B1: darslikda keltirilgan fizik atamalarni, qonunlarni, qoidalarni og‘zaki va yozma tarzda aniq tushunarli bayon qila oladi; fizik kattaliklarning xorijiy tilda aytilishi va yozilishini biladi; hamkorlikda jamoada samarali ishlay oladi; muamala madaniyatiga amal qiladi.
B1+: fikrni mantiqiy izchillikda ifodalay oladi.
Axborot bilan ishlash kompetensiyasi:
B1: turli axborot manbalaridan kerakli ma’lumotlarni mustaqil ravishda izlab topa oladi, saralaydi, tahlil qiladi hamda qayta ishlay oladi; axborot xavfsizligi qoidalarini biladi, rioya qila oladi va ulardan samarali foydalana oladi.
B1+: fizika qonunlarini boshqa fanlardagi axborotlar bilan mantiqiy bog‘lay oladi.
Do'stlaringiz bilan baham: |