3. Davlat Moliyaviy nazorati organlarining vazifalari va funksiyalari
О‘zbekiston Respublikasi Konstitusiyasida mustahkamlangan hokimiyatni taqsimlanish prinsipi Pryezidyent va vakolatli hukumat organlari tomonidan ijro hokimiyati organlarining Moliyaviy faoliyatini nazorat qilishni nazarda tutadi. Bunday nazorat, avvalambor, respublika va mahalliy byudjetlarni, davlat maqsadli nobyudjet fondlarining loyihalarini kо‘rib chiqish va qabul qilishda hamda ularning ijrosi haqida hisobotlarni tasdiqlashda amalga oshiriladi. О‘zbekiston Respublikasi Konstitusiyasi 78-moddasining 8-bandiga muvofiq О‘zbekiston Respublikasi Oliy Majlisi Vazirlar Mahkamasining taqdimoti bо‘yicha mamlakat byudjetini qabul qiladi va uning ijrosi ustidan nazorat о‘rnatadi. Xalq dyeputatlari Kengashlari ayrim mintaqalarga ajratiladigan byudjet mablag’laridan maqsadli foydalanish hamda mahalliy byudjetlarning ijro etilishini nazorat qiladi. Bundan tashqari, vakolatli organlar zimmasiga ayrim tarmoqlar va sohalarda byudjet mablag’laridan foydalanish ustidan nazoratni amalga oshirish Yuklatilishi mumkin.
Moliyaviy nazoratni amalga oshirish bо‘yicha О‘zbekiston Respublikasi Pryezidyentiga davlat va ijroiya hokimiyat boshlig’i sifatida katta vakolatlar berilgan. Respublika Konstitusiyasi 93-moddasining 8-bandiga muvofiq Pryezidyent ijroiya hokimiyat apparati va jumladan, davlat Moliyaviy nazorati funksiyalarini amalga oshiruvchi organlar (Hisob palatasi, Moliya vazirligi, Davlat soliq qо‘mitasi va boshqalar)ni shakllantiradi.
Davlat Moliyaviy nazorati tizimida Hisob palatasiga katta rol ajratilgan2. U mustaqil va ob’yektiv organ bо‘lib, О‘zbekiston Respublikasi Pryezidyenti va О‘zbekiston Respublikasi Oliy Majlisiga hisob beradi.
Hisob palatasi tо‘g’risidagi Nizomga muvofiq uning zimmasiga nazorat, monitoring va tahliliy ishlar hamda quyidagi funksiyalarni bajarish Yuklatilgan:
makroiqtisodiy kо‘rsatkichlar, byudjet-soliq va pul-kredit paramyetrlarining shakllanish jarayonlarini tizimli о‘rganib, ularning qonunchilik talablariga muvofiqligini kuzatib borish;
davlat byudjeti, uning daromad va xarajatlar qismlari asosiy paramyetrlari va moddalarining ijro etilishi ustidan nazorat о‘rnatish;
davlat byudjetini ijro etish, soliq tuShumlari va pul kо‘rsatkichlari bо‘yicha tasdiqlangan paramyetrlarni tuzatish bо‘yicha takliflarning asoslanganligi va ularning makroiqtisodiy kо‘rsatkichlarga ta’sirini kо‘rib chiqish;
mintaqalar va umuman jamiyat rivojlanishida mahalliy boshqaruv organlari va fuqarolarning о‘zini о‘zi boshqaruv organlari rolini oshirish maqsadida respublika byudjeti bilan mahalliy byudjetlar о‘rtasidagi о‘zaro nisbatlarning maqbulligiga erishish bо‘yicha takliflarni tahlil qilish va baholash;
mintaqalar, tarmoqlar va korxonalar bо‘yicha tasdiqlangan paramyetrlar hisobidan davlat mablag’larini xarajat qilish bо‘yicha chyetga chiqishlar aniqlangan hollarda tekshiruvlar о‘tkazish, ulardan foydalanishda tartibbuzarliklar va suistye’mol-liklarning oldini olish Yuzasidan chora-tadbirlarni amalga oshirish;
umuman byudjet daromad qismining ijrosi ustidan hamda mintaqalar bо‘yicha manbalar, soliq va bojxona organlaridan tо‘lovlarning kelib tushishi tо‘liqligi Yuzasidan monitoringni amalga oshirish;
byudjet jarayonida chyetga chiqishlarni tahlil qilish va о‘rganish, ularni bartaraf etish va byudjet qonunchiligini takomillashtirish Yuzasidan takliflar tayyorlash;
milliy valYutani mustahkamlash, inflyasiyani pasaytirish hamda iqtisodiy о‘sish va narxlar barqarorligi kо‘rsatkichlarining optimal birligiga erishish bо‘yicha takliflarni kо‘rib chiqish va baholash;
oltin-valYuta zahiralari, Shu jumladan qimmatbaho myetallar va qimmatbaho toshlarni ishlab chiqarish va ular bilan amalga oshiriladigan opyerasiyalarni nazorat etish, yо‘qotishlar va suistye’molliklar kanallari va imkoniyatlarini yо‘qotish maqsadida davlat oltin-valYuta zahiralarining butun harakati tiniqligini ta’minlash;
tashqi aktivlarni boshqarish bо‘yicha hisobot va balans hisob-kitoblarini tahlil etish, oltin-valYuta zahiralarini chyet el banklarida joylashtirish va qayta joylashtirish asoslanganligi va samaraliligini nazorat qilish;
davlat tashqi qarzlarini boshqarish ustidan monitoring о‘rnatish va ularga birinchi navbatda, Hukumat tomonidan va uning kafolati ostida olingan kreditlar bо‘yicha о‘z vaqtida xizmat kо‘rsatilishini nazorat etish;
eksportni rivojlantirish, tovarlar (ishlar, xizmatlar) ekporti prognozlarini bajarish, mahsulot import qilishni maqbullashtirish, tashqi savdo va tо‘lov balanslari ijobiy qoldig’ini ta’minlash bо‘yicha chora-tadbirlar amalga oshirilishini nazorat etish;
chyet davlatlarda davlat mulkini realizasiya qilish bilan bog’liq bо‘lgan masalalar bо‘yicha tahlil о‘tkazish va ularning nazorat etilishini ta’minlash;
respublikada qimmatbaho myetallar va qimmatbaho toshlar konlarini qazish va ulardan foydalanish Yuzasidan chyet el kompaniyalarining takliflarini kо‘rib chiqish;
О‘zbekiston Respublikasi Hukumati yoki uning kafolati ostida chyet el kreditlari va qarzlarini jalb etish va ulardan foydalanish samaradorligi, xalqaro Moliya bozorlariga respublika qarz majburiyatlarini chiqarishning maqsadga muvofiqligini tahlil etish;
olib borilayotgan byudjet-soliq, pul-kredit, valYuta va tashqi savdo siyosatiga ta’sir kо‘rsatuvchi qonunchilik hujjatlari loyihalarini ekspyertiza qilish;
vazirliklar, qо‘mitalar, idoralar, korxonalar va tashkilotlarning Hisob palatasi vakolatiga kiruvchi masalalar bо‘yicha ish-faoliyatini muvofiqlashtirish;
Hisob palatasi zimmasiga Yuklatilgan vazifalardan kelib chiqadigan masalalar bо‘yicha tahliliy ishlanmalarni tashkil etish va о‘tkazish, ularning asosida hisobot va takliflar tayyorlash hamda ularni kо‘rib chiqish uchun О‘zbekiston Respublikasi Pryezidyenti va О‘zbekiston Respublikasi Oliy Majlisiga taqdim etish.
Kо‘rsatilgan funksiyalarni amalga oshirish uchun Hisob palatasiga quyidagi huquqlar berilgan:
davlat hokimiyati va boshqaruv organlari, qо‘mitalar, idoralar, korxonalar va tashkilotlar, banklardan о‘z vakolatiga kiruvchi masalalar bо‘yicha axborot, ma’lumotlar va hujjatlarni belgilangan tartibda sо‘rash va olish;
zarur bо‘lgan hollarda о‘z zimmasiga Yuklatilgan vazifalarni amalga oshirish uchun tekshiruvlar tashkil etish va ularning natijalari bо‘yicha ijro etilishi majburiy bо‘lgan kо‘rsatmalarni jо‘natish;
о‘z vakolati doirasida tekshiruvlar о‘tkazish vaqtida davlat organlari va ularning vakillari, nodavlat auditorlik xizmati va ayrim mutaxassislarni ularda ishtirok etish uchun jalb etish;
Hisob palatasi bilan oldindan kelishilishi zarur bо‘lgan barcha masalalar Yuzasidan tyegishli xulosalar berish;
qonunchilikni takomillashtirish, davlat organlari, korxonalar va tashkilotlar faoliyatini yaxshilash maqsadida nazorat tadbirlari natijalari bо‘yicha takliflar kiritish.
Moliyaviy nazorat bо‘yicha muhim vazifa va funksiyalar О‘zbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasi zimmasiga ham Yuklatilgan. О‘zbekiston Respublikasining «О‘zbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasi tо‘g’risida» 1993 yil 6 maydagi qonunining 12-moddasiga muvofiq u vazirliklar, davlat qо‘mitalari, idoralar va boshqa davlat va xо‘jalik boshqaruv organlari faoliyati ustidan nazoratni amalga oshiradi. U davlat Moliyaviy nazoratini amalga oshiruvchi organlar vakolati va funksiyalari tartibini belgilaydi.
О‘zbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasi huzurida Hisob-kitoblar mexanizmini takomillashtirish va byudjetga tо‘lovlar intizomini mustahkamlash bо‘yicha hukumat komissiyasi hamda Respublika pul-kredit siyosati komissiyasi tashkil etilgan bо‘lib, ularga davlat Moliyaviy nazorati sohasida katta vakolatlar berilgan.
Hisob-kitoblar mexanizmini takomillashtirish va byudjetga tо‘lovlar intizomini mustahkamlash bо‘yicha hukumat komissiyasi Qoraqalpog’iston Respublikasi, viloyatlar va Toshkyent shahrida о‘zining mintaqaviy komissiyalariga ega. Mazkur Komissiya tomonidan uning vakolati doirasida qabul qilingan qarorlar vazirliklar, idoralar, mahalliy hokimiyat va boshqaruv organlari, tijorat banklari, mulkchilik shaklidan qat’i nazar, xо‘jalik Yurituvchi sub’yektlar hamda ularning birlashmalari (xо‘jalik uYushmalari), mansabdor shaxslar va fuqarolar ijro etishi uchun majburiy hisoblanadi.
Hisob-kitoblar mexanizmini takomillashtirish va byudjetga tо‘lovlar intizomini mustahkamlash bо‘yicha hukumat komissiyasi tо‘g’risidagi Nizomga muvofiq quyidagilar uning asosiy vazifalari dyeb belgilangan:
- iqtisodiyot tarmoqlari va syektorlarida hisob-kitoblar mexanizmini takomillashtirish va barcha xо‘jalik Yurituvchi sub’yektlar va tijorat banklari tomonidan tо‘lov intizomini mustahkamlash va hisob-kitoblarni о‘z vaqtida amalga oshirish, soliqlar va majburiy tо‘lovlarni tо‘liq tо‘lash bо‘yicha amaldagi qonunchilik mye’yorlariga qat’iy rioya etilishi ustidan ta’sirchan nazoratni ta’minlash;
- korxonalarning dyebitorlik qarzlari ahvolini tahlil etish, muddati о‘tgan dyebitorlik va kreditorlik qarzlari, xо‘jalik Yurituvchi sub’yektlarning byudjetga tо‘lovlar bо‘yicha boqimandalarini qisqartirish bо‘yicha ta’sirchan chora-tadbirlar ishlab chiqish va qabul qilish, Shuningdyek amaldagi qonunchilikka muvofiq ravishda tyegishli soliqlar va majburiy tо‘lovlarning tо‘liq undirib olinishini ta’minlash;
- korxonalar va tashkilotlar aylanma mablag’larining ajratib olinishi, Shu jumladan tayyor mahsulot zahiralariga va tugallanmagan qurilishga ajratilishi sabablari va yо‘nalishlarini aniqlash hamda ularni qisqartirish bо‘yicha takliflar ishlab chiqish.
Komissiyaga keng vakolatlar berilgan bо‘lib, u xususan, quyidagi huquqlarga ega:
vazirliklar, qо‘mitalar, idoralar, tijorat banklari, soliq organlari, xо‘jalik uYushmalari, korxonalar va birlashmalar, davlat boshqaruv organlari rahbarlarining dyebitorlik va kreditorlik qarzlari, soliq va tо‘lov intizomining ahvoli tо‘g’risidagi masalalar bо‘yicha hisobotlarini eshitib borish;
boqimandalarni tо‘lash, pyenya hisoblanishini tugatish bо‘yicha muddatlarni kyechiktirish yoki uzaytirish, byudjetga va nobyudjet fondlarga soliqlar va tо‘lovlar bо‘yicha pyenyalarni hisobdan chiqarish;
belgilangan tartibda Moliya, soliq va bojxona organlari faoliyatini tekshirishni tashkil etish, Komissiya zimmasiga Yuklatilgan vazifalarning bajarilishini ta’minlash uchun zarur bо‘lgan axborot, ma’lumotlarni vazirliklar, qо‘mitalar, idoralar, uYushmalar, davlat boshqaruvi mahalliy organlaridan olish;
bankrotlik va korxonalarni sanasiyalash masalalari bо‘yicha Hukumat komissiyasiga korxonalarni sanasiyalash yoki muntazam ravishda dyebitorlik va kreditorlik qarzlariga yо‘l qо‘Yuvchi korxonalar va tashkilotlarni bankrot dyeb e’lon qilish uchun matyeriallarni xо‘jalik sudiga berish tо‘g’risida qarorlar qabul qilish Yuzasidan takliflar berish;
soliq solish tizimi va xalq xо‘jaligida hisob-kitoblarni yaxshilash uchun yо‘naltirilgan respublika qonunchiligini takomillashtirish Yuzasidan Vazirlar Mahkamasiga takliflar kiritish va h.k.
Respublika pul-kredit siyosati komissiyasi zimmasiga respublikada naqd pul muomalasi va xalq xо‘jaligida hisob-kitoblarning ahvoli ustidan nazoratni kuchaytirish bо‘yicha chora-tadbirlar majmuini ishlab chiqish va ularni amalga oshirish, xо‘jalik Yurituvchi sub’yektlar tomonidan valYuta opyerasiyalarini amalga oshirish va О‘zbekiston iqtisodiyoti ustuvor tarmoqlarini rivojlantirish uchun ajratiladigan kreditlardan maqsadli foydalanish tartibiga qat’iy rioya etilishini ta’minlash vazifasi Yuklatilgan3.
Mulkchilik shakllaridan qat’i nazar, xо‘jalik Yurituvchi sub’yektlarni tekshirishni tartibga solish, nazorat organlari tomonidan ularning faoliyatiga asossiz ravishda aralaShuvga yо‘l qо‘ymaslik maqsadida О‘zbekiston Respublikasi Pryezidyentining «Tekshiruvlarni tartibga solish va nazorat organlarining faoliyatini muvofiqlashtirish tо‘g’risida» 1996 yil 8 avgustdagi №UP-1503 Farmoni bilan Respublika nazorat organlarining faoliyatini muvofiqlashtirish kengashi faoliyat kо‘rsatmoqda.
Mazkur Kengash xо‘jalik Yurituvchi sub’yektlar faoliyatini davlat nazorat etish sohasidagi markaziy muvofiqlashtiruvchi organ hisoblanadi. Kengash qarorlari xо‘jalik Yurituvchi sub’yektlar faoliyatini tekshirish bо‘yicha davlat nazoratini amalga oshirishga vakolat berilgan barcha organlar uchun majburiy hisoblanadi.
Kengash tarkibi О‘zbekiston Respublikasi Pryezidyenti tomonidan tasdiqlanadi. Kengash о‘z faoliyatini Respublika nazorat organlarining faoliyatini muvofiqlashtirish kengashi tо‘g’risida nizomga asosan amalga oshiradi4.
Qoraqalpog’iston Respublikasi, viloyatlar, shaharlar va tumanlarda tyegishli hududiy komissiyalar tuzilgan bо‘lib, ularning tarkibi Respublika nazorat organlarining faoliyatini muvofiqlashtirish kengashi tomonidan tasdiqlanadi.
Kengash faoliyatining maqsadi, mulkchilik shakllaridan qat’i nazar, xо‘jalik Yurituvchi sub’yektlarni tekshirishni tartibga solish va muvofiqlashtirish, ularning ish-faoliyatiga nazorat organlari tomonidan asossiz ravishda aralashishga yо‘l qо‘ymaslikdan iborat.
Quyidagilar Kengashning asosiy vazifalari qilib belgilangan:
nazorat organlarining xо‘jalik Yurituvchi sub’yektlar ish-faoliyatini tekshirish masalalari bо‘yicha faoliyatini muvofiqlashtirish;
xо‘jalik Yurituvchi sub’yektlarning ish-faoliyati bо‘yicha о‘tkaziladigan tekshiruvlarning umumiy sonini qisqartirish;
tekshiruvlar, Shuningdyek nazorat organlarining faoliyatini qaytarishga yо‘l qо‘Yuvchi komplyeks tekshiruvlarning muvofiqlashtiruvchi Rejalarini ishlab chiqish;
tekshiruvlar о‘tkazish bо‘yicha muvofiqlashtiruvchi Rejalarga rioya etilgan holda nazorat organlarining faoliyati ustidan nazorat о‘rnatish va Kengash bilan kelishilmay turib, Rejadan tashqari, qarshi tekshiruv va nazorat tartibida tekshiruvlar о‘tkazilishiga yо‘l qо‘ymaslik;
tekshiruvlarni qisqartirish va takomillashtirish maqsadida ularni tashkil etish tizimini tartibga solish Yuzasidan chora-tadbirlar ishlab chiqish.
Kengash hududiy komissiyalarining asosiy funksiyalariga:
xо‘jalik Yurituvchi sub’yektlar faoliyatini tekshirish bо‘yicha hududiy muvofiqlashtiruvchi Reja-grafiklar ishlab chiqish;
muvofiqlashtiruvchi Reja-grafiklar bajarilishiga rioya etilishi ustidan monitoring о‘rnatish kabi vazifalar kiradi.
Kengash о‘z zimmasiga Yuklatilgan vazifalarni bajarishi uchun hamda о‘z maqomiga muvofiq ravishda quyidagi huquqlarga ega:
- respublika barcha vazirliklari va idoralaridan yaqinlashib kyelayotgan davr uchun mо‘ljallangan xо‘jalik Yurituvchi sub’yektlar faoliyatini tekshiruv Rejalarini sо‘rash va olish;
- tekshiruvlarni muvofiqlashtirish bо‘yicha qonunchilikda belgilangan tartibga rioya etilishini ta’minlash talab qilingan kо‘rsatmalarni, Kengash Raisi imzosi qо‘yilgan holda, nazorat organlariga jо‘natish;
- tekshiruvlarni muvofiqlashtirish tо‘g’risidagi qonunchilik-ni buzish yoki Kengash qarorlarini buzishda aybdor bо‘lgan nazorat organlari rahbarlari va mansabdor shaxslarga ma’muriy choralar belgilanganligi tо‘g’risidagi taqdimnomalarni, Kengash Raisi imzosi qо‘yilgan holda, jо‘natish;
- nazorat organlarining Rejadan tashqari tekshiruvlar о‘tkazish tо‘g’risidagi qarorlarini, agar ularni о‘tkazish uchun yetarlicha asoslar bо‘lmasa, bekor qilish.
Kengash nazorat organlari tomonidan nazoratni tartibga solish sohasidagi qonunchilikka qat’iy rioya etishi, xо‘jalik Yurituvchi sub’yektlarning nazorat organlarining noqonuniy harakatlari ustidan tushgan arizalarini о‘z vaqtida kо‘rib chiqishi, ular Yuzasidan qarorlar qabul qilishi hamda olib borilayogan ishlarning natijalari tо‘g’risida hukumatga muntazam ravishda axborot berib turishi shart.
Davlat Moliyaviy nazorati tizimida О‘zbekiston Respublikasi Moliya Vazirligi, Markaziy bank, Davlat soliq qо‘mitasi va ularning quyi organlari alohida о‘rin tutadi. Moliya-kredit tizimi muassasalari tomonidan amalga oshiriladigan nazoratlarning mazmuni va maqsadi belgilangan vakolat doirasidagi amaliy ehtiyojlar bilan belgilanadi.
Moliya organlarining kо‘p qirrali nazorat faoliyati byudjetni Rejalashtirish, Moliyaviy Rejalar va smetalar loyihalarini kо‘rib chiqish, byudjet barcha daromadlarini tо‘plash, davlat byudjeti bilan tyegishli Moliya yili uchun nazarda tutilgan chora-tadbirlarni Moliyalashtirish jarayonida amalga oshiriladi.
О‘zbekiston Respublikasi Moliya vazirligining zimmasiga davlat Moliyaviy nazoratini amalga oshirish bо‘yicha quyidagi asosiy vazifa va funksiyalar Yuklangan:
respublika vazirliklari, qо‘mitalari, idoralari va korxonalari tomonidan respublika byudjetining ijro etilishi, Markaziy bank va boshqa banklar tomonidan byudjetning kassa ijrosi qoidalariga rioya etilishi hamda banklar tomonidan kapital qо‘yilmalar va byudjetdan ajratilgan mablag’lar hisobidan amalga oshiriladigan boshqa chora-tadbirlarning Moliyalashtirilishi ustidan nazoratni amalga oshirish;
qimmatli qog’ozlar bozori shakllanishi, qimmatli qog’ozlar emissiyasi va harakatini nazorat etish, Moliya bozorini shakllantirishga doir ishlarni muvofiqlashtirish;
respublika byudjeti va mahalliy byudjetlar hisobidan Moliyalashtiriladigan, Shuningdyek barcha kо‘rinishdagi qimmatbaho myetallar va qimmatbaho toshlarni qazib oluvchi, qayta ishlovchi hamda ulardan boshqa maqsadlar (jumladan eksport) uchun foydalanuvchi korxonalar, tashkilotlar va muassasalar Moliyaviy-xо‘jalik faoliyatini taftish qilish va tekshirish.
Hukumatning «Auditorlik faoliyatini takomillashtirish va auditorlik tekshiruvlari rolini oshirish tо‘g’risida» 2000 yil 22 syentyabrdagi 365-sonli qarori bilan О‘zbekiston Respublikasi Moliya vazirligi zimmasiga yangi vazifalar Yuklandi. Xususan, endi auditorlik tashkilotlarida litsenziya shartnomalarida nazarda tutilgan litsenziya talablari va shartlariga rioya etilishini tekshirishni amalga oshirish ham uning vazifasiga kiradi.
Moliya vazirligi huzurida Bosh nazorat-taftish boshqarmasi mavjud bо‘lib, u О‘zbekiston Respublikasi Moliya vazirligi Bosh nazorat-taftish boshqarmasi va uning hududiy nazorat-taftish boshqarmalari tо‘g’risida nizom5ga asosan faoliyat Yuritadi.
Bosh nazorat-taftish boshqarmasi va Qoraqalpog’iston Respublikasi, viloyatlar va Toshkyent shahar nazorat-taftish boshqarmalarining asosiy vazifasi byudjet jarayonining barcha bosqichlarida byudjet intizomiga rioya etilishini nazorat qilishdir.
Bosh nazorat-taftish boshqarmasi va Qoraqalpog’iston Respublikasi, viloyatlar va Toshkyent shahar nazorat-taftish boshqarmalarining boshqa vazifalari sifatida quyidagilar belgilangan:
Moliya organlari va byudjet muassasalari tomonidan byudjet va Moliya qonunchiligi hamda byudjet majburiyatlarining ijrosi bilan bog’liq bо‘lgan boshqa qonunchilik hujjatlariga rioya etilishini ta’minlash ustidan nazoratni amalga oshirish;
respublika va mahalliy byudjetlarning qat’iy ijro etilishi ustidan doimiy nazoratni ta’minlash;
Moliya organlari va tijorat banklari tomonidan birinchi navbatdagi xarajatlar navbatiga rioya etilishi, byudjet tashkilotlari xodimlariga ish haqi tо‘lash, ijtimoiy nafaqalar, stipyendiyalar berish muddatlari va tо‘liqligi, Shuningdyek byudjet muassasalariga kо‘rsatilgan maqsadlar uchun naqd pul mablag’larini berish bо‘yicha faoliyati ustidan nazorat va monitoringni amalga oshirish;
fuqarolarning о‘zini о‘zi boshqaruv organlari orqali kam ta’minlangan oilalarga beriladigan ijtimoiy nafaqalar bilan ta’minlash va ularning о‘z vaqtida tо‘lanishini nazorat qilish;
paxta xom ashyosini tayyorlash, saqlash, qayta ishlash, paxta mahsulotlarini ishlab chiqarish va ularni realizasiya qilish bо‘yicha statistik va buxgaltyeriya hisoboti ma’lumotlarining tо‘g’riligi ustidan nazoratni amalga oshirish;
paxta xom ashyosi va undan tayyorlanadigan mahsulotlarning miqdori va sifatini baholash hamda ularning hisobotda aks ettirilishi bо‘yicha tekshiruvlarni tashkil etish va о‘tkazish myetodologiyasini ishlab chiqish va takomillashtirish;
investision dasturlarning amalga oshirilishi uchun ajratiladigan markazlashtirilgan byudjet mablag’laridan maqsadli foydalanishni nazorat etish;
kommunal xizmatlar va elyektr enyergiyasi uchun byudjet mablag’larini sarflash limitlariga rioya etilishi ustidan muntazam ravishda tekshiruvlar о‘tkazib turish;
byudjet muassasalari tomonidan shtatlar jadvali-smeta intizomiga rioya etilishini nazorat qilish;
hokimiyat va boshqaruv organlari rahbarlarining byudjet jarayoniga noqonuniy ravishda aralaShuvi faktlarini tо‘xtatish;
davlat valYuta mablag’larining tо‘g’ri va maqsadli sarflanishini nazorat qilish;
fuqarolarning Moliya va byudjet intizomi buzilganligi faktlari tо‘g’risidagi xat, shikoyat va arizalarini kо‘rib chiqish va h.k.
Bosh nazorat-taftish boshqarmasi va uning hududiy bо‘linmalari zimmasiga Yuklatilgan vazifalar va funksiyalarni bajarish uchun ularga quyidagi huquqlar berilgan:
hududiy Moliya organlarining mahalliy byudjetlar ijrosi bо‘yicha ish-faoliyatini, barcha darajadagi byudjet muassasalarining esa, xarajatlar smetalari va byudjet intizomiga rioya etish bо‘yicha ish-faoliyatini taftish qilish va tekshirish (monitoring);
hududiy Moliya organlari va barcha darajadagi byudjet muassasalarining pul va buxgaltyeriya hujjatlari, hisobotlari, smetalari va boshqa hujjatlari, moddiy boyliklari mavjudligini tekshirish;
maxsus vakolatli organning qaroriga asosan xо‘jalik Yurituvchi sub’yektlarning Moliyaviy-xо‘jalik faoliyatini taftish qilish va tekshirish;
tijorat banklari muassasalari, soliq organlari, boshqa idoralardan taftish va tekshiruvlar о‘tkazish vaqtida Yuzaga kyeladigan savollar bо‘yicha zarur bо‘lgan ma’lumotnomalar va axborot, ma’lumotlarni olish;
qurilish, montaj, ta’mirlash kabi ishlar nazorat о‘lchamlarini amalga oshirish va boshqa tekshiruvlarni о‘tkazish uchun belgilangan tartibda mutaxassislarni jalb etish;
hududiy Moliya organlari va barcha darajadagi byudjet muassasalari hamda xо‘jalik Yurituvchi sub’yektlar rahbarlari va mansabdor shaxslaridan taftish va tekshiruvlar о‘tkazish jarayonida Yuzaga kyeladigan masalalar, Moliya va byudjet intizomi buzilishi faktlari, Shuningdyek ma’lumotnoma, taftish va tekshiruvlar dalolatnomalarining imzolanishi bо‘yicha tuShuntirishlar talab qilish;
zarur bо‘lgan hollarda kassa va kassa xonalari, omborlar, arxivlarni muhrlab qо‘yish, qalbaki, soxta hujjatlar va boshqa suistye’molliklar aniqlangan hollarda hujjatlarni olib qо‘yish, tekshirilayotgan ob’yektlar rahbarlaridan asosiy vositalar, tovar-moddiy boyliklar, pul mablag’lari va hisob-kitoblarning yо‘qlama qilinishini talab etish;
Moliya vazirligining topshirig’i va u tomonidan tasdiqlangan maxsus grafiklar bо‘yicha paxta xom ashyosini tayyorlash va qayta tayyorlashga oid butun davrda paxta tozalash korxonalarida tayyorlanayotgan, qayta tayyorlanayotgan va saqlanayotgan paxta xom ashyosiga tyegishli masalalar bо‘yicha tekshiruv va taftishlar о‘tkazish;
Moliya va byudjet intizomi bо‘yicha aniqlangan tartibbuzarliklarni bartaraf etish, moddiy zararni qoplash, aybdor shaxslarni javobgarlikka tortish hamda boshqa vazifalar bо‘yicha taftish va tekshiruvlar matyeriallari Yuzasidan tyegishli takliflar kiritish.
Bosh nazorat-taftish boshqarmasi va Qoraqalpog’iston Respublikasi, viloyatlar va Toshkyent shahar nazorat-taftish boshqarmalari о‘z ish-faoliyatini Moliya vazirligi tomonidan tasdiqlangan yillik ish Rejalariga asosan amalga oshiradi. Ular, zarur bо‘lgan hollarda, Moliya organlari va byudjet muasasalari faoliyatini Rejadan tashqari taftish va tekshiruvdan о‘tkazishadi, maxsus vakolatli organ ruxsati bilan esa, xо‘jalik Yurituvchi sub’yektlarning Moliyaviy-xо‘jalik faoliyatini taftish va nazorat qiladi.
Davlat Moliyaviy nazoratini amalga oshirishda soliq organlari muhim rol о‘ynaydi. О‘zbekiston Respublikasining «Davlat soliq xizmati tо‘g’risida» 1997 yil 29 avgustdagi qonuni6 soliq nazoratining asoslari, uni amalga oshirish bо‘yicha soliq organlarining huquq va majburiyatlarini belgilab beradi.
Soliq nazorati soliq solish sub’yektlari va ob’yektlari hisobini Yuritish hamda soliq qonunchiligiga rioya etilishini nazorat qilishning yagona tizimidir. U davlat soliq xizmati organlari tomonidan soliqqa tortiladigan sub’yektlar va ob’yektlar hisobini Yuritish, soliq tekshiruvlarini о‘tkazish, soliq tо‘lovchilar, boshqa shaxslarni sо‘roq qilish va qonunchilik bilan nazarda tutilgan boshqa shakllarda amalga oshiriladi.
Davlat soliq xizmati organlarining Moliyaviy nazoratga oid asosiy vazifalari quyidagilardan iborat:
- soliq qonunchiligi, soliqlar hamda О‘zbekiston Respublikasi nobyudjet Pyensiya fondiga majburiy tо‘lovlarning о‘z vaqtida hisoblab yozilishi, tо‘liq va о‘z vaqtida tо‘lanishini nazorat etish;
- soliq qonunchiligiga rioya etilishining zaruriy shartlarini ta’minlash, soliq tо‘lovchilarga soliq majburiyatlarini bajarishda yordam kо‘rsatish, soliq bо‘yicha qoidabuzarliklarni aniqlash, ogohlantirish va tо‘xtatib qо‘yish.
Davlat soliq xizmati organlari о‘z vakolati doirasida quyidagi huquqlarga ega:
soliq tо‘lovchilarda (jumladan soliq tо‘lovchilar bilan bog’langan qarshi sub’yektlarda) О‘zbekiston Respublikasi nobyudjet Pyensiya fondiga majburiy tо‘lovlarning о‘z vaqtida hisoblab yozilishi, tо‘liq va о‘z vaqtida tо‘lanishi bilan bog’liq bо‘lgan Moliyaviy hujjatlarni, Shuningdyek eksport-import opyerasiyalari bilan bog’liq bо‘lgan hujjatlarni tekshirish, tekshiruv vaqtida Yuzaga kyeladigan masalalar bо‘yicha zarur bо‘lgan tuShuntirish, ma’lumotnoma va ma’lumotlarni olish;
qonunchilikda nazarda tutilgan hollarda Yuridik shaxslar hamda jismoniy shaxslarning banklardagi va boshqa Moliya-kredit tashkilotlaridagi hisobvaraqlari bо‘yicha opyerasiyalarni tо‘xtatib qо‘yish.
Davlat soliq xizmati organlari о‘z zimmalariga Yuklatilgan vazifalarni boshqa davlat boshqaruv organlari, joylardagi davlat hokimiyati organlari, fuqarolarning о‘zini о‘zi boshqaruv organlari, statistika va Moliya organlari, banklar va boshqa tashkilotlar bilan о‘zaro birgalikda bajaradilar. Kо‘rsatilgan organlar va tashkilotlar soliq xizmati organlariga soliq qonunchiligiga rioya etilishi ustidan davlat nazoratini amalga oshirish va soliq qonunbuzarligiga qarshi kurashda yordam berishlari shart.
Kо‘rsatilgan qonunchilik hujjatida nazarda tutilgan soliq nazoratini tashkil etish Davlat soliq qо‘mitasi va uning organlari tomonidan amalga oshiriladi. О‘zbekiston Respublikasi Davlat soliq qо‘mitasi tо‘g’risida nizom7ga muvofiq u davlat soliq xizmatining soliq qonunchiligiga rioya etilishi, davlat iqtisodiy manfaatlari va mulkiy huquqlarini himoyalashning ta’minlanishi sohasidagi nazorat bо‘yicha markaziy organi hisoblanadi.
Davlat soliq qо‘mitasining Moliyaviy nazorat sohasidagi asosiy vazifasi soliq tо‘lovchilar tomonidan soliq qonunchiligiga rioya etilishi, soliqlar, yig’imlar va boshqa majburiy tо‘lovlarning tо‘g’ri hisoblab yozilishi, ularning tо‘liq va о‘z vaqtida tо‘lanishi ustidan nazoratni amalga oshirish hisoblanadi.
Davlat soliq qо‘mitasi о‘z vakolatlari doirasida quyidagilarga haqlidir:
Respublika nazorat organlari faoliyatini muvofiqlashti-rish kengashi tomonidan tasdiqlangan ish Rejasiga muvofiq boshqa tekshiruv va nazorat organlarini jalb etgan holda, mulkchilikning barcha shakllaridagi xо‘jalik Yurituvchi sub’yektlarning Moliyaviy-xо‘jalik faoliyatini tekshirish;
coliq tо‘lovchilarda (jumladan soliq tо‘lovchilar bilan bog’langan qarshi sub’yektlarda) Moliyaviy hujjatlar, shartnomalar, smetalar, soliqlarni hisoblab yozish va tо‘lash hamda eksport-import bilan bog’liq bо‘lgan hujjatlarni hujjatlar asosida tekshirish, tekshiruv vaqtida Yuzaga kyeladigan masalalar bо‘yicha zarur bо‘lgan tuShuntirish, ma’lumotnoma va ma’lumotlarni olish;
savdo, tovarlarni sotish va xizmat kо‘rsatish, aksiz spirtli ichimlik va tamaki mahsulotlarini realizasiya qilish va markalash qoidalariga rioya etilishi, naqd pul mablag’larining tо‘liq kirim qilinishi, nazorat-kassa apparatlarini qо‘llash qonunchiligiga rioya etilishi va boshqalarni nazorat qilish.
О‘zbekiston Respublikasi Davlat soliq qо‘mitasi tizimida Bosh nazorat-taftish boshqarmasi8 tuzilgan bо‘lib, uning Qoraqalpog’iston Respublikasi, viloyatlar va Toshkyent shahar bо‘linmalari mavjud.
Mazkur organning asosiy vazifalari quyidagilardan iborat:
xо‘jalik Yurituvchi sub’yektlarning soliq qonunchiligiga rioya etishi bо‘yicha Moliyaviy-xо‘jalik faoliyatini belgilangan tartibda hujjatlar asosida tekshiruvlarni hamda hukumat qarorlari bilan soliq organlari zimmasiga Yuklatilgan masalalar bо‘yicha nazorat tekshiruvlarini tashkil etish va о‘tkazish;
xо‘jalik Yurituvchi sub’yektlardan olinadigan soliqlar va yig’imlarning hisoblab yozilishi, undirib olinishida qonuniylikka rioya etilishi, byudjetga tо‘lovlarning tо‘g’ri hisoblanishi va о‘z vaqtida kiritilishini nazorat qilish; soliq qonunbuzarliklarini aniqlash, ogohlantirish va tо‘xtatish;
о‘tkazilgan hujjatli va nazorat tekshiruvlari (hisoblangan summalar, Moliyaviy sanksiyalar, ma’muriy jarimalar va h.k.ni undirib olish) yakuni bо‘yicha xо‘jalik Yurituvchi sub’yektlarning byudjet oldidagi majburiyatlari bajarilishini nazorat qilish;
soliq qonunchiligining buzilishiga oid ma’lumotlarni hamda hujjatli va nazorat tekshiruvlari natijasida aniqlangan boshqa faktlarni umumlashtirish va tahlil etish va h.k.
Davlat soliq qо‘mitasining Bosh nazorat-taftish boshqarmasi о‘z zimmasiga Yuklatilgan vazifalarni hal etishi va funksiyalarini bajarishi uchun quyidagi huquqlarga ega:
- Yuridik va jismoniy shaxslardan xо‘jalik Yurituvchi sub’yektlar (soliq tо‘lovchilar) faoliyatiga tyegishli ma’lumot, axborot, ma’lumotnoma, hujjatlar va ularning nusxalarini olish;
- banklar va boshqa kredit-Moliya muassasalaridan xо‘jalik Yurituvchi sub’yektlar (soliq tо‘lovchilar)ning hisob-kitob va boshqa hisobvaraqlarida amalga oshirilgan opyerasiyalari tо‘g’risidagi ma’lumotlarni belgilangan tartibda olish.
Davlat Moliyaviy nazorati bо‘yicha funksiyalarni bank tizimi ham bajaradi. О‘zbekiston Respublikasining «О‘zbekiston Respublikasining Markaziy banki tо‘g’risida» 1995 yil 21 dyekabrdagi qonuniga muvofiq u bank tizimi barqarorligini qо‘llab-quvvatlash, omonatchilar va kreditorlarning manfaatlari himoyalanishini ta’minlash maqsadida bank nazoratini va banklar faoliyatini tartibga solishni amalga oshiradi.
Markaziy bank nazorat funksiyalarini bajarish bо‘yicha о‘z vakolatlarini amalga oshirish Yuzasidan bank opyerasiyalarini amalga oshirish, buxgaltyeriya hisobini Yuritish va bank statistik hisobotini Yuritish, yillik hisobotlarni tuzish uchun banklar tomonidan bajarilishi majburiy bо‘lgan qoidalarni belgilaydi.
Markaziy bankka quyidagi huquqlar berilgan:
banklardan hisobotlar va boshqa hujjatlarni olish va tekshirish, ularning faoliyati, jumladan opyerasiyalari tо‘g’risida axborot, ma’lumotlarni sо‘rash va olish;
olingan axborot, ma’lumotlar bо‘yicha tuShuntirishlar talab qilish;
banklarning ichki auditi bо‘yicha talablar belgilash;
bank aktivlarini sifat bо‘yicha tasnif qilish va aktivlar bо‘yicha kо‘rilishi mumkin bо‘lgan zararlarni qoplash uchun Shunday zaxiralar tuzishni talab qilish;
banklarga ular faoliyatida aniqlangan tartibbuzarliklarni bartaraf etish bо‘yicha bajarilishi majburiy bо‘lgan yozma buyruqlar, kо‘rsatmalar jо‘natish.
Tekshiruvlar Markaziy bank tomonidan belgilanadigan vakolatli vakillari va auditorlar tomonidan о‘tkaziladi.
Davlat Moliyaviy nazoratning ayrim funksiyalarini boshqa organlar ham bajaradi. Bu, xususan, О‘zbekiston Respublikasi Davlat mulk qо‘mitasi huzuridagi Qimmatli qog’ozlar bozori faoliyatini muvofiqlashtirish va nazorat etish markazi9ga taalluqli bо‘lib, uning zimmasiga barcha davlat organlari va xо‘jalik Yurituvchi sub’yektlar tomonidan qimmatli qog’ozlar tо‘g’risidagi qonunchilikka rioya etilishini nazorat qilish vazifasi Yuklatilgan.
4. Nodavlat Moliyaviy nazorat
Bozor iqtisodiyoti asoslarining shakllanishi davlat nazorat organlarining bevosita ishtirokisiz amalga oshiriladigan Moliyaviy nazoratning turlari rolini oshiradi. YUqorida qayd etilgandyek, Moliyaviy nazoratning nodavlat turlarini ichki firmaviy (korporativ) nazorat, tijorat banklar tomonidan mijoz-tashkilotlar ustidan nazorat, auditorlik nazoratlari tashkil qiladi.
Ichki firmaviy Moliyaviy nazorat korxona, muassasa, firma, korporasiyalar о‘zining iqtisodiy xizmatlari, ya’ni buxgaltyeriya, Moliya bо‘limi, Moliyaviy myenyejmyent xizmatlari va boshqalar tomonidan о‘z korxonasi, filiallari va Shu’ba tuzilmalarining Moliyaviy faoliyati ustidan nazorat amalga oshiriladi. Ichki nazorat xizmatlari doimiy ravishda pul mablag’larini (shaxsiy, qarziy, jalb etilgan) ishlatilishining samaradorligi va maqsadga muvofiqligi kuzatadi, Rejalashtirgan Moliyaviy natijalar bilan haqiqiy Moliyaviy natijalar qiyoslab, tahlil qiladi, investision loyihalarning natijalariga Moliyaviy baho beradi, korxonaning Moliyaviy holatini nazorat qiladi.
Ichki nazorat kapitalni investisiyalashtirishning butun jarayonini kuzatib boradi. Ichki nazoratning kо‘rinishlaridan biri bо‘lgan va “post-audit” nomini olgan nazorat biznyes-Rejaning Moliya bо‘limidagi ishlab chiqarish-investisiya faoliyatining har bir bosqichida ryejlashtirilgan Moliyaviy natijani haqiqiy holat bilan taqqoslash, ularni nomuvofiq kelishi sabablarini aniqlash va bartaraf etish, chiqimlarni kamaytirish va Moliyaviy Rejalashtirish myetodlarini yaxshilash yо‘llarini qidirishni anglatadi.
Bank tizimining qayta qurilishi natijasida tijorat banklarining paydo bо‘lishi ahamiyatli darajada Moliyaviy nazorat sohasidagi banklarning funksiyalarini о‘zgartiradi. Agar SSSR Davlat bankining bо‘limlari о‘zlariga biriktirilgan korxonalarning butun Moliyaviy faoliyatini nazorat qilgan bо‘lsa, tijorat banklari esa qonunga muvofiq ravishda davlat tomonidan faqat hisob-kassa opyerasiyalarini Yuritish va valYuta qonunchiligiga rioya etish borasida о‘rnatilgan tartibning mijozlar tomonidan amal qilinishini nazorat qilib borishi kerak. Shu bilan birgalikda likvidlikni qо‘llab-quvvatlashning ob’yektiv zarurligi bankdan potyensial zayom oluvchilarning, ya’ni zayom oluvchi korxonalarning Moliyaviy holati va kredit olishga layoqatliligini baholashni talab qiladi. Ssuda berilgan taqdirda bank о‘rnatilgan muddatlarda tyegishli foizlar bilan birgalikda ssudaning qaytarilish ehtimolini baholash maqsadida berilgan ssudaning ishlatilishini, mijozning tо‘lov qobiliyati va likvidligini nazorat qiladi. Bank tomonidan amalga oshiriladigan bunday nazorat kredit riskini boshqarishning muhim elementi bо‘lib hisoblanadi.
Auditorlik nazorati nodavlat Moliyaviy nazoratining yangi turi bо‘lib, u mustaqillikning dastlabki yillarida О‘zbekistonda ham paydo bо‘ldi. Iqtisodiyotni boshqarishning bozor tizimiga о‘tilishi va turli tijorat tizimlarining paydo bо‘lishi bilan ularning Moliyaviy ishonchliligiga, Shuningdyek ular Moliyaviy holatini ob’yektiv baholashga nisbatan talablar keskin oshirildi.
Auditorlik nazoratining asosiy vazifalari buxgaltyerlik va Moliyaviy hisobotning ishonchliligini hamda amalga oshirilgan Moliyaviy va xо‘jalik opyerasiyalarining amalda bо‘lgan mye’yoriy hujjatlarga muvofiqligini niqlash, tekshirilayotgan iqtisodiy sub’yektlarning tо‘lov-hisobot hujjatlarini, soliq dyeklarasiyalarini va boshqa Moliyaviy majburiyatlarini tekshirishdan iborat.
Auditorlik xizmatlari quyidagi boshqa xizmatlarni ham kо‘rsatishlari mumkin:
buxgaltyeriya hisobini yо‘lga qо‘yish va olib borish;
daromadlar haqida buxgaltyeriya hisobotini va dyeklarasiyani tuzish;
Moliya-xо‘jalik faoliyatini tahlil qilish va bashoratlash;
buxgaltyeriya xizmati xodimlarini о‘qitish va qonunchilik masalalarida maslahat berish;
auditorlik tekshiruvlari natijasida olingan tavsiyalarni ishlab chiqish;
va boshqalar.
Auditorlik tekshiruvi majburiy va tashabbusli bо‘lishi mumkin. Agar tashabbusli tekshiruv iqtisodiy sub’yektning о‘z qarori bо‘yicha amalga oshiriladigan bо‘lsa, majburiy audit uning xohish-irodasi va istagiga bog’liq bо‘lmagan va qonunchilikda belgilangan hollarda majburiy tartibda о‘tkaziladi. Har yili majburiy auditorlik tekshiruvi:
aksiyadorlik jamiyatlari;
banklar va boshqa kredit tashkilotlari; sug’urta tashkilotlari; investision va boshqa jamg’armalar, Yuridik va jismoniy shaxslarning mablag’lari, ularning boshqaruvchi kompaniyalari;
Yuridik va jismoniy shaxslarning ixtiyoriy ajratma mablag’lari ularning asosiy manbalari bо‘lgan xayriya va boshqa ijtimoiy jamg’armalar;
hosil bо‘lish manbalari qonunchilikda nazarda tutilgan, Yuridik va jismoniy shaxslar tomonidan amalga oshiriladigan majburiy ajratmalardan iborat bо‘lgan nobyudjet fondlar, ustav jamg’armasida davlatga tyegishli ulushi bо‘lgan xо‘jalik Yurituvchi sub’yektlarda о‘tkazilishi shart.
Majburiy auditorlik tekshiruvining buYurtmachisi sifatida xо‘jalik Yurituvchi sub’yekt ishtirok etadi. Auditorlik tashkilotini tanlash mulk egasi, xо‘jalik Yurituvchi sub’yekt qatnashchilari (aksiyadorlari) umumiy majlisi bilan kelishiladi. Majburiy auditorlik tekshiruvi о‘tkazilishidan bosh tortish xо‘jalik Yurituvchi sub’yektdan eng kam ish haqining ellik barobari miqdoridagi jarima undirib olinishi hamda uning rahbarining qonunchilikda belgilangan tartibda javobgarlikka tortilishiga sabab bо‘ladi. Jarima tо‘lash xо‘jalik Yurituvchi sub’yektni majburiy auditorlik tekshiruvi о‘tkazilishidan ozod etmaydi.
Auditning asosiy tamoyili uning mustaqilligi bо‘lib, bunda asosan tekshirilayotgan sub’yektning Moliyaviy hisoboti tо‘g’risidagi kasbiy fikrini ifodalashda biror tomonning ta’siri ostida bо‘lishdan uning ozod ekanligini tuShunish lozim. Shu bilan birga, yana Shuni hisobga olish kerakki, audit barcha mamlakatlarda yetarli darajada qattiq tartibga solinadi.
Ayrim davlatlarda (masalan, Fransiyada) bu jarayonga davlat aralashib, u audit mye’yori va normativlarini belgilaydi, auditorlarni va auditorlik firmalarini rо‘yxatdan о‘tkazadi hamda ularning faoliyati ustidan nazorat о‘rnatadi. О‘zbekistonda ham xuddi Shunday ahvol tarkib topgan bо‘lib, bu yerda davlat auditorlik faoliyatini tartibga solishni faol amalga oshiradi. U Moliyaviy qiyinchiliklari iqtisodiyotga ta’sir etishi mumkin bо‘lgan muhim korxonalarni ajratib, ularda audit о‘tkazish majburiy ekanligini belgilaydi, auditorlarga (ma’lumoti, malakasi, imtihonlarni topshirish tartibi, mas’uliyati, javobgarligi va boshqalar bо‘yicha) talablar qо‘yadi.
Auditni davlat tomonidan tartibga solishni tashkil etish qonunchilik va boshqa normativ hujjatlar vositasida amalga oshiriladi. Bunda auditorlar jamoatchilik tashkilotlari tomonidan auditning о‘zini о‘zi boshqarishiga katta imkoniyat beriladi. Qayd etish lozimki, har bir mamlakatda jamoat tashkilotlarining rivojlanishi va ta’siri turlicha amalga oshiriladi. Masalan, AQSH va Angliyada auditorlik faoliyati asosan ixtisoslashtirilgan profyessional jamoat auditorlik tashkilotlari tomonidan tartibga solinadi.
Kо‘pgina mamlakatlarda mustaqil Auditorlar palatalari ishlab turibdi. Ularning asosiy vazifalari auditorlik faoliyati va auditorlar axloq mye’yorlari bо‘yicha standartlarni ishlab chiqish, auditorlar ish-faoliyatining sifatini nazorat qilish, auditorlik faoliyati bо‘yicha bilimlarini attyestasiya qilish va hujjatlar berish hamda auditorlik mye’yorlarini buzgan shaxslarga nisbatan intizomiy jazo choralarini qо‘llash (bu - davlatga xos xususiyat bо‘lmagan mamlakatlarda) kabilardan iboratdir.
Ammo ayrim mamlakatlarda, masalan, SHvyesiyada, garchi Vakolatli auditorlar uYushmasi va Tasdiqlangan auditorlar uYushmasi ishlab turgan bо‘lishiga qaramasdan, umuman auditorlik faoliyatini tartibga solish davlat tomonidan amalga oshirilib, bu bizning Respublikamizga ham xos bо‘lgan xususiyatdir. О‘zbekiston Auditorlar palatasi tuzilish jihatidan davlat organlari bilan о‘zaro birgalikda harakat qiladi. Ammo uning auditorlik faoliyatini tartibga solish bо‘yicha asosiy funksiyalari davlat tomonidan mustahkamlab qо‘yilgan.
О‘zbekiston Respublikasining Auditorlik faoliyati tо‘g’risidagi qonunini amalga oshirish, auditorlik tekshiruvlarining roli va maqomini belgilash, soliq va boshqa nazorat organlari tomonidan auditorlik xulosalari hisobini Yuritishni ta’minlash maqsadida sо‘nggi vaqtlarda bizning mamlakatimizda auditorlik faoliyatini amalga oshirish tartibiga jiddiy о‘zgartirishlar kiritildi10.
Xususan, belgilab qо‘yildiki, buxgaltyeriya hisobini Yuritish va hisobot tuzish ishlari auditorlik tashkiloti tomonidan amalga oshiriladigan mikrofirmalarning Moliyaviy-xо‘jalik faoliyati soliq organlari va boshqa nazorat organlari tomonidan majburiy tarzda tyegishli auditorlik tashkilotlari jalb etilgan holda tekshiriladi. Bunda Moliyaviy hisobotning tо‘g’riligi uchun auditorlik tashkiloti javobgar hisoblanadi.
Tartiblar tо‘g’risida bir nyecha nizomlar tasdiqlangan:
a) soliq va boshqa nazorat organlarining auditorlik xulosalari hisobini Yuritish;
b) majburiy auditorlik tekshiruvlarini о‘tkazishdan bosh tortganligi uchun xо‘jalik Yurituvchi sub’yektlardan jarima undirib olish;
v) auditorlik faoliyatini amalga oshirish uchun auditorlik tashkilotlariga litsenziyalar berish.
Soliq organlari va boshqa nazorat organlarining auditorlik xulosalari hisobini Yuritish tо‘g’risidagi nizom bunday xulosalarning ikki turini belgilab bergan bо‘lib, ulardan har biri muayyan huquqiy oqibatlarga olib kyeladi:
- ijobiy auditorlik xulosasi auditorlik tashkiloti tо‘g’risida xо‘jalik Yurituvchi sub’yektning Moliyaviy hisoboti uning Moliyaviy ahvolini tо‘g’ri aks ettiradi va xо‘jalik Yurituvchi sub’yekt tomonidan amalga oshirilgan Moliyaviy va xо‘jalik opyerasiyalari О‘zbekiston Respublikasi qonunchilik hujjatlariga muvofiq kyeladi, degan fikrlar mavjud bо‘lgan hujjatdir.
- salbiy auditorlik xulosasi xо‘jalik Yurituvchi sub’yektning Moliyaviy hisobotida tartibbuzarliklar mavjud bо‘lib, Moliyaviy hisobotdan foydalanuvchini yanglishishga olib kelishi mumkin bо‘lganligi tо‘g’risidagi fikr bildirilgan auditorlik tashkiloti hujjatidir.
Xо‘jalik Yurituvchi sub’yektda oldingi ikki yil uchun ijobiy yillik auditorlik xulosasi mavjud bо‘lishi uni xо‘jalik Yurituvchi sub’yektlar rо‘yxatiga kiritish uchun zarur shartlardan biri hisoblanib, ularning Moliyaviy-xо‘jalik faoliyatini soliq va boshqa nazorat organlari tomonidan tekshirish sо‘nggi tekshiruv о‘tkazilganidan kyeyin 24 oy о‘tmasidan oldin о‘tkazilishi mumkin emas. Salbiy auditorlik xulosasiga ega bо‘lgan xо‘jalik Yurituvchi sub’yekt xо‘jalik Yurituvchi sub’yektlarning nazorat organlari tomonidan belgilangan tartibda о‘tkaziladigan tekshiruv Reja-jadvaliga kiritilishi kerak.
Soliq va boshqa nazorat organlari tomonidan belgilangan tartibda о‘tkaziladigan tekshiruv auditorlik xulosasi xо‘jalik Yurituvchi sub’yekt Moliyaviy-xо‘jalik faoliyati natijalariga muvofiq kyelmasligini aniqlagan holda, ushbu auditorlik xulosasi shak-Shubhasiz soxta dyeb hisoblanadi va auditorlik tashkiloti, Shuningdyek bunda aybdor bо‘lgan shaxslar qonunchilikda nazarda tutilgan javobgarlikka tortiladi. Bunda soliq va boshqa nazorat organlari о‘n kunlik muddat ichida О‘zbekiston Respublikasi Moliya vazirligiga tyegishli auditorlik tashkiloti tomonidan amaldagi qonunchilik mye’yorlari buzilganligi aniqlanganligi tо‘g’risida xabar berishi shart.
Auditorlik tashkiloti, Shuningdyek shak-Shubhasiz soxta auditorlik xulosalarini tuzishda aybdor bо‘lgan shaxslarni javobgarlikka tortish xо‘jalik Yurituvchi sub’yektni soliqlar va boshqa majburiy tо‘lovlarni tо‘lash bо‘yicha belgilangan tartibni buzganligi uchun qonunchilikda nazarda tutilgan jazo choralaridan ozod qilmaydi.
Majburiy auditorlik tekshiruvlarini о‘tkazishdan bosh tortganligi uchun xо‘jalik Yurituvchi sub’yektlardan jarima undirib olish tartibi tо‘g’risida nizom qonunchilikka muvofiq majburiy auditorlik tekshiruvi о‘tkazilishi lozim bо‘lgan xо‘jalik Yurituvchi sub’yektlarga nisbatan amal qiladi.
Jarima solish uchun xо‘jalik Yurituvchi sub’yektning majburiy auditorlik tekshiruvlarini о‘tkazishdan bosh tortishi asos bо‘ladi. Bunda yillik Moliyaviy hisobotning auditorlik tekshiruvini hisobot yilidan kyeyingi yilning 1 mayiga qadar о‘tkazilishi hamda auditorlik xulosasining yо‘qligi qoidabuzarlik fakti dyeb topiladi.
Majburiy auditorlik tekshiruvi о‘tkazilishi lozim bо‘lgan xо‘jalik Yurituvchi sub’yekt о‘zining yillik Moliyaviy yil uchun auditorlik tekshiruvini hisobot yilining 1 mayiga qadar о‘tkazadi va auditorlik tekshiruvi о‘tkazilganidan kyeyin 15 kunlik muddat ichida tyegishli soliq organiga auditorlik xulosasining belgilangan tartibda tasdiqlangan nusxasini taqdim etadi.
Auditorlik xulosasining nusxasi belgilangan muddatda soliq organiga topshirilmagan holda, xо‘jalik Yurituvchi sub’yekt ushbu organga yozma ravishda auditorlik xulosasi yо‘qligi sababini aks ettiruvchi tuShuntirishni taqdim etishi shart.
Majburiy auditorlik tekshiruvi о‘tkazilishidan bosh tortilganligi sababli auditorlik xulosasi yо‘q bо‘lgan taqdirda, soliq organi xо‘jalik Yurituvchi sub’yektga belgilangan tartibda jarima soladi.
Boshqa nazorat organi tomonidan majburiy auditorlik tekshiruvini о‘tkazmagan xо‘jalik Yurituvchi sub’yektga nisbatan soliq organi tomonidan jarima solish chorasi qо‘llanilmaganligi aniqlangan taqdirda, tyegishli soliq organining mansabdor shaxslari qonunchilikda belgilangan tartibda javobgar hisoblanadi.
Auditorlik faoliyati (auditorlik tashkilotlarining profyessional xizmatlaridan tashqari) yangi qonunchilik bо‘yicha auditorlik tyeshiruvini о‘tkazish uchun faqat maxsus ruxsatnoma (litsenziya) mavjud bо‘lgan taqdirdagina amalga oshirilishi mumkin. Auditorlik faoliyatini litsenziyalash auditorlik tashkilotlariga auditorlik faoliyatini amalga oshirish uchun litsenziyalar berish tartibi tо‘g’risidagi Nizomga muvofiq ravishda olib boriladi.
Auditorlik faoliyatini litsenziyalash О‘zbekiston Respublikasi Moliya vazirligi (litsenziyalovchi organ) tomonidan amalga oshiriladi.
7-mavzu: Moliya nazariyalari
Reja:
1. Xorijiy iqtisodchilarning Moliyaga oid nazariyalari
2. Rossiyalik iqtisodchilarning Moliyaviy nazariyalari
1. Xorijiy iqtisodchilarning Moliyaga oid nazariyalari
Jamiyat taraqqiyotining turli bosqichlarida markazlashtirilgan va markazlashtirilmagan pul fondlarining shakllantirilishi, taqsimlanishi va foydalanilishiga oid iqtisodiy munosabatlarni о‘rgangan Moliya fani iqtisodchi-olimlar tomonidan amalga oshirilgan tadqiqotlar ta’sirida shakllandi. Ular tomonidan yaratilgan Moliyaviy nazariyalar jamiyatning haqiqiy ehtiyojlari tomonidan tekshirildi hamda agar ular davlat va aholi uchun amaliy tavsiyalarga ega bо‘lgan va hodisalarning haqiqiy mohiyatini о‘zida aks ettirgan bо‘lsa, fan sifatida e’tirof etildi. Shu munosabab bilan Moliya sohasida ilmiy bilimlarni shakllantirishga yordam beradigan Moliyaning turli nazariyalarini о‘rganish muhim ahamiyat kasb etadi.
Iqtisodchi-olimlar tomonidan Moliyaga oid ishlab chiqilgan nazariy qarashlar Moliyaviy qonunchilik va davlat fiskal siyosatining asosida yotadi.
Xorijiy iqtisodchilar Moliyaga oid nazariyalarining birinchi guruhi siyosiy iqtisod mumtozlarining konsepsiyalari bilan izohlanadi. Kapitalistik taraqqiyotning dastlabki bosqichidayoq barcha iqtisodiy nazariyalarda Moliyaviy konsepsiyalar alohida о‘ringa ega bо‘lgan. Davlat xarajatlari, soliqlar, kredit va byudjetning iqtisodiyotga ta’siri masalalari siyosiy iqtisod klassiklari (BuYuk Britaniyada – U.Pyetti, A.Smit va D.Rikardo, Fransiyada – P.Baugilber) tomonidan tadqiq qilingan.
Moliya fanining asoschisi A.Smit (1723-1790 yillar) о‘zining “Xalqlar boyligining tabiati va sabablari tо‘g’risida tadqiqot” dyeb nomlangan fundamyental asarida davlat Moliyasining mohiyati tо‘g’risida ayrim g’oyalarni ishlab chiqdiki, ular mehnatning unumli va unumsizligi tо‘g’risidagi ta’limotga (bu ta’limot A.Smitniki) asoslangan edi. Uning aniqlashicha, bevosita kapitalga almashtiriladigan mehnat unumli, unumsiz mehnat esa daromadga, ya’ni ish haqi va foydaga almashtiriladigan mehnatdir. Ana Shu nazariy qarashlardan kelib chiqqa holda A.Smit (va undan sо‘ng D.Rikardo) Moliyaviy kategoriyalarga (davlatning daromadlari va xarajatlariga) tavsifnoma bergan. U soliqlar hisobidan olingan davlat daromadlari barchasining yoki dyeyarli barchasining unumsiz sarflanishini isbotlagan. Shuning uchun ham davlat xarajatlari kapitalning jamg’arilishi va milliy daromadning о‘sishi imkoniyatlarini qisqartiradi. Ana Shundan uning soliqlarga nisbatan salbiy munosabati kelib chiqqan. A.Smit yaratilgan qiymatni unumsiz sarflaydigan va Shu munosabat bilan ishlab chiqarish kuchlarining rivojlanishiga tо‘siq bо‘luvchi davlatning xarajatlarini qisqartirish kerak, degan xulosaga kyeladi.
A.Smit davlat xarajatlari siyosatini tanqid qilgan bо‘lsa-da, ular ma’lum bir qismi bо‘lishining zarurligini e’tirof etgan. CHunki ana Shu qism ishlab chiqarishning umumiy shart-sharoitlarini himoya qilishga qaratilgan bо‘ladi. Uning nazariyasida soliqlar nazariyasiga katta о‘rin berilgan. U soliqqa tortishni maqsadga muvofiq ravishda tashkil qilishning quyidagi tо‘rt asosiy prinsiplarini ifodalagan:
soliqlar ularni tо‘lovchilarning salohiyatiga va kuchiga muvofiq tо‘lanishi kerak;
soliqlarning miqdori va ularni tо‘lash muddatlari aniq belgilangan bо‘lmog’i lozim;
soliqlarni undirilish vaqti soliq tо‘lovchi uchun qulay bо‘lmog’i zarur;
soliqlarni undirishda ularni undirish xarajatlarining minimalligini ta’minlamoq kerak.
Tarixiy jihatdan bu prinsiplar tug’ilib kyelayotgan burjuaziyaning ehtiyojlarini aks ettirgan va fyeodal jamiyatning asosiy sosial guruhlari bо‘lgan bо‘lgan zadagonlar hamda ruhoniylarga, fyeodal davlatning soliqlar bо‘yicha boshboshdoqligiga qarshi yо‘naltirilgan (qaratilgan) edi. A.Smit tomonidan ishlab chiqilgan Yuqoridagi prinsiplar, tо‘liq bо‘lmasa-da, burjua davlatlari tomonidan soliq islohotlarini о‘tkazishda foydalanilgan.
Soliqlarning turli kо‘rinishlarini (egri (bilvosita) soliqlar, ish haqi hisobidan undiriladigan soliqlar va boshqalar) tahlil qila turib, A.Smit jamiyatning iqtisodiy taraqqiyoti nuqtai-nazaridan ularga baho bergan. Istye’mol tovarlariga nisbatan о‘rnatilgan egri (bilvosita) soliqlar ular bahosining oshishiga olib kyelgan. Buning natijasida ishlab chiqarish xarajatlari о‘sgan va oxir-oqibatda esa, ularni sotish kamaygan va istye’mol qilish qisqargan. Ish haqidan olinadigan soliqni baholab, u bu soliqni iqtisodiyot uchun xonavayronlik kyeltiruvchi dyeb hisoblagan. CHunki ishchi daromadining soliqqa tortilishi tadbirkor avanslashtirilgan kapitalining oshishiga yoki bozor talabiga salbiy ta’sir kо‘rsatuvchi ishchi kuchi sotib olish qobiliyatining pasayishiga olib kyeladi.
Shunday qilib, A.Smitning soliq konsepsiyasi yagona maqsadga – kapitalning jamg’arilishini rag’batlantirish va ishlab chiqarish kuchlarining rivojlanishini tyezlashtirishga qaratilgan edi.
Asosan, xuddi Shunday qarashlarni D.Rikardo (1772-1823 yillar) ham о‘zining “Siyosiy iqtisod va soliqqa tortishning boshlanishi” asarida himoya qilgan. Mehnatning qiymat nazariyasidan kelib chiqqan holda u barcha soliqlar sо‘zsiz ravishda yo kapitalga, yoki daromadga ta’sir kо‘rsatadi, dyeb hisoblagan. Agar soliqlar kapitaldan undirilsa, unumli mehnatni saqlashga mо‘ljallangan fond qisqaradi. Soliqlar daromaddan olinganda esa, kapitalning jamg’arilishi qisqaradi yoki soliq tо‘lovchining istye’moli kamayadi. Birinchi ehtiyoj pryedmyetlaridan olinadigan soliqlar ular bahosining о‘sishiga sabab bо‘lib, ular istye’mol qiladigan tovarlarning miqdoriga nisbatan Yuqoriroq bо‘lgan proporsiyalarda istye’molchining gardaniga Yuklanadi. D.Rikardoning fikricha, tovarlar va ish haqidan undiriladigan har qanday soliqlar, bir xil darajada bо‘lmasa-da, ish haqining oshishiga va foydaning kamayishiga olib kyeladi.
YUqorida bayon qilinganlarni inobatga olgan holda u “soliqlar buYuk zulmdir”, degan xulosaga kyelgan. Soliqqa tortishning о‘sishi yoki hukumat xarajatlarining ortishi bilan xalqning istye’moli pasayadi va bu narsa, oxir oqibatda, ishlab chiqarishda о‘z aksini topadi. Shuning uchun ham hukumatning vazifasi kapitalning jamg’arilishini rag’batlantirishdir. Mamlakatning kyelgusi ishlab chiqarishini qisqartirmaslik uchun hukumat foydani soliqqa tortmasligi kerak.
Klassik burjua siyosiy iqtisodi (A.Smit, D.Rikardo va ularning izdoshlari) davlat xarajatlari va soliqlarga nisbatan rasmiy iqtisodiy siyosatning konsepsiyasini, kо‘p jihatdan, aniqlab bergan edi. XUSH asrning oxiri va X1X asrning boshlarida ilg’or mamlakatlarning Moliyaviy siyosati, yangi sinf – burjuaziyaning manfaatlarini ifoda etib, mamlakatning xо‘jalik hayotiga davlatning aralashmasligi prinsipini e’lon qilga edi. Buning oqibatida davlat xarajatlari va foydani soliqqa tortish biroz qisqardi.
X1X asrda ishlab chiqarishning Yuqori sur’atlarda rivojlanishi mehnat va kapital о‘rtasidagi ziddiyatlarning keskinlaShuviga olib kyeldi. Xuddi Shu davrning о‘zida turli sosial guruhlarning manfaatlarini hisobga olgan holda о‘z siyosatini о‘zgartirishga hukumatni chaqiruvchi iqtisodchilarning tovushlari eshitila boshlandi.
Ingliz olimi J.S.Mill (1806-1873 yillar) mamlakatda sosial keskinlaShuvni Yumshatish maqsadida daromadlarni taqsimlash sohasida о‘zgartirishlar kiritish taklifi bilan maydonga chiqdi. Boylikni nisbatan tekisroq (tyengroq) taqsimlash uchun u tomonidan oqilona soliq tizimining yangi prinsiplari ishlab chiqildi. Hayot kyechirish uchun zarur sanalgan daromadga tyeng bо‘lgan daromadlarni soliqqa tortishda soliqqa tortilmaydigan minimumni joriy etish g’oyasi aynan unga tyegishlidir.
J.S.Mill “xizmatlarning soliq nazariyasi”ni ishlab chiqdiki, unga muvofiq ravishda har bir shaxs davlatdan olinadigan qо‘llab-quvvatlashlar uchun о‘z daromadlarining bir qismini davlatga berishi kerak. U soliqlar va davlat xarajatlari о‘rtasida bog’liqlikni о‘rnatib, soliqlarni davlat xarajatlari bilan uzviy ravishda bog’lagan.
Bu holatlar kyeyinroq shvyed iqtisodchilari K.Viksyel va E.Lindal tomonidan yanada rivojlantirildi. Bizning davrimizda esa bu nazariya amyerikalik iqtisodchi-olim P.Samuelson qarashlarining shakllanishiga о‘z ta’sirini kо‘rsatdi va u soliqlarning о‘sishi davlat xizmatlariga bо‘lgan ehtiyojning о‘sishi bilan kuzatilishi kerak, dyeb hisobladi.
SHvyeysariyalik iqtisodchi J.Sismondi (1773-1842 yillar) rivojlangan davlatlarning Moliyaviy siyosatini tanqid qilib, mayda tovar xо‘jaliklarini himoya qilgan. Uning chiqishlari, asosan, proteksionizm siyosatiga (masalan, donni import qilish bо‘yicha ingliz Yuqori bojxona bojlari) qarshi qaratilgan bо‘lib, bunday siyosatni u millatga ziyon yetkazuvchi siyosat dyeb hisobladi. Ishlab chiqarish kuchlarining rivojlanishi uchun tyegishli sharoitni yaratish borasidagi proteksionizm siyosatining ijobiy tomonlarini kо‘ra olmasdan, mamlakat iqtisodiyotida uzluksiz ravishda katta rol о‘ynab borayotgan о‘sib boruvchi yirik kapitalning ahamiyatini u yetarlicha baholay olmadi.
YAngi tarixiy maktab konsepsiyalari. 1870-yillarda yangi tarixiy maktab paydo bо‘ldiki, uning boshlanishi nyemis olimlarining (G.SHmollyer, M.Vyeber, A.Vagnyer va boshqalar) nomlari bilan bog’liq. Davlat Moliyasini tadqiq qilish bilan kо‘proq A.Vagnyer Shug’ullanib, u davlatning yordami bilan kapitalni jamg’arishning о‘z yechimini taklif etdi. Davlat faoliyatining (ma’muriy, sosial-madaniy va investision) hajmini (kо‘lamini) kengaytirish nuqtai-nazaridan muammoni hal etishga yondoshib, u soliqqa tortishning tо‘qqiz prinsipini ishlab chiqdi va ularni quyidagi guruhlarga birlashtirdi:
yetarlilik va harakatchanlik;
kerak bо‘ladigan manba va ob’yektni tanlash;
eng umumiylik va tyenglik;
aniqlik, qulaylik, arzonlik.
Mohiyat jihatidan u A.Smitning ma’lum va mashhur prinsiplarini tо‘ldirdi. Klassik burjua siyosiy iqtisodidan sо‘ng A.Vagnyer mamlakatda boylik va daromadlarni adolatli taqsimlashga erishish uchun davlat Moliyadan foydalanishi mumkin dyeb hisobladi.
Moliyaviy muammolar – markschilar asarlarida. X1X asrning о‘rtalaridan uning oxirigacha Moliya fani marksistik ta’limotning ta’siri ostida bо‘ldi. Kapitalizm sharoitida Moliyaning mohiyati, ayrim Moliyaviy kategoriyalarning roli va ahamiyati K.Marks (1813-1883 yillar) va F.Engyels (1820-1895 yillar) tomonidan ishlab chiqildi. Albatta, davlat Moliyasi masalalariga bag’ishlangan maxsus katta ishlar ularda bо‘lmasa-da, Shunday bо‘lishiga qaramasdan kapitalizmning juda kо‘p Moliyaviy muammolari ularning qator asosiy asarlarida, jumladan “Siyosiy iqtisod tanqidi”, “Kapital” nomli asarlarida va X1X asrning о‘rtalaridagi ingliz byudjetlari, 1840-yillardagi pruss va fransuz byudjetlarining tavsifiga bag’ishlangan kо‘psonli maqolalarida о‘z aksini topdi. K.Marks monopolistik kapitalizmgacha bо‘lgan davrdagi davlat byudjetlarining sinfiy xarakterini, davlat xarajatlarining unumsiz, xalqqa qarshi xarakterini ochib berdi va davlat qarzlarining soliqlar bilan bog’langanligini kо‘rsatdi.
Kapitalning dastlabki jamg’arilish myetodlarini tadqiq qilib, ularning safiga birinchi navbatda, Moliyaviy myetodlar sifatida davlat xarajatlari, davlat krediti va soliq tizimini kiritdi. Uning fikricha, aynan ana Shu myetodlar kapital jamg’arilishining Yuqori sur’atlarda о‘sishini ta’minladi, kapitalistik ishlab chiqarishning shiddatli rivojlanishi uchun moddiy shart-sharoitlarni yaratdi.
K.Marks va F.Engyels eng muhim Moliyaviy kategoriya hisoblangan soliqlarga jiddiy e’tibor berishdi. Ularning mohiyatini о‘rganib, soliqlar barcha mehnatkashlar uchun qо‘shimcha ekspluatasiya qilishning quroli ekanligini doimiy ravishda ta’kidlab kyeldilar. Soliqqa tortishni baholashda K.Marks tо‘g’ridan-tо‘g’ri (bevosita) soliqlarga va eng avvalo, daromad solig’iga ustuvorlik bilan ahamiyat berdi va soliqqa tortish progressiv shakllarining himoyachisi sifatida maydonga chiqdi. Eng og’ir bо‘lgan egri (bilvosita) soliqlarni u “kekirtakdan oladigan” progressiv soliqlar dyeb atadi.
Davlat byudjetining mohiyatini tahlil qilib, u byudjetning asosiy masalasi byudjet daromadlari va xarajatlari о‘rtasidagi nisbat, ya’ni byudjetning qoldig’i (profisiti yoki defisiti) masalasidir, dyeb e’tirof etdi. Aynan ana Shu qoldiq soliqqa tortishning qisqarishi yoki kengayishini aniqlab beradi.
Biroq Moliyaviy siyosat (davlat xarajatlari va proteksionizm) ta’siri ostida amalga oshiriladigan kapital jamg’arilishining oshib borishi bilan ishchilar sinfining ahvoli og’irlashib boradi, degan K.Marksning tasdig’i e’tirozga muhtojdir. U foyda, foiz, ryenta va ish haqi о‘rtasidagi nisbatning davlat va uning Moliyasi yordamida о‘zgartilishi imkoniyatini (mumkinligini) inkor etgan edi. Ortiqcha ishlab chiqarishning siklik tanazzullari tahlilida davlatning iqtisodiy va Shu jumladan, Moliyaviy siyosati yordamida ularning kuchsizlanishi mumkinligiga yо‘l qо‘ymadi.
X1X asrning oxiri va XX asrning boshlari foydalilikning cheklanganligi nazariyasining tarqalganligi bilan xarakterlanadi. Bu nazariya marksistik ta’limotga qarshi ryeaksiya (aks ta’sir) sifatida maydonga kyelgan edi. Bu nazariya Moliya sohasiga ham tyegib о‘tdi. Uning vakillari, о‘z baholashlaridagi katta farqlarning mavjud bо‘lishiga qaramasdan, mehnatning qiymat nazariyasiga qarshi chiqdilar va uni sotib oluvchilarning xohish-istaklari (ustuvorlik berishlari) yordamida aniqlanadigan baholar tahlili bilan almashtirdilar. Muhim Moliyaviy kategoriyalar bо‘lgan davlat xarajatlari va soliqlar ular tomonidan davlat va xususiy shaxslar о‘rtasidagi kо‘psonli individual bitimlar sifatida talqin qilindi. Bir vaqtning о‘zida, ularning fikricha, davlat xizmatlarining cheklangan foydaliligi soliqlarning cheklangan foydaliligi bilan hamnafas bо‘lmog’i lozim edi.
Birinchi jahon urushiga qadar iqtisodiy fan, asosan, tadbirkorlik erkinligi prinsipiga tayangan holda, davlat va uning Moliyasini mamlakat iqtisodiyotiga aralaShuviga nisbatan qarshi turdi. Ishlab chiqarish va taqsimlashni davlat tomonidan tartibga solish faqat Birinchi jahon urushi yillaridanoq amalga oshirila boshlandi. Jahon iqtisodiy tanazzuli yillariga (1929-1933 yillar) kelib bu jarayon yanada kuchaydi.
J.M.Kyeyns nazariyasi. Ingliz iqtisodchisi J.M.Kyeynsning (1883-1946 yillar) iqtisodiy nazariyasi davlat tomonidan tartibga solishda kapitalistik ishlab chiqarishning ehtiyoji sifatida vujudga kyeldi hamda u Moliyaviy konsepsiyani shakllantirishga va Moliyaviy siyosatni ishlab chiqishga juda katta ta’sir kо‘rsatdi. Kyeynscha tavsiyalar, uning turli xildagi modifikasiyalari bilan birgalikda, uzoq yillar davomida turli davlatlarning amaliyotida foydalanildi. J.M.Kyeyns Moliyaviy konsepsiyasining asosida “samarali talab” g’oyasi yotadi.
Iqtisodiyot 1929-1933 yillardagi og’ir siklik tanazzulni boshdan kyechirayotgan bir paytda J.M.Kyeyns о‘zining nazariyasini “Bandlik, foiz va pulning umumiy nazariyasi” nomli asarida (1936 yil) bayon etib, maydonga chiqdi. Unda nobarqaror rivojlanish sharoitida davlat iqtisodiyotga aralaShuvining zarurligi asoslab berildi. Moliyaviy kategoriyalar va birinchi navbatda, davlat xarajatlari ana Shunday aralaShuvning instrumyentlari hisoblanishi kerak. Ularning shakllanishi, tarkibiy tuzilmasi va о‘sishi “samarali talab”ga erishishning muhim omillari bо‘lmog’i lozim. Soliqlar va qarzlar hisobidan davlat xarajatlarining о‘sishi tadbirkorlik faoliyatini jonlantirishi va milliy daromadning kо‘payishini ta’minlashi hamda ishsizlikka barham berishi mumkin. Bu maqsadga erishi uchun, muallifning fikricha, davlat faqat о‘z xarajatlarining darajasini oshiribgina qolmasdan, balki shaxsiy va investision istye’molga ham о‘z ta’sirini kо‘rsatishi kerak.
J.M.Kyeyns soliqlar va ularning asosiy “psixologik qonun”ga ta’siri masalalariga alohida ahamiyat bergan. Ana Shu “qonun”ga muvofiq, insonlar о‘z istye’mollarini oshirib borishga moyildir. Lekin bu moyillik ular daromadlarining oshganchalik darajasida emas. Bu narsa, о‘z navbatida, tovarlarga bо‘lgan talabning pasayib kyetishiga va ishlab chiqarishning qisqarishiga olib kyeladi. Davlat ana Shunday “qonun”ning paydo bо‘lishiga tо‘sqinlik qilishi hamda soliq tuShumlari, qarzlar hisobidan о‘z xarajatlarini oshirish yoki turli myetodlar orqali xususiy investisiyalarni rag’batlantirish yо‘li bilan yetmayotgan talabni tо‘ldirishi kerak. Uning formulasi quyidagicha:
J + S = I + Dx,
Bu yerda: J – jamg’armalar;
S – soliqlar;
I - investisiyalar;
Dx – davlat xarajatlari.
Shunday qilib, J.M.Kyeyns ishlab chiqarishning monopollaShuvi sharoitida iqtisodiyotni tartibga solishga yо‘naltirilgan va prinsial jihatdan yangi bо‘lgan Moliya nazariyasini ishlab chiqqan. 1970-yillarga qadar sanoati taraqqiy etgan kо‘pgina mamlakatlar Moliyaviy siyosatining asosini tartibga solish kyeynscha nazariyaning boshlang’ich holatlari (nuqtalari) tashkil etdi.
Nyeokyeynschilar nazariyalari. J.M.Kyeynsning izdoshlari о‘tgan asrning 50-60-yillarida uning nazariyasiga dinamik elementni joriy etdilarki, bu narsa ularga iqtisodiy о‘sish nazariyasini yaratishga imkon berdi. Bu nazariyada kо‘pgina mamlakatlarning iqtisodchilari (AQSHdan – A.Xansyen, S.Xarris; BuYu Britaniyadan – R.Xarrod, A.Ilyersik, A.Pikok; Fransiyadan – F.Pyerru; Gyermaniyadan – F.Nyeymark va boshqalar) tomonidan ishlab chiqilgan Moliyaviy konsepsiya muhim о‘rinni egallaydi. Ular fiskal antisiklik nazariyaning yaratilishini nihoyasiga yetkazdilar. Bu nazariyaning mohiyati balanslashtirilgan iqtisodiy taraqqiyot maqsadlari uchun davlat daromadlari va xarajatlaridagi о‘zgarishlarga borib taqaladi.
Nyeokyeynschilar samarali talabga erishishning usuli sifatida “dyefisitli Moliyalashtirish” g’oyasini himoya qildilar. Ular davlat qarzlarining о‘sishini inobatga olmagan (davlat qarzlarini о‘sishi bilan hisoblashmagan) holda davlat katta xarajatlarining zarurligini isbotlab berdilar. Biroq xronik xarakter kasb etgan katta miqdordagi byudjet dyefisitlari iqtisodchi-olimlarning ma’lum bir guruhini, Shu jumladan Stokgolm maktabi vakillarini (E.Lindal, G.MYurdal va boshqalar), byudjetga oid muammoni yangicha hal etishga majbur etdi. Bu maktab vakillari “byudjetni siklik balanslashtirish”, ya’ni byudjet daromadlari va xarajatlarini iqtisodiy siklga moslashtirish nazariyasini taklif etdilar. Bu nazariyaga muvofiq iqtisodiy tanazzul paytida vujudga kyelgan byudjet defisitini davlat iqtisodiy о‘sish (kо‘tarilish) davridagi ortiqchalar hisobidan qoplashi kerak. Ana Shu tavsiyanomalarga rioya etgan holda bir nyecha kapitalistik mamlakatlarning hukumatlari siklik tartibga solishning maxsus pul fondlarini yaratdilar. Bu pul fondlarining mablag’lari iqtisodiyotning о‘sishi (kо‘tarilishi) davrida tо‘ldirilgan va ishlab chiqarishning iqtisodiy qisqarishi davrlarida esa ulardan foydalanilgan.
Xо‘jalikni rag’batlantirish va uni tartibga solish uchun davlat byudjetidan faolroq foydalanish borasidagi nyeokyeynschilarning talablari “tizilgan byudjet stabilizatorlari” nazariyasida о‘z aksini yanada yaqqolroq topdi. Bu nazariyaning asosida “soliq stabilizatorlari” tо‘g’risidagi kyeynscha qarashlar yotgan edi. J.M.Kyeynsning fikricha, “soliq stabilizatorlari” siklik tyebranishlarni tartibga solib, ularni biroz Yumshatib va ularda ma’lum bir о‘zgaruvchanlikni ta’minlab, avtomatik tarzda amal qilishi kerak edi. Nyeokyeynschilar uni “boshqariluvchan stabilizatorlar” bilan, ya’ni yangi iqtisodiy sharoitlarga muvofiq ravishda davlatning doimo о‘zgarib turadigan soliq tadbirlari bilan tо‘ldiradilar.
Yangi mumtoz nazariyalar. Ikkinchi Jahon urushidan kyeyingi yillarda yangikyeynschilarning nazariyalari bilan bir qatorda davlat tomonidan tartibga solishni cheklash orqali erkin tadbirkorlik g’oyalarini targ’ib qiluvchi yangi mumtoz nazariyalar ham jonlandi. YAngi mumtoz maktabning nazariyotchilari (AQSHda R.Slou, J.Kyenrik; BuYuk Britaniyada – A.Robbins, J.Mid) iqtisodiyotga davlatning aralashmasligi asosiy prinsipini himoya qilib, bir vaqtning о‘zida maorif va fanga sarf qilinadigan xarajatlar salmog’ini oshirish orqali ularning tarkibiy tuzilmasini о‘zgartirib, davlat xarajatlari umumiy hajmining qisqartirilishini yoqlab chiqdilar. Shuningdyek, “inson kapitaliga investisiyalar”ga alohida e’tibor qaratildi. Bir vaqtning о‘zida, soliqlarning darajasini pasaytirish taklif etildi va dyefisitsiz byudjetga erishilishi talab qilindi.
Takror ishlab chiqarish sharoitlarining yomonlaShuvi va inflyasion tyendyensiyalarning (oqimlarning) kuchayishi bilan iqtisodiy qiyinchiliklar uchun javobgarlik Yuklatilgan kyeynschilik va yangi kyeynschilik qoidalarini tanqid qilish ham kuchaya bordi. Ana Shunday murakkab iqtisodiy vaziyatda yangi mumtoz maktabdan “taklif iqtisodiyoti” nazariyasini ishlab chiquvchi yangi konsyervativ yо‘nalish (AQSHda – G.Styeyn, M.Ueydyenbaum; BuYuk Britaniyada – J.Xau, A.Uoltyers) ajralib chiqdi. Bu yо‘nalishning Moliyaviy konsepsiyasi iqtisodiy о‘sishning jamg’armalar va jamg’arma bilan belgilanishiga asoslanadi. Davlat soliq tizimi orqali mamlakatda investisiyalarning yetarliligini ta’minlash uchun jamg’armalarni shakllantirishda yetarli shart-sharoitlarni yaratishi kerak. Davlat va uning Moliya tizimiga ilmiy-texnika taraqqiyotini rag’batlantirish vazifasi Yuklatildi. Moliyaga iqtisodiy о‘sishni uzoq muddatli rag’batlantirishni ta’minlash biriktirildi. Umumiy tarzda, bu jarayonlarda davlatning roli minimallashtirildi. Bu nazariya mualliflarining ayrimlari davlatga “kyechgi qorovul va polisiyachi” funksiyalarini berish bilan cheklanishni taklif etdi.
Boshqa nazariyalar bilan bir qatorda “taklif iqtisodiyoti” nazariyasida soliqlarga faxriy о‘rin ajratilgan. Uning vakillari - soliqlarni qisqartirish tarafdori. Biroq, soliqlarni antisiklik kon’Yunkturaviy tartibga solishning vositasi sifatida qaragan kyeynschilardan farqli о‘laroq, ular jamg’armalar va investisiyalarning Yuqori darajasini qо‘llab-quvvatlash uchun soliq undirmalarining darajasini pasaytirishni talab etdilar.
Amyerikalik iqtisodchi A.Leffyerning soliq konsepsiyasi ham keng mashhurlik kasb etdi. U grafik modyel asosida soliqlarning Yuqori stavkalari iqtisodiy о‘sishning sur’atlarini pasaytiradi, degan xulosaga kyeldi. Bu olimning tavsiyalari 1980-1990-yillarda dunyoning kо‘pgina mamlakatlarida amalga oshirilgan soliq islohotlarining nyegizini (asosini) tashkil qildi.
Postkyeynschilar nazariyalari. Yangi mumtoz maktab vakillari nazariyalarining ma’lum darajada rivojlangan bо‘lishiga qaramasdan kyeynschilar ta’limoti yangi sharoitlarga muvofiq rivojlanishda davom etmoqda. 1970-yillarda postkyeynschilar yо‘nalishi shakllandiki, uning yirik namoyandalari qatoriga AQSHda X.Minskiy, R.Klauer, BuYuk Britaniyada – N.Kaldor, G.SHekl va boshqalarni kiritish mumkin. Bu yо‘nalish ham yangi kyeynschilarning va ham yangi maktab vakillarining asosiy qoidalarini tanqid ostiga oldi. Postkyeynschilar nazariyasining asosini hamon Moliya mexanizmi yordamida davlat aralaShuvini kengaytirish g’oyasi yotmoqda. Moliyaviy siyosat asosiy siyosatga aylanmog’i va u monopoliyalar faoliyatini cheklashga hamda harbiy xarajatlarni qisqartirishga yо‘naltirilgan bо‘lmog’i lozim. “Daromadlar siyosati”da ular sosial islohotlarni amalga oshirish va sosial muammolarni hal etish tarafdorlari sifatida maydonga chiqmoqdalar. Ularning fikricha, eng yaxshi soliqqa tortish myetodi bu xarajatlarni soliqqa tortishdir. Ingliz tadqiqotchisi N.Kaldor daromad solig’ini istye’mol solig’i bilan almashtirish g’oyasini rivojlantiradi. U istye’mol solig’ini shaxsiy xarajatlarni qondirishga sarflanadigan daromadlarning bir qismini soliqqa tortish sifatida talqin qiladi. Uning nazarida, bu chora jamg’arishni rag’batlantirishi va inflyasiyaning darajasini pasaytirishi mumkin.
N.Kaldorning fikri G’arb olimlari tomonidan keng qо‘llab-quvvatlanildi. Ular ham soliq tizimini xarajatlardan olinadigan yagona soliqqacha soddalashtirish tarafdori bо‘lib, fuqarolarning faqat istye’mol xarajatlari soliqqa tortilishi kerak.
XX Yuz yillikning oxiri va XX1 Yuz yillikning boshlarida iqtisod ilmi, yaxlit holda bozor tizimini, biznyes qonunlarini, iqtisodiyotning har qanday sohasidagi amaliy faoliyatni afzal kо‘rmoqda. Bir vaqtning о‘zida esa, amyerikalik mashhur olimlar K.R.Makkonnyell va S.L.BrYular о‘zlarining “Ekonomiks. Prinsiplar, muammolar, siyosat” asarida yozganlaridyek, moddiy ehtiyojlar cheklanmagan, resurslar esa (kapital, yer, mehnat, tadbirkorlik qobiliyati va boshqalar) aksincha, cheklangandir. Shuning uchun ham iqtisodiyot taraqqiyotining turli davrlarida uning darajasi turlicha bо‘lishiga qaramasdan iqtisodiy jarayonlarni tartibga solish doimiy ravishda talab qilinadi. YUqoridagi har ikkala muallif taklifga yо‘naltirilgan fiskal siyosatni qо‘llab-quvvatlaydilar. Fiskal siyosat esa jami talabga va soliqlarni о‘zgartirish orqali esa taklifga ham ta’sir kо‘rsatadi. Byudjetdan transfyert tо‘lovlari va soliq tizimi, bu olimlar fikricha, turli iqtisodiy vaziyatlarda talab qilingan muvozanatni ta’minlashi mumkin.
Xorijiy mamlakatlarning zamonaviy Moliya fanida, turli maktablar о‘rtasida doimiy ravishda munozaralar va farqlanuvchi fikrlar bо‘lishiga qaramasdan, konvyergensiya jarayoni kuzatilmoqda. Masalan, kyeynschilar nazariyasida qarashlar yangi mumtoz maktab vakillarining qarashlariga va yangi mumtoz nazariyalar esa kyeynschilar nazariyalaridagi qarashlarga kirib bormoqda. Bu, eng avvalo, barcha nazariyalarda mavjud bо‘lgan Moliya-kredit-pul mexanizmiga tyegishlidir. Barcha nazariyalar mamlakatning xо‘jalik hayotiga ta’sir kо‘rsatish uchun bu instrumyentlarni tadqiq etish zarur ekanligini bir ovozdan tan oladilar, sо‘zsiz e’tirof etadilar. Holbuki, bunday ta’sir choralari, ulardan foydalanish instrumyentlari va vaqtlari bir-biriga mos tushmasligi mumkin.
Xorijiy mualliflar Moliyaviy konsepsiyalarining tahlili quyidagi yakuniy xulosalarni chiqarishga imkon beradi:
Moliya sohasidagi qarashlar tizimi umumiqtisodiy nazariyaning ma’lum bir qismi hisoblanadi, ular Moliya fanini boyitadi va rivojlantiradi;
Moliyaviy konsepsiyalarning vujudga kelishi mamlakat makro- va mikroiqtisodiyotining talablariga javob ryeaksiyasidir yoki ma’lum hukmron sosial guruhlar buYurtmasining bajarilishidir (ijro etilishidir);
xorijiy olimlarning progressiv Moliyaviy g’oyalari iqtisodiy о‘sishning yetarli Yuqori darajasini ta’minlab, insonning turli-tuman ehtiyojlarini qondirishda jamiyatga yordam beradi.
2. Rossiyalik iqtisodchilarning Moliyaviy nazariyalari
Rossiyada Moliya fani mustaqil voqyelik sifatida X1X asrning boshlarida shakllana boshladi. Shu davrda Moliya sohasiga oid birinchi yirik ishlar paydo bо‘ldi. Rus Moliya fanining boshlanishiga N.I.Tyergenyevning “Soliqlar nazariyalari tajribasi” asari (bu asar 1818 yilda nashr etilgan) asos soldi. Unda Rossiyada ilk marta soliqlarning о‘ziga xos xususiyatlari, ularning davlat xо‘jaligi va mamlakatning butun iqtisodiyoti uchun ahamiyati о‘rganildi.
Oktyabr davlat tо‘ntarilishiga qadar olimlarning ishlarida Moliya masalalari. Rossiya Moliya fanining gullab-yashnashi X1X asrning oxiri va XX asrning boshlariga tо‘g’ri kelib, bu davrda rossiyalik iqtisodchilar va Yuristlardan I.YAnjul, I.Ozyerov, I.Kulishyer, L.Xodskiy, V.Lyebyedyev, S.Ilovayskiy va boshqalarning eng mashhur asarlari e’lon qilindi.
Rossiyalik iqtisodchi-olimlar Moliya fanining ham nazariy va ham amaliy masalalarini ishlab chiqishdi. Nazariyada ular pragmatik yondoShuvning vakillari hisoblanib, “jamoa ehtiyojlarini qondirish” nazariyasining tarafdorlari edilar. Bu narsa I.Ozyerovning “Moliya fani asoslari” dyeb nomlangan darsligida yaqqol namoyon bо‘lgan edi.
Davlat Moliyasini tadqiq qilish Shu davrdagi olimlarning ishlarida asosiy о‘rinni egallagan edi. Ta’kidlash joizki, bu davrda e’lon qilingan ishlarda xususiy xо‘jalik Moliyasi tо‘g’risida masalalar, hatto biror marta ham, esga olinmagan. Bir vaqtning о‘zida, davlat daromadlariga oid masalalar: daromadlar tizimi, turli davlatlarda ularning rivojlanishi, soliqlarni byudjetga undirish shakllari va tartiblari, Shu jarayonlar ustidan davlat tomonidan amalga oshirilgan nazorat, byudjet defisitini qoplash manbalari, davlat kreditining rivojlanishi kabilar yetarli darajada tо‘liq tadqiq qilingan.
Oktyabr davlat tо‘ntarilishiga qadar Moliyachilar tomonidan о‘rganilgan masalalarning boshqa bir yо‘nalishi byudjet va mahalliy byudjetlar bilan bog’langan. Ularda markaziy byudjet vamahalliy byudjetlarning tuzilish masalalari va byudjet jarayoniga tyegishli bо‘lgan boshqa masalalar kо‘rib chiqilgan.
Sosial-dyemokratik oqimda Moliya masalalari. Shu davrning о‘zida iqtisodiyot fanida sosial-dyemokratik oqim rivojlanib, u K. Marks va F. Engyelsning rossiyalik izdoshlari tomonidan taqdim etilgan edi. Barcha sosial-dyemokratlar uchun umumiy narsa, bu Moliyaviy hayot voqyeliklarini tadqiq etishda Yuzaki yondoshish bо‘lib, nazariy ishlanmalarning hokimiyat uchun siyosiy kurashning bir daqiqalik ehtiyojlariga bо‘ysundirilganligi bilan xarakterlanadi. Bu oqimning yaqqol namoyandasi V.I.Lyenin (1870-1924 yillar) edi.
Oktyabr davlat tо‘ntarilishiga qadar yozilgan V.I.Lyenin ishlarining asosiy mazmuni Rossiya Moliya siyosatini tanqid qilishdan iborat bо‘lgan. Kо‘psonli maqolalari va о‘zining chiqishlarida u byudjetning daromadlar va xarajatlar tizimini tanqidiy kо‘rib chiqqan, egri (bilvosita) soliqlarning sosial tavsifini ochib bergan va Oktyabr davlat tо‘ntarilishi arafasida davlat Moliyaviy ahvolining ayanchli ekanligini kо‘rsatgan.
1917 yilda V.I.Lyenin tomonidan bolshivyeklar partiyasining iqtisodiy platformasi ishlab chiqiladi va u RSDRP (b)ning U1 s’yezdida qabul qilinadi. Unda pul, Moliya va kredit masalalariga kо‘p e’tibor qaratilgan edi. Xususan, bu iqtisodiy platformaga muvofiq bank ishining milliylashtirilishi va markazlashtirilishi, sug’urta ishining milliylashtirilishi, qog’oz pullarni chiqarishning tо‘xtatilishi, ichki va tashqi qarzlarni tо‘lashdan voz kyechish, Yuqori mulkiy soliq va mulkning о‘sishiga solinadigan soliqni joriy etish, daromad solig’ini isloh etish va kapitalistlarning daromadlari ustidan haqiqiy nazoratni о‘rnatish, zyebi-ziynat buYumlariga (pryedmyetlariga) Yuqori egri (bilvosita) soliqlarni joriy etish orqali soliq tizimini о‘zgartirish kо‘zda tutilgan edi. Amalda ana Shu tadbirlarning barchasi, pul muomalasini barqarorlashtirish va soliq tizimini isloh qilishdan tashqari, Oktyabr davlat tо‘ntarilishini amalga oshirish jarayonida va undan kyeyingi dastlabki yillarda sodir etildi.
Bularning barchasi Oktyabr davlat tо‘ntarilishining dastlabki davrlarida Moliyaviy masalalarni о‘rganish undan oldingi davrning iqtisodchilari (I. YAnjul, I. Ozyerov, L. Xodskiy) va ularning izdoshlari (YA. Torgulov, I. Kulishyer, F. Myenkov) asarlariga asoslanishiga olib kyeldi. Moliya fanining bunday ahvoli 1920-yillarning о‘rtalarigacha davom etdi.
Sovyet Moliya fani. Iqtisodiyot va Moliyani boshqarishning diryektiv myetodlariga о‘tilishi munosabati bilan Moliya xususidagi ilmiy tasavvurlarni unifikasiya qilish va tartibga kyeltirish, ularni sinfiy kurashga bо‘ysundirish zaruriyati paydo bо‘ldi. SSSR Moliyasi tо‘g’risidagi fanning yaratilishi buning natijasi bо‘lib, unda sovyetlar Moliyasining kapitalistik davlatlar Moliyasidan ustunligi kо‘rsatildi. Bu fanning oyoqqa turish davri nisbatan uzoq vaqtni talab etib, 1920-yillarning oxiridan 1950-yillarning boshigacha davom etdi.
Birinchi davrda (1926-1931 yillar), asosan, birinchi byesh yillik Rejaning bajarilishi jarayonida vujudga kyelgan Moliyaning xususiy masalalari ishlab chiqildi. Bir vaqtning о‘zida, Moliyaning sosialistik amaliyotdagi yangi voqyeliklarini umumlashtirishga ham harakat qilindi. Bunday ishlar qatoriga D. Kuzovkov, G. Tiktina, A. Bukovyeskiylarning ishlarini va ayniqsa, muallifning о‘zi tomonidan “markscha darslik” dyeb e’tirof etilgan D. Bogolyepovning “Moliya fanining qisqacha kursi” darsligini kо‘rsatish mumkin.
Sosialistik atamalardan, sо‘z va iboralardan keng foydalangan bо‘lishiga qaramasdan D. Bogolyepov Moliyasining mazmuni “jamoa ehtiyojlarini qondirish” nazariyasidan kelib chiqadiki, uning tarafdorlari, Yuqorida qayd etilganidyek, Oktyabr davlat tо‘ntarilishigacha bо‘lgan rossiyalik iqtisodchilar edi. Bularning hammasi Moliya nazariyasining biror-bir ishlanmasi rasmiy jihatdan e’tirof etilmasligiga va qо‘llab-quvvatlanmasligiga olib kyeldi. Bu о‘sha davr SSSR tarixiy taraqqiyoti uchun asosiy narsaga aylangan edi.
Sovyet Moliya fani taraqqiyotining ikkinchi davri (1931-1956 yillar) Moliyaning pryedmyetiga nisbatan yagona qarashlarning shakllanganligi bilan xarakterlanadi. О‘zining kо‘psonli ishlarida Moliyaning nazariy asoslarini: Moliyaning mohiyati, funksiyalari va ijtimoiy takror ishlab chiqrishdagi roli, milliy daromadni taqsimlashda Moliyaning о‘rni, Moliya tizimining tarkibi va boshqa Shunga о‘xshash bir qancha masalalarni ishlab chiqqan V. D’yachyenko bu davrning klassikiga aylandi. U birinchi bо‘lib Moliyaga markscha ta’rif berdi. Berilgan ta’rif quyidagicha edi: “Daromadlar va jamg’armalarni Rejali taqsimlash orqali davlatning funksiyalari va vazifalariga muvofiq ravishda uning markazlashtirilgan va markazlashtirilmagan pul fondlarini shakllantirish va ulardan foydalanishni ta’minlaydigan pul munosabatlari tizimiga sosialistik davlatning Moliyasi deyiladi”11 (tarjima - mualliflarniki).
V.D’yachyenkoning asarlari birinchi rasmiy darsliklar hisoblangan “SSSR Moliyasi” (1933 yil) va “SSSR Moliyasi va krediti” (1940 yil) darsliklari uchun asos bо‘lib xizmat qildi. V.D’yachyenkoning Moliya nazariyasiga oid konsyentrasiyalashtirilgan qarashlari uning “Sovyetlar Moliyasining mohiyati va funksiyalari tо‘g’risidagi masalalarga doir” asarida aks ettirilgan.
Bu davrda Moliya fanining amaliy masalalarini tadqiq qilish, asosan, ikki yо‘nalishda amalga oshirildi: 1) Moliya kategoriyalarining taraqqiyot tarixini о‘rganish. Bunga K.Plotnikovning byudjet tarixiga bag’ishlangan, A.Zvyeryev va N.Voznyesyenskiylarning Ulug’ Vatan urushi davrida Moliyaning rivojlanishini yoritgan kitoblarini kо‘rsatish mumkin; 2) Moliyaviy amaliyotni yoritib bergan ishlar. Bular, asosan, yozma bayon etish xarakteriga ega bо‘lib, Moliyaviy ta’lim tizimida faol foydalanilgan.
Iqtisodiy nazariyada qotib qolgan voqyeliklarga barham berilishi sovyet Moliya fanida ham yakkafikr hukmronligiga yakun yasadi. 1950-yillarning oxiri va 1970-yillarning boshlarini о‘z ichiga olgan davrda Moliya nazariyasiga bag’ishlangan iqtisodchi-olimlarning kо‘psonli ishlari paydo bо‘ldi. Ularning orasida A.Alyeksandrovning “Sosializm Moliyasi” (1965 yil), A.Birmanning “Sovyet Moliya nazariyasining ochyerklari” (1968, 1972 va 1975 yillardagi uch nashri), E.Voznyesyenskiyning “Sosialistik Moliya nazariyasining munozarali masalalari” (1969 yil), G.Tochilnikovning “Sosialistik Moliya” (1974 yil) kabi asarlari alohida о‘ringa ega. Shu davrning о‘zida “SSSR Moliyasi” va “SSSR Moliya va krediti” о‘quv fanlari bо‘yicha bir nyecha darsliklar va о‘quv qо‘llanmalari nashrdan chiqadiki, ularning orasidan M.SHyermyenyov tahriri ostida 1977 yilda e’lon qilingan “SSSR Moliyasi” darsligini alohida qayd etish lozim.
Moliya nazariyasi masalalari bо‘yicha munozaralarning mohiyati kengaytirilgan takror ishlab chiqarish tizimida Moliyaning о‘rnini aniqlashga borib taqaladi. K.Marksning siyosiy iqtisod yagona nazariyasiga tayangan holda turli konsepsiyalarning mualliflari ikki guruhga bо‘linadi. Birinchi guruh mualliflarining fikricha, Moliyaning о‘rni - bu faqat noekvivalyent xarakterga ega bо‘lgan pul mablag’larini taqsimlash tizimidir. Ana Shundan kelib chiqqan holda, Moliya faqat bilvosita va taqsimlash orqali moddiy boyliklarni ishlab chiqarish, almaShuv va istye’mol munosabatlariga о‘z ta’sirini kо‘rsatadi. Bu guruhga kiruvchi iqtisodchi-olimlarning yorqin namoyondalari V.D’yachyenko, G.Tochilnikov va M.SHyermyenyov edilar.
E.Voznyesyenskiy, A.Alyeksandrov, A.Birman va boshqalardan iborat bо‘lgan iqtisodchi-olimlarning ikkinchi guruhi bu masalaga nisbatan boshqacha qarashga ega bо‘lgan. Bu guruhga kiruvchi olimlarning fikricha, Moliyaviy munosabatlarning mohiyatini takror ishlab chiqarishning barcha tо‘rt bosqichi yoki uning bir nyecha bosqichi belgilab beradi. Bunday yondoShuv Moliyaning kengaytirilgan konsepsiyasidan darak beradi.
Moliya nazariy konsepsiyasi asosidagi ana Shunday farqlardan kelib chiqqan holda iqtisodchi-olimlarning Moliyaviy munosabatlarning о‘ziga xos xususiyatlari, Moliyaning funksiyalari, Moliyaning chyegaralari, Moliya tizimining tarkibi va boshqa Shunga о‘xshash bir nyecha xususiy masalalarga nisbatan qarashlari ham turlicha bо‘lgan.
Moliya nazariyasining rivojlanishi bilan bir vaqtning о‘zida 1950-yillarning oxiri va 1960-yillarning boshlarida prinsipial jihatdan yangi kо‘rinishga ega bо‘lgan amaliy Moliyaviy tadqiqotlar ham paydo bо‘ldi. Agar 1930- va 1950-yillarning boshlarigacha amaliyotda Moliyaviy munosabatlarni tashkil etish masalalariga bag’ishlangan ishlar, asosan, mavjud holatni yozma bayon etish yoki maqtash xarakteriga ega bо‘lsa, 1960-yillarda boshlangan xо‘jalik islohotidan kyeyin tanqidiy xarakterga ega bо‘lgan va alohida Moliyaviy instrumyentlarni takomillashtirish bо‘yicha ishlanmalarga ega muhim ishlar e’lon qilina boshlandi. Bunga misol qilib, birinchi navbatda, A.Birmanning kitoblarini kо‘rsatish mumkin. Uning kitoblarida ilk marta korxonalar Moliyasining masalalari yetarli darajada Yuqori bо‘lgan tartibda qо‘yilgan edi. Shuningdyek, uning asarlarida birinchi marta xо‘jalik hisobi sharoitida Moliyaviy kategoriyalardan foydalanish masalalari ishlab chiqildiki, ular muallif talqinida sosializm sharoitida bozor xо‘jaligining elementlariga ega edi.
Shu davrda Moliyaviy resurslar va korxonalar Moliyasini boshqarishning mazmuni birinchi marta о‘rganishga kirishildi. A.Birmanning ishlari 1960-1980-yillardagi iqtisodchi- olimlarning (P.Bunich, G.Bazarova, V.Syenchagov, S.Sitaryan, M.Romanovskiy, V.Kolyesnikov, P.Jyevtyak, D.Molyakov va boshqalar) ishlarida korxonalar Moliyasini tadqiq etishda, о‘ziga xos, turtki bо‘ldi.
Byudjet sohasining muammolarini tadqiq etish bu davrda ikki yо‘nalish asosida amalga oshirildi: 1) byudjet daromadlari va xarajatlarining rivojlanishi; 2) mahalliy byudjetlarni tashkil etish. Biroq, Shu davrlarda byudjet masalalarini komplyeks tadqiq etishni Moliya fanida hukmronlik qilgan ma’lumotlarning yetarli emasligi va g’oyaviy qotib qolishlarning mavjudligi ancha murakkablashtirgan edi. Bu davrdagi davlat byudjetiga bag’ishlangan yirik izlanishlar qatoriga G.Rabinovich, S.Sitaryan, YA.Liberman, V.Rodionova va L.Pavlovalarning ishlarini kо‘rsatish mumkin.
Sug’urta ishiga nisbatan davlat monopoliyasining mavjudligi sug’urta masalalarini о‘rganishga о‘zining keskin salbiy ta’sir kо‘rsatdi. Bu sohadagi nazariy tadqiqotlar K.Marksning sug’urta fondlarining zarurligi, mazmuni va roli tо‘g’risidagi tasavvurlarini intyerpryetasiya qilishga bag’ishlangan bо‘lib, yetarli darajada ilmiy yangiliklarga ega emas edi. Shu davr sug’urtasining nazariyasi va amaliyotini umumlashtirgan L.Motilyev, L.Ryeytman va YE.Kolomin, X.SHyennayevlarning ishlari, birmuncha, diqqatga sazovordir.
Shu davrlarda xorijiy mamlakatlarning Moliyaviy munosabatlarini tahlil va tanqid qilish masalalariga ham katta e’tibor qaratilgan edi. Shu munosabat bilan, bir tomondan, kapitalizm Moliyasining rivojlanishiga bag’ishlangan ishlarni (B.Boldiryev, L.Drobozina, L.Pavlova, L.Okunyeva va boshqalarning asarlarini) alohida ajratib kо‘rsatish maqsadga muvofiq bо‘lsa, ikkinchi tomondan, sosialistik mamlakatlarda Moliyaviy instrumyentlarning rivojlanish tyendyensiyalari va о‘ziga xos xususiyatlarini tadqiq etishga bag’ishlangan ishlar (D.Butakov, YU.Kashin va boshqalarning asarlari) ham diqqatga sazovor bо‘lganligini e’tirof etish zarur.
Moliya fanining hozirgi holatiga (ahvoliga) tavsifnoma bera turib, qayd etish kerakki, bu sohaga bag’ishlangan chuqur nazariy va amaliy ishlar hozirgi sharoitda mavjud emas. Ayrim mualliflarning ishlari myetodologik va myetodik xarakterga emas, balki mavjud narsani oddiy tarzda bayon etish xarakteriga ega. Boshqa bir mualliflar mavjud bо‘lgan qarashlar va instrumyentlarni hozir sharoitga moslashtirish bilan band. Uchinchi guruhga kiruvchi mualliflar esa xorijlik mualliflar ishlarini kompilyativ tarzda bayon qilish bilan ovora. Bularning barchasi quyidagi bir nyecha holatlarning mavjudligi bilan izohlanadi:
marksistik siyosiy iqtisodni tadqiq etishning yagona nazariy asosi g’oyib bо‘ldi. Eski yо‘nalishlar bо‘yicha munozaralarni о‘tkazish о‘z dolzarbligini yо‘qotdi;
bozor iqtisodiyoti voqyeliklarini о‘rganishning zamonaviy myetodologiyasini qо‘llashda kо‘plab iqtisodchilarning tayyor emasligi va barqaror Moliyaviy ma’lumotlarning yо‘qligi natijasida Moliyaning amaliy masalalarini tadqiq etish murakkablashgan;
Moliya sohasida fundamyental va amaliy tadqiqotlarni rivojlantirish uchun barqaror qonunchilik asos mavjud emas.
Do'stlaringiz bilan baham: |