7. Daromadlarni aniqlash myetodiga kо‘ra:
Ayrim hollarda qimmatli qog’ozlar bо‘yicha qat’iy stavkalar foizlarni tо‘lash borasida davlat xarajatlari о‘sishining sabablari bо‘lishi, boshqa bir hollarda esa ular foiz darajasining oshishini kutib о‘tirgan investorlarni qо‘rqitib Yuborishi mumkin.
Byudjet defisitini qoplash uchun qarzlarni nisbatan Yuqoriroq darajada bо‘lgan foiz stavkalarida joylashtirishga tо‘g’ri kyeladi. Qarz muddati, odatda, 20-30 yilni tashkil etayotgan qarz davri davomida о‘zining qarziy majburiyatlari bо‘yicha ana Shunday foizni о‘rnatib, davlat soliq tо‘lovchilarning zimmasiga qо‘shimcha xarajatlarni Yuklaydi. Amaliyotda bunday vaziyatdan chiqib kyetishning ikki varianti mavjud:
1) pul mablag’lariga bо‘lgan ehtiyojni qisqa yoki uzoq muddatli qarzlarni va uzoq muddatli qarzlarni (foiz stakasi pasayib kyetgan paytda) chiqarish. Biroq bu holda qarz oluvchi yana bitta qarzni chiqarish, joylashtirish va uni qaytarish (uzish) bilan bog’liq bо‘lgan qо‘shimcha xarajatlarni amalga oshirishga majbur bо‘ladi. Bundan tashqari, foiz stavkasining oshishini (kо‘tarilishini) kutib, investorlar ikkinchi chiqarilgan qarzga nisbatan о‘z qiziqishlarini namoyon qilmaslik ehtimoli ham bu yerda bor;
2) qimmatli qog’ozlar bо‘yicha tо‘lanadigan foizlarni sistyematik (uzluksiz) ravishda qayta kо‘rib borish. Bu holda Yuqorida kyeltirilgan barcha muammolar hal qilinadi. Hisob-kitob bazasi (asosi) sifatida, odatda, mamlakatdagi banklararo kreditlar bо‘yicha foiz stavkasidan foydalaniladi. Biroq bunday qarzlar о‘zining juda katta kamchiligiga ega, ya’ni qarzdor о‘z xarajatlarini Rejalashtirish imkoniyaga ega bо‘lmaydi.
8. Qarz chiqarilgan paytda belgilangan (о‘rnatilgan) qarzni qaytarish muddatlariga qat’iy rioya qilish bо‘yicha qarzdorning majburiyatlariga muvofiq:
muddatidan oldin qaytarish huquqiga ega bо‘lgan majburiyatlar;
muddatidan oldin qaytarish huquqiga ega bо‘lmagan majburiyatlar.
Moliyaviy bozorda keskin о‘zgarishlar sodir bо‘lgan paytda qarziy majburiyatlarni muddatidan oldin qaytarish (uzish) masalasi alohida dolzarblik kasb etadi. Masalan, qarz oluvchi yillik qat’iy daromadli 12%li obligasiyalar chiqargan va bir yildan sо‘ng foiz stavkasi pasayib, 6%ga tyeng bо‘lgan bо‘lsin. Bunday vaziyatda qarzdor (qarz oluvchi) keskin Yuqotishlarga, investor esa aksincha, katta Yutuqlarga ega bо‘ladi. Agar obligasiyalar muddatidan oldin qaytarish huquqiga ega bо‘lgan holda chiqarilgan bо‘lsa, yangi qarzni chiqarish va ularni joylashtirish hamda eski qarzni qaytarib (uzib) investor о‘z Yuqotmalarini kamaytirishi mumkin.
Qarzlarni qaytarishning (uzishning) ikki usuli bо‘lishi mumkin:
bir vaqtning о‘zida;
qismlarga bо‘lib (qisman-qisman).
Agar qarzlar qismlarga bо‘linib qaytarilayotgan bо‘lsa, qaytarish muddatlari bо‘yicha qarz summalarining taqsimlanishga kо‘ra quyidagi uch variant bо‘lishi mumkin:
1) aniqlangan davr, masalan, 4 yil ichida tyeng qismlarga bо‘lib qaytarish. Bu holda, masalan, qarzning summasi 10 mln. sо‘m bо‘lgan bо‘lsa, har yili 2,5 mln. sо‘mdan qaytariladi;
2) oshib boriladigan salmoqlarda (hissalarda, qismlarda). Masalan, birinchi yil 1 mln. sо‘m, ikkinchi yilda – 2 mln. sо‘m, uchinchi yilda – 3 mln. sо‘m va tо‘rtinchi yilda – 4 mln. sо‘m. Qarzdorning daromadlari yildan-yilga о‘sib (oshib) borayotgan paytda bu tizim juda qulay hisoblanadi. Masalan, boshqa sharoitlar tyeng bо‘lgan taqdirda, ishbilarmonlik faolligining oshishi natijasida soliq tuShumlari о‘sishi kо‘zda tutiladi yoki qurilishiga qarziy mablag’lar jalb qilingan ob’yekt, syekin-astalik bilan о‘z quvvatiga ega bо‘la borib, yidan-yilga kattaroq summadagi foydani kyeltira boshlaydi;
3) pasayib boradigan salmoqlarda (hissalarda, qismlarda). Masalan, birinchi yilda – 4 mln. sо‘m, ikkinchi yilda – 3 mln. sо‘m, uchinchi yilda – 2 mln. sо‘m va h.k. Bunday tizim qarzdor daromadlarining pasayishi yoki xarajatlarining ortishi kutilayotgan paytda afzalliklarga ega va ustuvor ahamiyat kasb etadi.
Do'stlaringiz bilan baham: |