Mol yetkazib beruvchi va pudratchilar bilan hisob-kitoblar auditi


Xaridorlar va buyurtmachilar bilan



Download 78 Kb.
bet2/2
Sana18.07.2022
Hajmi78 Kb.
#822724
1   2
Bog'liq
MOL YETKAZIB BERUVCHI VA PUDRATCHILAR BILAN HISOB-KITOBLAR AUDITI.

6. Xaridorlar va buyurtmachilar bilan
hisob-kitoblar auditi
Xaridorlar va buyurtmachilar bilan hisob-kitoblarni tekshirishning umumiy qismi - qoldiqlar haqqoniyligini baholash va bajariladigan uslubiy amallar mol yetkazib beruvchilar va pudratchilar bilan hisob-kitoblarni tekshirishga o‘xshash.
№21-BHMSga muvofiq jo‘natilgan mahsulot, material, bajarilgan ish va ko‘rsatilgan xizmatlar uchun xaridor va buyurtmachilar bilan olib boriladigan hisob-kitoblar 4010 – «Xaridorlar va buyurtmachilardan oli-nadigan schyotlar», 4020 – «Olingan veksellar», 6310 – «Xaridorlar va bu-yurtmachilardan olingan bo‘naklar», 9010 – «Mahsulotlar sotishdan olin-gan daromadlar», 9020 – «Tovarlarni sotishdan olingan daromadlar», 9030 – «Bajarilgan ishlar va ko‘rsatilgan xizmatlardan olingan daromadlar», 9110 – «Sotilgan mahsulotlar tannarxi», 9120 – «Sotilgan tovarlar tanner-xi», 9130 – «Sotilgan ishlar va xizmatlar tannarxi», schyotlarida hisobga olinadi. Auditor 4010 – «Xaridorlar va buyurtmachilardan olinadigan schyotlar», 4020 – «Olingan veksellar» va 6310-«Xaridorlar va buyurtma-chilardan olingan bo‘naklar» schyotlari bo‘yicha hisob yuritish va nazorat-ning holati hamda qoldiqlarning haqqoniyligini baholash natijasida xari-dorlar va buyurtmachilar bilan hisob-kitoblar bo‘yicha muomalalarning ishonchliligini tekshiradi. Bu schyot bo‘yicha oborotlarni tekshirishning muhimligi korxona faoliyatini baholaydigan asosiy ko‘rsatkich - tovarlar, mahsulotlar, ish va xizmatlarni sotishdan olinadigan daromad ko‘rsatkichi bo‘yicha axborotlarni shakllantirishi bilan izohlanadi.
Xaridorlar va buyurtmachilar bilan hisob-kitoblarga doir muomala-larni tekshirishda 4010, 4020 va 6310 schyotlar bo‘yicha hisob registrlari ma’lumotlarining Bosh daftar hamda o‘zaro aloqador hisob registrlari ma’lumotlari bilan tengligi aniqlanadi. Bunda asosan 4010 – schyot debeti bo‘yicha yozuvlar 9010, 9020, 9030, 9210, 9220 – schyotlarning krediti bo‘yicha yozuvlar bilan solishtiriladi. Agar qonun yoki oldi-sotdi shartno-masida tovarga mulkchilik huquqining maxsus tartibi ko‘zda tutilmagan bo‘lsa, u holda umumiy qoida bo‘yicha mulkiy huquq mol yetkazib beruv-chidan xaridorga tovarni jo‘natish vaqtida o‘tadi va debet 4010-«Xari-dorlar va buyurtmachilardan olinadigan schyotlar» va kredit 9010-«Tayyor mahsulotlarni sotishdan olingan daromadlar»schyoti yozuvi bilan aks et-tiriladi. Bunday yozuv soliqqa tortish maqsadi uchun qanday hisob tartibi - «to‘lov bo‘yicha» yoki «jo‘natish bo‘yicha» qabul qilinganidan qat’i na-zar amalga oshiriladi. Dastlabki hujjat va 4010-schyotning hisob registri bo‘yicha mahsulot jo‘natilgan sanani taqqoslash orqali muomalalarning o‘z vaqtida aks ettirilishi nazorat qilinadi.
Agar shartnomada tovarlarga mulkiy huquq o‘tishining maxsus tartibi ko‘zda tutilgan bo‘lsa, u holda jo‘natilgan qiymatliklarga mulkiy huquq ularni jo‘natish vaqtida emas, balki pul to‘lanish vaqtida o‘tishi mumkin. Bu holda jo‘natilgan va sotilgan tovarlar uchun xaridorlarning qarzlari ham shunday yozuv bilan, ammo pul to‘lanish vaqtiga aks ettirilishi mu-himdir. Bu xaridorlar bilan chet el valutasida hisoblashilganida va xaridor-lar bilan shartli birliklarda hisoblashilganda o‘ta muhimdir. Chunki muo-malalarni aks ettirish sanasiga bog‘liq holda valuta kursi natijada esa umu-miy qarzdorlik, kurs va summa tafovutlari aniqlanadi.

Download 78 Kb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   2




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©hozir.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling

kiriting | ro'yxatdan o'tish
    Bosh sahifa
юртда тантана
Боғда битган
Бугун юртда
Эшитганлар жилманглар
Эшитмадим деманглар
битган бодомлар
Yangiariq tumani
qitish marakazi
Raqamli texnologiyalar
ilishida muhokamadan
tasdiqqa tavsiya
tavsiya etilgan
iqtisodiyot kafedrasi
steiermarkischen landesregierung
asarlaringizni yuboring
o'zingizning asarlaringizni
Iltimos faqat
faqat o'zingizning
steierm rkischen
landesregierung fachabteilung
rkischen landesregierung
hamshira loyihasi
loyihasi mavsum
faolyatining oqibatlari
asosiy adabiyotlar
fakulteti ahborot
ahborot havfsizligi
havfsizligi kafedrasi
fanidan bo’yicha
fakulteti iqtisodiyot
boshqaruv fakulteti
chiqarishda boshqaruv
ishlab chiqarishda
iqtisodiyot fakultet
multiservis tarmoqlari
fanidan asosiy
Uzbek fanidan
mavzulari potok
asosidagi multiservis
'aliyyil a'ziym
billahil 'aliyyil
illaa billahil
quvvata illaa
falah' deganida
Kompyuter savodxonligi
bo’yicha mustaqil
'alal falah'
Hayya 'alal
'alas soloh
Hayya 'alas
mavsum boyicha


yuklab olish