Hisob-kitobli baholar individual buYurtmalar bо‘yicha noandazaviy asbob-uskunalarning shartnomalarida, bitimlarida qо‘llaniladigan baholardir. Bunday baholar mol yetkazib beruvchi tomonidan har bir aniq buYurtma uchun uning texnikaviy va tijoriy shart-sharoitlarini hisobga olgan holda hisob-kitob qilinadi va asoslanadi.
Bozor turiga bog’liq ravishda baholarning quyidagi tur-lari mavjud:
auksion baholar;
birjaviy kotirovkalar;
savdolar baholari.
Sotib oluvchi tomonidan oldindan kо‘rilgan tovarlar partiya-si (loti)ga maksimal taklif qilingan daraja bо‘yicha ommaviy sotish bahosiga auksion baholar deyiladi. Bunday baholar talab va taklif о‘rtasidagi nisbatning о‘zgarishi natijasida о‘rnatiladi (belgilanadi).
Birja orqali realizasiya qilinadigan standartlashtirilgan bir toifadagi tovarlarning (Shu jumladan, qimmatli qog’oz-larning ham) bahosi birjaviy kotirovkalar dyeb ataladi.
Do'stlaringiz bilan baham: |