20.2-rasm
Bu izotermada bosimni bitta Р1 qiymatiga molyar hajmining V1, V2 va V3 qiymatlari mos keladi. Grafikni maksimal holatiga suyuq hamda bundan V1 va V3 holatlarga gazsimon holat mos keladi. Endi hajmi V2 bo`lgan uchinchi holatining ma`nosini aniqlash kerak bo`ladi. Van-Der Vaals izotermalari bilan tajribada olingan izotermalar orasida katta farq bor. Bu farqni 20.3-rasmda ko`rsatish mumkin. 20.3-rasmda tutash chiziqlar bilan tajribada olingan izotermalar. Punktir chiziqlar bilan esa Van-Der Vaals izotermasi keltirilgan.
20.3-rasm
Rasmdan ko`rinib turibdiki to`g`ri chiziqli gorizontal а va в qismi o`rniga Van-Der Vaals izotermada bu soha maksimum va minumumli xarakterli gajak ko`rinishda bo`ladi. Shuni aytish kerakki tajribadan olingan izoterma grafikadan ad ва ch lar Van-Der-Vaals tenglamasiga kuzatilmas ekan, chunki bu qismiga bosimning hajmga odatdan tashqari bog`lanishi mos keladi, bosim ortishi bilan hajm kamaymaydi, balki ortadi. Cd qism moddaning gaz holatiga mos keladi. af qism ad ( tarmoqning davomi hisoblanadi va ko`pincha moddaning bu holatiga o`ta qizigan suyuqlik deyiladi. o`ta qizigan suyuqlik deb ochiq idishda qaynash temperaturasidan yuqori temperaturagacha qizdirilgan, biroq qaynamayotgan suyuqlikka aytiladi. Bunda suyuqlik erkin bo`lganda ya`ni uning massasi o`zgaradi. Ammo bizni yopiq idishdagi aniq massali suyuqlik yoki gazning tabiati qiziqtiradi. Rasmdagi Сd va af qismlarga mos keluvchi holatlar va fвd ga metastabil holatlar deb ataladi. Shunga asosan, Van-Der Vaals izotermalari bilan tajribadan olingan izoterma orasidagi farqni tushuntirish mumkin bo`ladi. Holat tenglamasining V3 ildiziga mos keluvchi holatlar nostabil va metastabil bo`lganliklari tufayli tajribada ko`zatilmaydi. Ikkita А va В molekula orasidagi masofani r bilan beglilaymiz. Ularni tortishish kuchi f1 manfiy, itarshi kuchini f2 musbat deymiz. Bu kuchlar mos ravishda o`zaro tortishadigan molekulalarning Ер va o`zaro itarishadigan Ер potensial energiyalarni hosil qiladi (20.4-rasm). Shuningdek 20.5-rasmda ifodalanganidek real gazlarda molekulalarni o`zaro ta`siri ular bir-biriga tegmasdanoq ya`ni r0 masofadan ta`sirlanadi.
20.4-rasm 20.5-rasm
f1 va f2 kuchlarga ЕР1 va ЕР2 potensial energiyalar mos keladi. 20.5-rasmdan А molekulani qo`zg`almas deb, В molekulani A molekulaga nisbatan harakatlanadi deymiz. L ( nuqtadа Van-Der-Vaals tenglamasining ahamiyati shundaki, bu moddaning faqatgina ikkita suyuq va gazsimon fizikasi mavjudligini tavsiflash bilan cheklanmaydi. U kritik temperatura va kritik holatining ham muhim faktlaridan bevosita kelib chiqadi. Temperatura o`zgarganda bu izotermalarning qanday o`zzgarishini ko`raylik. РV grafikda Karbon oksidiga tegishli izotermalar berilgan (20.6-rasm). Bu izotermalar a va в ning qiymatlari tajribadan olingan qiymatlari uchun hisoblangan.
Do'stlaringiz bilan baham: |