Muhim vakillari. Anizol (metilfenil efiri) – 155 oC da qaynaydigan, yoqimli hidli rangsiz suyuqlik, , suvda erimaydi. Fenolni ishqoriy muhitda dimetilsulfat bilan metillab olinadi. Anizol organik sintezda erituvchi sifatida ishlatiladi.
Gvayakol(o-metoksifenol, pirokatexinning monometil efiri)- 98,4 oC da suyuqlanadigan rangsiz kristall modda. Pirokatexinni metillab olinadi. Gvayakol xushbo‘y moddalar, masalan vanilin va dorivor moddalar olishda ishlatiladi.
Veratrol (pirokatexinning dimetil efiri)- 22,5 oC da suyuqlanadigan, 206,5 oC da qaynaydigan rangsiz modda. Pirokatexinni metillab olinadi. Veratrol xushbo‘y moddalar sintez qilishda ishlatiladi.
Do'stlaringiz bilan baham: |