Moiy sohada



Download 171,97 Kb.
bet2/9
Sana23.04.2023
Hajmi171,97 Kb.
#931283
1   2   3   4   5   6   7   8   9
Bog'liq
ruza matni unlocked

2.Sogliqni saqlash tizimidagi islohotlar. Ozbekiston mustaqillikni qolga kiritishi bilan mamlakat sog„liqni saqlash infratuzilmasini rivojlangan davlatlar darajasiga kotarish, aholi soglig„ini himoya qilish tizimidagi kamchilik va nuqsonlarni bartaraf etish vazifasi yuzaga keldi. Chunki, aholi salomatligi
mamlakatning barqaror iqtisodiy taraqqiyoti va sog„lom ishchi kuchi manbaidir. Qisqacha aytganda soglom millat davlatga iqtisodiy foyda, nosoglom millat mamlakatga iqtisodiy zarar (byudjetdan ortiqcha xarajat) demakdir.
1996-yilning 29-avgustidan Fuqarolar sog„ligini saqlash tog„risidagi Qonun kuchga kirdi, unda davlat siyosatining sog„liqni saqlash tizimiga yangicha yondashuvi ifodalandi.
Bozor iqtisodiyotiga otish sharoitida tibbiyot muassasalarini xususiylashtirish tadbirlari amalga oshirildi. 2001-yilda Sogliqni saqlash vazirligi tomonidan faoliyat yuritish uchun litsenziya (ruxsatnoma) olgan nodavlat muassasalar va firmalar soni 1700 taga, shaxsiy tibbiy xizmat korsatuvchi subektlar soni 4000 taga yetdi.
Yillarning nomlanib maxsus Davlat dasturlari ishlab chiqilishida ham ushbu sohaga alohida etibor qaratildi (Soglom avlod yili” (2000), Ona va bola yili (2001), Sihat-salomatlik yili (2005), “Homiylar va shifokorlar yili” (2007), Soglom bola yili” (2014), Sog„lom ona va bola yili(2016).
Sohada amalga oshirilgan islohotlar natijasida O„zbekistonda mustaqillik yillarida umr korish davomiyligi 1990-yildagi 67,2 yoshdan 2012-yilda 72,9 yoshga osdi. Ushbu korsatkich erkaklarda 70,7 yosh, ayollarda 75,2 yoshni tashkil etib, MDH davlatlarining korsatkichlariga qaraganda ancha yuqoridir.
Davlat ijtimoiy-iqtisodiy holatining muhim indikatorlaridan biri, bu ona va bola salomatligi korsatkichidir. O„zbekistonda ona va bola sogligI muhofazasi boyicha xalqaro standartlarni hayotga tadbiq etishga alohida etibor qaratilmoqda. Ona va bolaning reproduktiv salomatligi boyicha olib borilayotgan ishlar XSXT hamda BMTning UNISEF va UNFPA agentliklari tomonidan yuqori baholangan. Xalqaro Save children” (Buyuk Britaniya) tashkilotining malumotlariga qaraganda, ayollar uchun yaratilgan shart-sharoitlar borasida Ozbekiston jahondagi 125 ta davlat ortasida 19-orinni, onalikni himoya qilish bo„yicha esa 27-orinni egallaydi.
Davlatimizda amalga oshirilayotgan profilaktik va epidemiyalarga qarshi faoliyat natijasida ko„p kasalliklarning korsatkichlari pasaydi, ayrimlari butunlay barham topdi.
Soglom ona sog„lom bola” davlat dasturida 4enninalishga alohida etibor qaratilgan. Ushbu dastur XSST, YUNISEF hamda Ozbekistonda ona va bola sogligini himoya qilish milliy modeli: “Soglom ona sog„lom bola” xalqaro Toshkent simpoziumining obro„li ishtirokchilari tomonidan yuqori baholangan. 2010-yilda mamlakatimizda mutlaq soglom bolalar soni korsatkichi 62,6 foizga yetdi.
So„nggi yillarda Ozbekistonda tibbiyot va sog„liqni saqlash sohasida amalga oshirilgan ishlar Оzbekiston Respublikasining Prezidenti SH.Mirziyoyevning 2019-yil 9-noyabrdagi Sogliqni saqlash xodimlari kuniga bagishlangan bayram tabrigida batafsil korsatib o„tildi. Unda keltirilishicha, bugungi kungacha sohani isloh qilish boyicha respublikamizda 170 dan ziyod huquqiy hujjatlar qabul qilingan. 2019-2025-yillarda Sog„liqni saqlash tizimini rivojlantirish konsepsiyasi va tegishli dasturi qabul qilindi. Jismoniy shaxslar eng ko„p murojaat qiladigan shoshilinch tez yordam yonalishida markazlashgan yaxlit tizim yaratildi. Tez
yordam brigadalari soni 818 tadan 1666 taga yetkazildi. 1500 dan ortiq Tez tibbiy yordam mashinalari xarid qilindi. Joylarda allergologiya, onkologiya, nefrologiya va qator yonalishlarda ixtisoslashgan markazlar soni 16 taga yetkazildi. Xududlarda 310 ta ixtisoslashgan bolimlar, respublika ixtisoslashtirilgan ilmiy-amaliy tibbiyot markazlarining 14 ta filiali ochildi. Tarmoqda xususiy sektor ulushi oshirilib, bu yonalishdagi shifoxnalar soni 5300 tadan oshdi. Rivojlangan xorijiy davlatlar bilan hamkorlikda 100 dan ortiq zamonaviy xususiy klinikalar ish boshladi. Ayni paytda mamlakatimizda 7 ta oliy tibbiy talim dargohi, ularning 4 ta filiali, shuningdek, xorijiy nufuzli tibbiy-ilmiy maussasalar hamkorligida 22 ta xalqaro fakultetlar ochildi.
Sohaga davlat byudjetidan 2017-yilda 7,1 trln, 2019-yilda esa 12,1 trln. So„m mablag„ ajratildi. Bu o„tgan yillarga qaraganda 1,6 barobar ko„p demakdir. So„nggi yillarda 1300 dan ortiq davolash muassasalarida qurilish-tamirlash ishlari olib borilib, 2019-yilda 100 mln. Dollarlik zamonaviy asbob-uskunalar bilan jihozlandi. Mamlakatimizda 3 mingdan ortiq tibbiyot muassasasi bо„lib, ularning faoliyatiga zamonaviy texnologiyalar joriy etilmoqda. 423 ta birlamchi tibbiyot muassasasi “Elektron poliklinika” axborot tizimiga ulangan.
2021-yil 18-may kuni SH.Mirziyoyev raisligida sog„liqni saqlash sohasidagi islohotlar samaradorligini oshirish chora-tadbirlari muhokamasi yuzasidan videoselektor yigilishi оtkazildi. Qator amaliy ishlarga qaramasdan sohada yechimini kutayotgan muammolar hali ham mavjud bolib, Prezidentimizning takidlashicha, joylarda оtkazilgan rovlarda bor-yо„gi 13 foiz aholi tibbiyotdagi ijobiy о„zgarishlarni sezayotganini aytgan.

Download 171,97 Kb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   2   3   4   5   6   7   8   9




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©hozir.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling

kiriting | ro'yxatdan o'tish
    Bosh sahifa
юртда тантана
Боғда битган
Бугун юртда
Эшитганлар жилманглар
Эшитмадим деманглар
битган бодомлар
Yangiariq tumani
qitish marakazi
Raqamli texnologiyalar
ilishida muhokamadan
tasdiqqa tavsiya
tavsiya etilgan
iqtisodiyot kafedrasi
steiermarkischen landesregierung
asarlaringizni yuboring
o'zingizning asarlaringizni
Iltimos faqat
faqat o'zingizning
steierm rkischen
landesregierung fachabteilung
rkischen landesregierung
hamshira loyihasi
loyihasi mavsum
faolyatining oqibatlari
asosiy adabiyotlar
fakulteti ahborot
ahborot havfsizligi
havfsizligi kafedrasi
fanidan bo’yicha
fakulteti iqtisodiyot
boshqaruv fakulteti
chiqarishda boshqaruv
ishlab chiqarishda
iqtisodiyot fakultet
multiservis tarmoqlari
fanidan asosiy
Uzbek fanidan
mavzulari potok
asosidagi multiservis
'aliyyil a'ziym
billahil 'aliyyil
illaa billahil
quvvata illaa
falah' deganida
Kompyuter savodxonligi
bo’yicha mustaqil
'alal falah'
Hayya 'alal
'alas soloh
Hayya 'alas
mavsum boyicha


yuklab olish