Mohiyatni tushunsa bas



Download 20,69 Kb.
bet2/2
Sana21.01.2022
Hajmi20,69 Kb.
#395225
1   2
Bog'liq
Ruxsat apa

Matlub meros(RIVOYAT)

Misr hukmdori Rum hukmdori bilan kelishib, oralaridagi adovatni bartaraf qildilar. Do’stlik ahdin tuzdilar. Do’stliklarini kuchaytirish, abadiylashtirish uchun Misr hukmdori o’z qizini Rum hukmdorining o’g’liga berdi. Rum hukmdori ham o’z qizini uning o’g’liga nikohladi. Shunda qilib har ikki hukmdor bir birlariga qarshi quda bo’ldilar. Bu oshnolik tufayli har ikki tomondan elchi va maktub bot-bot borib-kelib turdi, har ikkisi bir birlari bilan maslahatlashib ish olib bordilar.

Bir kuni Misr hukmdori qudasi Rum hukmdoriga shu mazmunda xat yozib yubordi:

-Ko’zimizning nurlari bo’lgan farzandlarimizning vafotimizdan keyin ham rohat va farog’atda yashashlari uchun Shu topdan boshlar chora ko’rishimiz kerak.Men o’g’lim uchun juda ko’p mol-dunyo jamladim.Chiroyli bog’ va imorat vujudga keltirdim. Siz ham kuyovim bo’lgan og’lim uchun shunday qilgan bo’lsangiz kerak.

Rum hukmdori qudasi Misr hukmdorining xatini o’qib tabassum qildi. Va shu mazmunda maktub bitdi.

-Men sizdan ko’ra boshqacharoq yo’l tutdim.Vafosiz mol-dunyo matolarga iltifot etmayman. Shuning uchun men o’g’limga molu dunyo to’plamay, uni ilm-hunarli, odob –ahloqli qilib o’stirim. Adab libosi bilan uni bezadim, yaxshi xislatlarni o’g’lim uchu meros qilib qo’ydim. Mol-dunyoga zavol etadi, lekin odobga zavol etmaydi.

Misr hukmdori qudasiing xatini o’qigach uning so’zini maqullab:

-Qudam to’g’ri aytadi, odob- axloq-oltindan ham qimmatli,-dedi.

3-mavzu: Mard va jasur inson- Vatanning tayanchi.

Maqollar


1.Yurting tinch-sen tinch

2. Bitmas ishning boshiga,

Botir kelar qoshiga.

3.Xatardan qo’rqqan murodiga yetmas.

Saboq(Rivoyat)

Samarqand tomonda Abdul Qosim degan bir podshoh o’tgan ekan. Uning behisob lashkarlari bo’lib, xali to’qva tinch ekan. Kechaning kunduzi, oqningqorasi bo’lganidek, uning ham bir ichi qora, sotqin vaziri bo’lib, atrofiga poraxo’rlar yig’ilgan ekan. Ular asta-sekin podshohni ko’kka ko’tarib maqtab, mayxo’rlikka o’rgatishib, davlatni kemira boshlashibdi.

Ko’p vatlarda podshoh mastligidan foydalanib, yangi- yangi soliqlarga muhr bostirishar, narx-navo tinimjsiz oshib borar edi. Xalq easa kundan kunga kambag’allashib borardi. Boylik oshgan sari, ochko’zlik kuchayar ekan.

Mamlakatda notinchlik boshlanibdi, zindonlar to’libdi, mamlakatda har xil kasalliklar tarqabdi. Bu fursatni kutib yotgan ko’chmanchi qabilalar sardori Abul Fayz sotqin vazir yordamida mamlakatni qo’lga kiritibdi.

Abul Qosim shaharni tashlab zo’rg’a jonini saqlab Farg’ona tomoniga qochibdi. U musofir yurtda hunari yoq bir yil mardikor ishlab halol kun ko’ribdi. Bir kuni u bir savdogar xonadonigaishlagani boribdi. Savdogar ham o’ta boy bo’lishiga qaramay mehnatni sevar ekan. U Abul Qosim bilan birga ter to’kib, tushlikka birga o’tirishibdi. Shunda sdavdogar podshoh tarbiyasidagi o’zgarishlarni ko’rib so’rabdi.” Ey yigiy! Siz kimsiz? Rost ayting, siz aslzodaga o’xshaysiz”.

Shunda Abul Qosim “ Ey birodar, men aytaman-u lekin siz ishonmaysiz-da” deb o’zini tanitibdi. Savdogar Abul Qosim haqida gaplar eshitgandi. U podshohga qurol-yaroq, ancha mablag’ berib, duo qilib jo’natibdi.

Abul Qosim atrofiga odam to’plab, bir yil kurashib, o’z mamlakatiga ega bo’libdi. O’zining hayotda orttirgan tajribasi bilan tez kunda mamlakat rivojlanib ketibdi. Savdogarlarga juda katta sharoit yaratibdi. Uning nomi dunyoga mashhur bo’libdi. U o’sha savdogarni topdirib kelib, Unga mehr ko’rsatib,Ustozim deb tan olibdi. Qolgan umrini hokisorlik bilan o’tkazibdi.

4-mavzu: Bobolarning bebaho merosi.

Maqollar

1.Kattani maqta,

Kichikni saqla.

2.Keksaga yo’l ber,

Ozing ham qartayasan.

Alloh sevgan amallar Sultoni-odillikdir!(Rivoyat)

Rivoyat qilishlaricha, qadim zamonda bir odil podshoh bo’lib uning odilligi, sahiyligi insonni tang qoldirgudek,-rahmdillik bobida tengsiz, xalqi undan rozi ekan. Kechalari odil podshoh shaharlarni aylanib xalq tinchligini saqlar, kunduzi bozorlar aylanib xalq turmushi bilan tanishar. Xalq tinch, shoh tinch, yurt obod ekan. Biror bir mamlakat bularga hujm qilgani yuragi dov bermas, chunki odil podshoh dushmanga qarshi butun xalqiniqutqara olar, uning askarlari vatan ozodligi uchun jonini ayamas ekan. U shahrida yollanma askar saqlamas ekan. Tinchlik, sokinlik va baxt bilan o’tkazilgan umr tez o’tar ekan. Oradan qirq yil o’tib, podshoh qarib qolibdi. Knlardan bir kun u oynagaqarab sochida qora ko’rmapti va o’ylab Ex umr shuncha tez o’tti, Men nima qildim, deb o’ylabdi, bir bir qilgan ishlarin eslabdi Ha u ko’p bog’lar yaratdi, Ko’priklar, kanallar qazidi, faqat Haj safarini qila olmadi. Unda shuarmon qolibdi. U vazirini chorlab, “ Ey vaziri a’zam! Sen mening vazirim ham do’stim, maslahatdoshimsan, sen bilan biz birga o’stik voyaga yetdik. Sen ham, men ham Haj safarini qilmabmiz” debdi.

Shunda vazir shohdan izn so’rab, o’z mahallasida bir zokir kishi borligini , u juda olim jahongashta, 25 bor Haj qilganini, agar shoh lozim topsa o’sha kishi bilan suhbatlashishligini aytibdi. Shunda shoh tez o’sha kishini chaqirtirib kelib, unga chuqur hurmat ko’rsatibdi va debdi:

-“ Ey Alloh sevgan banda, agar ko’nglingga olmasang bir iltimosim va o’tinchim bor. Men xalq g’amida yurdim, Hajga borolmadim. Men Hajga ketib qolsam,mening amaldorlarim xalqqa zulm qilarmikin yoki biror davlat bu yurt egasiz qoldi deb hujm qilarmikin deb bora olmadim. Agar lozim topsang sen o’zingni 25 bor qilgan Hajingdan birortasini menga bersang, men hamsenga sen xohlaganingcha boylik bersam”,-debdi.

Zokir kishi biroz sukut saqlab turib

-Ey podshohim, bir marta Haj safarini bajo aylash va Haj amallarin bajarish farzdir. Mayli men o’zimga birinchi bor qilgan farz Haj amalimni olib qolib, qolgan 24 bor qilgan nafl Hajimni sizga beray, siz menga bir kunlik odillik bilan qilgan podshohligingiz savobini bering, men roziman.

Podshoh o’ylab ko’rib natijani keying qoldiribdi va ulamolarni yig’in shu masalani so’rabdi. Ulamolar kengashi bir kunlik odillik bilan qilgan podshohlikni savobini 24 bor qilgan nafl Haj savobidan ulug’ deb bilishibdi.

9-mavzu: Vatan bayrog’ini baland tutaylik.

MAQOLLAR


1.Vatanni sotgan er bo’lmas.

2.Dushmanga nafrati bo’lmaganni,

Vatanga muhabbati bo’lmas.

10-mavzu:Yaxshilik qilish hikmati.

Maqollar

1.Yaxshi bilan o’rtoq bo’lsang

Yaxshi yo’lga boshlaydi.

Yomon bilan o’rtoq bo’lsang,

Bor-yo’g’ingni qashlaydi.

2. Yaxshi bo’lsang yasharsan,

Nasibangni osharsan.

3. Yaxshiga qora yuqmas,

Yomonga el boqmas.

Xasta podshoh(Rivoyat)

Rivoyat qilishlaricha bir podshoh og’ir xastalikka chalindi. Bir talay hakimlar:”Bu darsdni faqat shu xususiyatdagi insonning oti davolay oladi”,-dedilar. Hukmdor darhol amr etti; podshohning mijoziga yaqinroq bo’lgan odamni izlay boshladilar. Oxiri shunday xislatga ega, yosh o’spirin yigitni bir qishloqdan topib keltirishdi. Hukmdor yigitning ota-onasini chaqirtirdi: Ularga hadyalar berin mamnun qildi va roziligini oldi.

Vakolatli qozilar,”podshoh esonligi uchun xalqdan birining qonini to’kmog’I uyg’undir”,- degan qaror chiqarishdi. Berahm jallod darhol hoziru nozir bo’ldi. Shunda yigit osmonga qarab kulimsiradi. Bundab ajablangan shoh, darhol:

-O’zing o’limga ketayapsan”Beg’am bo’lib kulishingni boyisi ne? Seni kim kuldiryapti?”-deya so’radi.

Shunda yigit podshohg qarab:

-Bolani erkaligini kim ko’taradi, ota-ona… Qozi o’limimga fatvo chiqardi. Adolatni kimdan istaydilar, podshohdan. Podshohga esa mening o’limim kerak… Shuning uchun osmonga qarab,” Ey, Allohim! Yolg’izning Yori O’zimman deganding, man men yolg’iz turimman. Sendan boshqa sig’inadiganim yo’q!” deya kulib turgandim,-dedi.

Bu gaplarni eshitib, shohning qalbi erib, ko’zlaridan yosh oqdi, “Bir begunohning qonini to’kib yana qanchalik, umr ko’rardim. Shunday yigitni o’ldirganimdan ko’ra mening o’lganim ming chandon yaxshiroq emasmi?... “-deya yigitni ozod qilishlarini buyurdi. Va uni yoniga chaqirib, bag’riga bosdi; Yuz-ko’zlaridan o’pib, yigitga hisobsiz darajada hadyalar berdi.

Aytishlariga qaraganda, yigitni ozod etgn hukmdor, bir hafta ichida sog’ayib, yana bir qancha yil uzoq umr ko’rgan ekan.

11-12-mavzular: Imkoniyat va matonat.

MAQOLLAR

1.Dardni yashirganga dori yuqmaydi.

2.Dardsiz oldida “Boshim!” dema.

3.Borida-chora-chora,

Yog’ida-banda bechora.

13-mavzu: Rostgo’ylik

MAQOLLAR

1.Yolg’onchiga qo’shilma, Rost so’zingni yashirma.

2.Rostga zavol yo’q

3.Rostin aytsang urarlar, Xushomatni suyarlar

RIVOYAT

Abu Hurayra (r.a) rivoyat qiladilar:

-Rasululloh marhamat etdilar: “Shunday zamon kelurki, unda odamlar halol yo’l bilan risq-ro’z topayaptilarmi yoki harom yo’l bilanmi-farqiga bormay qo’yarlar.

TO’G’RILIKNING MUKOFOTI

Sulton Sanjar Marv shahrida oily bir bino qurishga kirishibdi. Lekin ustunga mos yog’och topmadilar. Qidirib-qidirib bir xotinning hovlisida ustunbop daraxt borligini aniqladilar. Sultonning odamlari borib:”Yog’ochni sotgin”,-deb yalinib yolvordilar, lekin ayol ko’nmadi. Sultonning amri bilan xazinadan bir tovoq oltin va kumush tanga hamda zar chopon olib bordilar. Xotin shundan keyin daraxtni kesishga ijozat berdi. Yog’ochni olib kelib ustun yasadilar. Ustun imoratga juda yarashdi. Sulton mamnun bo’lib:

-Ustunga oltin suvi beringlar, ayvonga ham zar yugurtiringlar,-deb buyurdi. Imotar bitgandan keyin shahar xalqi uni tomosha qilgani kedilar. Ularorasida zar chopon kiygan o’sha daraxt sohibasi ham bor edi. U asta-sekin ustun yoniga borib dedi:



-Ey yog’och! To’g’riliging tufayli oozing ham zarga burkanding, meni ham zar choponlik qilding.
Download 20,69 Kb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   2




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©hozir.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling

kiriting | ro'yxatdan o'tish
    Bosh sahifa
юртда тантана
Боғда битган
Бугун юртда
Эшитганлар жилманглар
Эшитмадим деманглар
битган бодомлар
Yangiariq tumani
qitish marakazi
Raqamli texnologiyalar
ilishida muhokamadan
tasdiqqa tavsiya
tavsiya etilgan
iqtisodiyot kafedrasi
steiermarkischen landesregierung
asarlaringizni yuboring
o'zingizning asarlaringizni
Iltimos faqat
faqat o'zingizning
steierm rkischen
landesregierung fachabteilung
rkischen landesregierung
hamshira loyihasi
loyihasi mavsum
faolyatining oqibatlari
asosiy adabiyotlar
fakulteti ahborot
ahborot havfsizligi
havfsizligi kafedrasi
fanidan bo’yicha
fakulteti iqtisodiyot
boshqaruv fakulteti
chiqarishda boshqaruv
ishlab chiqarishda
iqtisodiyot fakultet
multiservis tarmoqlari
fanidan asosiy
Uzbek fanidan
mavzulari potok
asosidagi multiservis
'aliyyil a'ziym
billahil 'aliyyil
illaa billahil
quvvata illaa
falah' deganida
Kompyuter savodxonligi
bo’yicha mustaqil
'alal falah'
Hayya 'alal
'alas soloh
Hayya 'alas
mavsum boyicha


yuklab olish