Bo`linadigan va bo`linmaydigan ashyolar. Bo`lish natijasida har qaysi qismi butunning xossalarini o`zida saqlab qoladigan va shu bilan birga o`zining xo`jalik (maqsadli) ahamiyatini yo`qotmaydigan ashyo bo`linadigan ashyo hisoblanadi. Masalan, bir qop un, bir qop kartoshka, bir bidon paxta yog`i kabi.
Bo`linmaydigan ashyolar bo`lish natijasida qismlari dastlabki ashyo (butun) ning xossalarini yo`qotadigan, uning xo`jalik (maqsadli) ahamiyatini o`zgartiradigan ashyo bo`linmaydigan ashyo hisoblanadi (FKning 88-moddasi). Bo`linmaydigan ashyolarga shkaf, stol, televizor kabilar kiradi.
Do'stlaringiz bilan baham: |