning, u tomonidan barcha qolgan moliyaviy majburiyatlarni bajarganidan so‘ng qolgan istalgan aktivlariga huquqi bor. Masalan, agar firma
biznesni to‘xtatishga qaror qilsa va o‘zining barcha aktivlarini sotayotgan bo‘lsa, u holda oddiy aksiyalarga egalik qiluvchi barcha aksiyadorlar, barcha kreditorlarga tegishli bo‘lgan summalar to‘lab bo‘lingandan keyin nima qolsa hammasini o‘zaro bo‘lishib oladilar.
Oddiy aksiyalar unga egalik qiluvchining cheklangan bilan tavsiflanadi. Bu, agar firma yopilayotgan bo‘lsa, va uning aktivlarini sotishdan tushgan daromad uning hamma qarzlarini yopishga yetmayotgan bo‘lsa, unda kreditorlar aksionerlardan qarz majburiyatlari bilan to‘liq hisob-kitob qilish uchun qo‘shimcha mablag‘ talab qilish huquqiga ega emasliklarini anglatadi. Bu yerda kreditorlarning korxonaga talablari uning aktivlariga bo‘lgan talablari bilan cheklanib qoladi.
Do'stlaringiz bilan baham: |