Молия / Банклар ва бошқа кредит муассасалари. Кредитлар]


Молия ва кредит тўғрисидаги қонунчилик. Банк фаолияти / 07.21.00.00 Банк фаолияти / 07.21.18.00 Банк томонидан тартибга солиш ва назорат] 29



Download 86,46 Kb.
bet6/10
Sana01.01.2022
Hajmi86,46 Kb.
#293233
1   2   3   4   5   6   7   8   9   10
Bog'liq
216 I son-25.04.1996-y-uz

1.07.00.00.00 Молия ва кредит тўғрисидаги қонунчилик. Банк фаолияти / 07.21.00.00 Банк фаолияти / 07.21.18.00 Банк томонидан тартибга солиш ва назорат]

291-modda. Banklarning moliya-xo’jalik faoliyatini amalga oshirmayotgan korxonalar bank hisobvaraqlari bo’yicha axborot taqdim etish majburiyati

Korxonalar olti oy mobaynida (savdo va savdo-vositachilik korxonalari esa uch oy mobaynida) bank hisobvaraqlari bo’yicha pul operatsiyalarini o’tkazish bilan bog’liq moliya-xo’jalik faoliyatini amalga oshirmagan hollarda, dehqon va fermer xo’jaliklari bundan mustasno, banklar bunday korxonalar to’g’risidagi axborotni ular hisobga olingan joydagi davlat soliq xizmati organiga tegishli choralar ko’rish uchun taqdim etishlari shart.

Bank hisobvaraqlari bo’yicha operatsiyalarni to’xtatib qo’yish to’g’risida sud qarori mavjud bo’lgan taqdirda, korxonalarning yopilayotgan hisobvaraqlaridagi mablag’lar qoldiqlari bank tomonidan foydalanish huquqisiz maxsus hisobvaraqlarga kiritib qo’yiladi, korxonaning to’lanishi uchun bankka taqdim etilgan kreditorlik qarzi esa, ko’zda tutilmagan holatlarning alohida hisobvarag’iga o’tkaziladi.

(291-moddasining nomi, birinchi va ikkinchi qismlari O’zbekiston Respublikasining 2006 yil 10 oktyabrdagi O’RQ-59-sonli Qonuni tahririda — O’R QHT, 2006 y., 41-son, 405-modda)

Korxonalarning bank hisobvaraqlari yopilgandan keyin ularning nomiga kelib tushayotgan mablag’lar foydalanish huquqisiz maxsus hisobvaraqlarga kiritib qo’yiladi.

Foydalanish huquqisiz maxsus hisobvaraqlarda jamlangan mablag’lar banklar tomonidan birinchi navbatda korxonalarning byudjet va byudjetdan tashqari fondlar oldidagi qarzlarini qoplash uchun, qolgan summa esa ularning kreditorlik qarzini to’lovlarning kalendar navbati bo’yicha qoplash uchun yo’llanadi.

Korxonalarni tugatish bo’yicha maxsus komissiya korxona faoliyatini davom ettirishning maqsadga muvofiqligi to’g’risida qaror qabul qilingan yoki belgilangan tartibda tugatish komissiyasi tayinlangan paytdan e’tiboran bu korxonaning hisobvaraqlari tasarrufi tegishincha korxonaning o’ziga yoki tugatish komissiyasiga o’tadi.

(291-modda O’zbekiston Respublikasining 1999 yil 20 avgustdagi 832-I-son Qonuniga muvofiq kiritilgan — Oliy Majlis Axborotnomasi, 1999 y., 9-son, 229-modda)

30-modda. Bank operatsiyalariga doir hujjatlar

Banklar hujjatlarni Markaziy bank belgilagan tartibda va muddatda o’z arxivlarida saqlashlari shart.

 LexUZ sharhi

Qarang: Tijorat banklari faoliyatida vujudga keladigan hujjatlarni saqlash muddatlari ro’yxatini qo’llash bo’yicha ko’rsatmalar (ro’yxat № 951, 26.07.2000 y.).

31-modda. Banklar va mijozlar o’rtasidagi munosabatlar

Banklar va ularning mijozlari o’rtasidagi munosabatlar shartnomalar asosida amalga oshiriladi.



Oldingi tahrirga qarang.

Mijozlar qonun hujjatlarida belgilangan tartibda o’zlari tanlagan bitta yoki bir necha bankda milliy valyutada va chet el valyutasida talab qilib olguncha saqlanadigan depozit hisobvaraqlar ochishga haqli.

(31-moddaning ikkinchi qismi O’zbekiston Respublikasining 1999 yil 15 apreldagi 772–I-son Qonuni tahririda — Oliy Majlis Axborotnomasi, 1999 y., 5-son, 124-modda)

Banklar mijozlarga hisobvaraqlar ochishning Markaziy bank belgilagan tartibiga rioya qilishlari shart.



 LexUZ sharhi

Qarang: O’zbekiston Respublikasi banklarida ochiladigan bank hisobvaraqlari to’g’risidagi Yo’riqnoma (ro’yxat № 1948, 27.04.2009 y.).

Bankning barcha xizmatlari bank aktsiyadorlari va boshqa mijozlarga teng shartlar asosida ko’rsatiladi.

[ОКОЗ:



1.07.00.00.00 Молия ва кредит тўғрисидаги қонунчилик. Банк фаолияти / 07.21.00.00 Банк фаолияти / 07.21.10.00 Банклараро операциялар ва юридик, жисмоний шахслар ўртасида операциялар]

32-modda. Banklararo operatsiyalar

Banklar shartnoma asosida mablag’larni depozitlar, kreditlar shaklida bir-birlaridan jalb etishi va bir-biriga joylashtirishi, tashkil etiladigan hisob-kitob markazlari va vakillik hisobvaraqlari orqali hisob-kitoblarni amalga oshirishi hamda litsenziyada nazarda tutilgan boshqa o’zaro operatsiyalarni bajarishi mumkin.

33-modda. Banklarning hisob-kitob qilish tartibi

Banklar va ularning mijozlari hisob-kitoblarni Markaziy bank belgilaydigan tartibda amalga oshiradilar. Ko’rsatilgan tartibni buzganlik uchun ular qonun hujjatlarida belgilangan tarzda javobgar bo’ladilar.

 LexUZ sharhi

Qarang: «O’zbekiston Respublikasida naqd pulsiz hisob-kitoblar to’g’risida»gi nizom (ro’yxat raqami 2465, 03.06.2013 y.).

34-modda. Kreditlar qaytarilishini ta’minlash

Banklar qonun hujjatlariga muvofiq ko’char va ko’chmas mulkni garovga qo’yish, kafolat berish, kafillikka olish va majburiyatlar asosida kredit beradilar.



 LexUZ sharhi

Qarang: O’zbekiston Respublikasi Fuqarolik kodeksining 744—748-moddalari.

[СПиТ:

1.Кредит. Кредит ташкилотлари / Эътимодли кредит]

Banklar ta’minlanmagan kredit (e’timodli kredit) berish haqida qaror qabul qilishlari mumkin.

35-modda. Qarzdorlarni to’lovga qobiliyatsiz deb e’lon qilish

Oldingi tahrirga qarang.

Bankdan olgan kreditlarini o’z vaqtida to’lash majburiyatlarini bajarmayotgan qarzdorlarni bank to’lovga qobiliyatsiz deb e’lon qilishi va bu haqda matbuotda xabar berishi mumkin. Bank bunday qarzdorlarni bankrot deb topishni so’rab, iqtisodiy sudda da’vo qo’zg’atish huquqiga ega.

(35-moddaning matni O’zbekiston Respublikasining 2017 yil 14 sentyabrdagi O’RQ-446-sonli Qonuni tahririda — O’R QHT, 2017 y., 37-son, 978-modda)

IV. BANKLARGA VASIYLIK QILISH

36-modda. Vasiylikni tayinlash

Bankning muvaqqat ma’muriyatini tayinlash to’g’risida qaror qabul qilingan taqdirda Markaziy bank vasiy tayinlaydi va vasiylik qilish haqida farmoyish chiqaradi. Farmoyish matbuotda e’lon qilingan kundan e’tiboran kuchga kiradi.

Bankning oldindan vasiydan rozilik olmay qilgan harakatlari haqiqiy emas.

 LexUZ sharhi

Qo’shimcha ma’lumot uchun qarang: Banklarga vasiylik qilish to’g’risidagi nizom (ro’yxat № 570, 19.12.1998 y.).

37-modda. Vasiyning vakolatlari

Vasiy bankning mansabdor shaxslari va uning aktsiyadorlari vakolatlariga, shuningdek bank ahvolini normallashtirish uchun zarur choralar ko’rish, jumladan qonun hujjatlariga muvofiq filiallarni yopish, mansabdor shaxslarni va xizmatchilarni ishdan bo’shatish huquqiga ega bo’ladi.

Vasiy istalgan paytda fuqarolarning depozitlari va investitsiyalari bir yildan ko’p bo’lmagan muddatga qisman yoki to’la to’xtatib qo’yilganligini e’lon qilishi mumkin, bunda depozitlar va investitsiyalarning taxminiy qiymatini saqlab qoladigan choralar ko’rilishi shart.

Basharti, vasiylik vaqtida yoki vasiylik davrining oxirida bankni sog’lomlashtirishning iloji yo’qligi Markaziy bank tomonidan aniqlansa, u litsenziyani chaqirib oladi va belgilangan tartibda bankni tugatadi.



 LexUZ sharhi

Qarang: Banklarni tugatish tartibi to’g’risidagi nizom (ro’yxat № 626, 11.02.1999 y.).

V. BANK MIJOZLARINING MANFAATLARINI HIMOYA QILISH

[ОКОЗ:




Download 86,46 Kb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   2   3   4   5   6   7   8   9   10




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©hozir.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling

kiriting | ro'yxatdan o'tish
    Bosh sahifa
юртда тантана
Боғда битган
Бугун юртда
Эшитганлар жилманглар
Эшитмадим деманглар
битган бодомлар
Yangiariq tumani
qitish marakazi
Raqamli texnologiyalar
ilishida muhokamadan
tasdiqqa tavsiya
tavsiya etilgan
iqtisodiyot kafedrasi
steiermarkischen landesregierung
asarlaringizni yuboring
o'zingizning asarlaringizni
Iltimos faqat
faqat o'zingizning
steierm rkischen
landesregierung fachabteilung
rkischen landesregierung
hamshira loyihasi
loyihasi mavsum
faolyatining oqibatlari
asosiy adabiyotlar
fakulteti ahborot
ahborot havfsizligi
havfsizligi kafedrasi
fanidan bo’yicha
fakulteti iqtisodiyot
boshqaruv fakulteti
chiqarishda boshqaruv
ishlab chiqarishda
iqtisodiyot fakultet
multiservis tarmoqlari
fanidan asosiy
Uzbek fanidan
mavzulari potok
asosidagi multiservis
'aliyyil a'ziym
billahil 'aliyyil
illaa billahil
quvvata illaa
falah' deganida
Kompyuter savodxonligi
bo’yicha mustaqil
'alal falah'
Hayya 'alal
'alas soloh
Hayya 'alas
mavsum boyicha


yuklab olish