ОКОЗ:
1.07.00.00.00 Молия ва кредит тўғрисидаги қонунчилик. Банк фаолияти / 07.21.00.00 Банк фаолияти / 07.21.19.00 Банклар ва банк фаолиятига оид қонун ҳужжатларини бузганлик учун жавобгарлик]
53-modda. Markaziy bank qo’llaydigan choralar va sanktsiyalar
Banklar va ularning filiallari iqtisodiy normativlarni belgilovchi banklarga oid qonun hujjatlarini buzgan taqdirda, Markaziy bank ustav kapitalining eng kam miqdoridan 0,1 foizgacha jarima undirish yoxud ayrim operatsiyalarni o’tkazishni olti oygacha bo’lgan muddatga cheklab qo’yish huquqiga ega.
Agar yo’l qo’yilgan tartib buzilishlar yoki bank o’tkazayotgan operatsiyalar omonatchilar va kreditorlarning manfaatlariga aniq xavf tug’dirgan bo’lsa, Markaziy bank:
banklardan ustav kapitali eng kam miqdorining bir foizidan oshmagan summada jarima undirishga;
Oldingi tahrirga qarang.
bankdan bankni moliyaviy sog’lomlashtirish, shu jumladan aktivlar tuzilmasini o’zgartirish, bank xarajatlarini kamaytirish va aktsiyadorlarga dividendlar to’lashni to’xtatish tadbirlarini ko’rishni, bank yoki uning filiali rahbarlarini, shu jumladan bank kengashi rahbarlari va a’zolarini almashtirishni, bankni qayta tashkil etishni, filialni tugatishni talab qilishga;
(53-modda ikkinchi qismining uchinchi xatboshisi O’zbekiston Respublikasining 2002 yil 13 dekabrdagi 447-II-son Qonuni tahririda — Oliy Majlis Axborotnomasi, 2003 y., 1-son, 8-modda)
bank uchun iqtisodiy normativlarni olti oylik muddatgacha o’zgartirishga;
bankning ayrim bank operatsiyalarini amalga oshirishini bir yilgacha bo’lgan muddatga, shuningdek filiallar ochishni ham shuncha muddatga taqiqlab qo’yishga;
bankni moliyaviy sog’lomlashtirish yoki Markaziy bank ko’rsatmalarini bajarish uchun zarur bo’lgan davrda mansabdor shaxslar va aktsiyadorlar ega bo’lgan barcha vakolatlarni vasiyga berib, bankka vasiylik qilish tartibini belgilash to’g’risida qaror qabul qilishga;
LexUZ sharhi
Tijorat banklarga vasiylik qilish shartlari, asoslari va tartibi «Banklarga vasiylik qilish to’g’risida»gi Nizom (ro’yxat raqami 570, 19.12.1998 y.) bilan belgilangan.
bank operatsiyalarini amalga oshirish huquqini beruvchi litsenziyani qaytarib olishga haqlidir.
Bank filiallari to’lovlarni o’z vaqtida o’tkazmagan va ularning vakillik hisobvaraqlari qoniqarsiz ahvolda bo’lgan hollarda Markaziy bank bank filiali ushbu harakat natijasida olgan daromadini qat’iy tartibda undirib oladi, shuningdek shunday miqdorda jarima soladi.
Oldingi tahrirga qarang.
Jinoiy faoliyatdan olingan daromadlarni legallashtirishga va terrorizmni moliyalashtirishga qarshi kurashish to’g’risidagi qonun hujjatlari banklar, mikrokredit tashkilotlari va lombardlar tomonidan buzilganligi aniqlangan taqdirda, Markaziy bank ularga nisbatan qonun hujjatlariga muvofiq choralar hamda sanktsiyalar qo’llashga haqli.
(53-moddaning to’rtinchi qismi O’zbekiston Respublikasining 2012 yil 29 dekabrdagi O’RQ-345-sonli Qonuni tahririda — O’R QHT, 2013 y., 1-son, 1-modda)
Oldingi tahrirga qarang.
Mikrokredit tashkilotlari, ularning filiallari, shuningdek lombardlar tomonidan mikrokredit tashkilotlari va lombardlar to’g’risidagi qonun hujjatlari talablari, belgilangan iqtisodiy normativlar buzilgan taqdirda, Markaziy bank:
mikrokredit tashkilotidan ustav fondining belgilangan eng kam miqdoridan bir foizgacha jarima undirishga;
lombarddan belgilangan eng kam ish haqining ellik baravarigacha miqdorda jarima undirishga haqlidir.
Banklarga, mikrokredit tashkilotlariga, lombardlarga va kredit byurolariga, shuningdek qimmatli qog’ozlar blankalari ishlab chiqaruvchilarga nisbatan choralar hamda sanktsiyalar qo’llash tartibi qonun hujjatlarida belgilanadi.
(53-moddaning beshinchi qismi O’zbekiston Respublikasining 2012 yil 29 dekabrdagi O’RQ-345-sonli Qonuniga asosan beshinchi va oltinchi qismlar bilan almashtirilgan — O’R QHT, 2013 y., 1-son, 1-modda)
Oldingi tahrirga qarang.
Do'stlaringiz bilan baham: |