2.2. Hajmiy ulush. Mol ulush. Massa ulush.
O’rtacha molekulyar massa.
n-modda miqdori (mol); Mr-moddaning molekulyar massasi; φ-hajmiy ulush; η-mol ulush.
1. 4N2+3H2 bo’lgan gazlar aralashmasida azotning hajmiy va massa ulushini toping va shu gazlar aralashmasining o’rtacha molekulayar massasini hisoblang.
J: 0,57, 94,9 %, 16,857 g/mol
2. 1:3 nisbatda aralashgan N2 va O2 gazlar aralashmasidagi moddalarning mol, hajmiy va massa ulushlarini toping. Shu gazlar aralashmasining o’rtacha molekulayar massasi (g/mol) qanchaga teng bo’ladi? J: 0,25, 0,75; 0,25, 0,75; 0,2258, 0,7742; 31 g/mol.
3. Hajmiy ulushi 0,3 va 0,7 bo’lgan azot va kislorod aralashmasining o’rtacha molekulayar massasini va aralashma tarkibidagi azotning mol va massa ulushini hisoblab toping. J: 30,8 g/mol; 0,3; 0,2727.
4. Kislorodning havodagi hajmiy ulushi 0,21 ga teng bo’lsa, 11 l havo tarkibida qancha hajm kislorod bor? J: 2,31 l.
5. 10 g vodorod bilan 8 g kislorod aralashtirildi. Ushbu aralashmada moddalarning mol ulushlarini, hajmiy ulushlarini, massa ulushlarini hamda gazlar aralashmasining o’rtacha molekulayar massasini hisoblang.
J: 0,95, 0,05; 0,95, 0,05; 0,5556, 0,4444; 3,43 g/mol.
6. 10 g CaCO3 bilan 10,6 g Na2CO3 aralashtirildi. Ushbu aralashmadagi moddalarning mol va massa ulushlarini hisoblang. J: 0,5, 0,5; 0,485, 0,515.
7. 22,4 l metan (CH4) bilan 22 g karbonat angidrid (CO2) aralashtirildi. Aralashma tarkibidagi metanning mol, massa va hajmiy ulushini hamda gazlar aralashmasining o’rtacha molekulyar massasini hisoblang. J: 0,667, 0,421, 0,667; 25,33 g/mol.
8. 1,58 g kaliy permanganat (KMnO4) bilan 1,97 g kaliy manganat (K2MnO4) aralashmasi tarkibidagi moddalarning mol va massa ulushlarini hisoblang.
J: 0,5, 0,5; 0,445, 0,555.
9. Ozon va kislorod aralashmasining vodorodga nisbatan zichligi 16,4 ga teng. Aralashmadagi ozon va kislorod hajmlari nisbatini toping. J: 1:19.
10. Vododrodga nisbatan zichligi 14,5 bo’lgan azot va kislorod aralashmasi tarkibidagi har bir moddaning hajmiy va massa ulushini toping. J: 0,75; 0,25, 72,4; 27,6.
11. 14 g CO2 va CO dan iborat gazlar aralshmasi 8,34 l hajmni egallaydi. Aralashma tarkibidagi gazlarning hajmiy va massa ulushlarini toping. J: 0,4; 0,6, 29,8; 70,2.
12. 1,375 g vodorod va metan (CH4) dan iborat gazlar aralashmasi 5,6 l hajmni egallaydi. Aralashma tarkibidagigazlarning hajmiy va massa ulushini hisoblang.
J: 0,75; 0,25, 0,273; 0,727.
13. Teng hajmli kislorod va metan (CH4) dan iborat gazlar aralashmasi 96 g bo’lsa, aralashma tarkibidagi gazlarning hajmlarini hisoblang. J: 44,8 l; 44,8 l.
14. Teng hajmli CO va CO2 dan iborat gazlar aralashmasi 108 g bo’lsa, aralashma tarkibidagi gazlarning hajmlarini toping. J: 33,6 l; 33,6 l.
15. Teng hajmli vodorod va azot dan iborat gazlar aralashmasi 60 g bo’lsa, aralashma tarkibidagi gazlarning hajmlarini toping. J: 44,8 l; 44,8 l.
Do'stlaringiz bilan baham: |