minimum xarajatlarda maksimum samarani olish. Byudjet mablag’lari ulardan foydalanishning eng Yuqori natijaliligi (samaraliligi) ta’minlangan sharoitdagina (shartdagina) taqdim qilinishi kerak. Bunday samara, bir tomondan, mamlakat ijtimoiy-iqtisodiy rivojlanishining turli vazifalarini yechish, ikkinchi tomondan esa, byudjet assignovaniyalari oluvchilar daromadlarining о‘sishi hisobidan pul mablag’larining byudjetga qayta oqib kelishi bilan ifodalanishi mumkin;
byudjet assignovaniyalaridan foydalanishning maqsadli xarakterdaligi. YUridik shaxslar byudjetdan mablag’larni oldindan maqsadlari aniqlangan va tasdiqlangan byudjet asosida olishi mumkin. Bu prinsipga qat’iy rioya qilish byudjet assignovaniyalaridan samarasiz foydalanishga tо‘sqinlik qiladi;
kо‘zda tutilgan Rejalarning bajarilishi va oldin berilgan assignovaniyalarning foydalanilgan-ligini inobatga olgan holda byudjet mablag’larini taqdim etish. Byudjetdan Moliyalashtirishning kо‘rsatkichlar bajarilishiga bog’liqligi Moliyaviy organlarga korxona, tashkilot va muassasalarning faoliyati ustidan samarali va ta’sirchan nazoratni amalga oshirishga imkon beradi;
Do'stlaringiz bilan baham: |