Mohiyati va ahamiyati


Merkantilizm to'g'risidagi mulohazalar»



Download 33,22 Kb.
bet6/6
Sana29.12.2021
Hajmi33,22 Kb.
#77940
1   2   3   4   5   6
Bog'liq
MAVZU

Merkantilizm to'g'risidagi mulohazalar» va «Bandlik, foiz va pulning umumiy nazariyasi» (1936y.) nomli asarlarida merkantilizmning ayrim g'oyalarini qo'llaydi, unda «amaliy donolik» kurtaklari borligi ta'kidlanadi. Eksportning importdan ko'pligi, oltinlarning oqib kelishi esa pulga taklifni kuchaytirib, foiz stavkalarini pasaytiradi va shu bilan investisiya va bandlikni rag'batlantiradi. Keyns shularni «merkantilizm doktrinasidagi ilmiy haqiqat urug'lari» deb ataydi.

Umuman, J.M.Keyns mavjud sharoitlarda klassik maktab aqidalari ish bermasligini ta'kidlaydi, hozirgi til bilan aytganda bozor munosabatlari avtomatik ravishda barcha ziddiyatlarni hal eta olmaydi, shu sababli davlatning iqtisodiyotga faol ishtirok etishi taklif etiladi (bular haqida to'la ma'lumot maxsus boblarda beriladi).

Keyns o'zini merkantilistlar bilan yaqinlashtiruvchi to'rt sohani berdi:

1. Merkantilistlar mamlakatdagi pul massasini oshirishga intilib, ssuda foizini pasaytirish va investisiyalarni rag'batlantirishni o'ylaganlar;

2. Merkantilistlar baholar oshuvidan qo'rqmaganlar va yuqori baholar savdo va ishlab chiqarishni kengaytirishni rag'batlantirgan. Keynsning fikricha, «mo''tadil inflyasiya» iqtisodiy faollikni qo'llab-quvvatlaydi;

3. Merkantilistlar «pulning etishmasligi ishsizlikning sababchisi ekanligi» to'g'risidagi tushunchaning asoschilari bo'lganlar.

Keynsning fikricha, bank va davlat byudjeti kamomadini kredit ekspansiyasini oshirish yo'li bilan pul miqdorini oshirish ishsizlikka qarshi kurashishda muhim qurol bo'lishi mumkin. Ishsizlik bir qancha ob'ektiv sabablarga bog'liq edi, masalan agrar sohada u ko'pincha mavsumiy edi, ya'ni qishloq xo'jaligi ishlarining tugashiga yoki kam hosilli yillarga to'g'ri keladi. Hatto sanoatda ham bu holat qayd etiladi, ya'ni daryodagi kishki muzlar yoki bahorgi toshkinlar suv tegirmonlarini to'xtatib qo'yganidek;

4. Merkantilistlar o'z siyosatlarining milliy xarakteri va uning urushlar ochish yo'nalishini ochiqdan-ochiq namoyon qiladilar. Keyns proteksionizm mazkur mamlakatda ishsizlik muammosini hal etishga yordam bera oladi, deb hisoblagan va iqtisodiy millatchilik tarafdori bo'lgan.

Bunga yana bir masalani, beshinchi moddani ham qo'shmoq kerak, chunki davlat bu holatda iqtisodiyotda muhim rol o'ynaydi. Buni Keyns o'z-o'zidan ravshan narsa deb tushungan bo'lsa ehtimol.

Ma'lumki, asrimizning 60-70 - yillari mustamlakachilik tizimining emirilishi va ko'plab yangi mustaqil davlatlarning vujudga kelish davri hisoblanadi. Bu davrda «nomerkantilizm» g'oyalari ilgari surilmoqda. sh, rivojlanayotgan davlatlarning ko'pchiligida iqtisodiyotda davlat sektorining kattaligi, xalq xo'jaligida reja va dasturlar mavjudligi, milliy sanoatni bojxona tariflari bilan himoya qilish va boshqa choralar «nomerkantilistik» hisoblanadi. Ikki tomonlama savdo shartnomalari, davlat zayomlari yo'li bilan industrializasiyani moliyalash, baholarni tartibga solish va monopoliyalar daromadini cheklash ham shu ta'limotga to'g'ri keladi.

90-yillarda boshlangan, ilgarigi sosialistik rivojlanish yo'lidan borayotgan davlatlarning bozor munosabatlariga o'tish davridagi iqtisodiy siyosati ham ko'p jihatdan yuqorida keltirilgan holatlarga juda o'xshashdir. Ayniqsa, tadrijiy (evolyusion) yo'lni tanlagan davlatlarda bu siyosat ancha kuchlidir (bu to'g'rida kerakli ma'lumotlar mazkur boblarda beriladi). Shu sababli merkantilizm ta'limotini har tomonlama o'rganish ham nazariy, ham amaliy ahamiyat kasb etadi.



XULOSA

XV asr oxiri - XVIII asrlar davomida yangi iqtisodiy ta'limot - merkantilizm va u bilan bog'liq siyosat paydo bo'ldi. Bu ta'limot bo'yicha millat (xalq) boyligining asosi muomala sohasida yuzaga keladi (avvalgi qarashlardan prinsipial farq qiladi).

Bu ta'limotda ikki davrni ajratish mumkin:

1. Ilk merkantilizm yoki monetarizm (ya'ni pul degani) XV-XVI asrlarda (qisman XVII asrda) mavjud bo'ldi va boylik asosan oltin, kumush va boshqa qimmatbaho javohirlardan iborat bo'ladi, degan g'oyani ilgari surdi. Shunga oid siyosat ham olib borilgan, unda chetdan imkoni boricha ko'proq nodir metallar keltirish va ularni chetga kamroq chiqarish targ'ib qilingan.



2. Rivojlangan merkantilizm ta'limotida boylik savdo-sotiq sohasida savdo balansi asosida yuzaga kelgan, imkoni boricha ko'proq eksport qilish va mumkin qadar kamroq import qilish g'oyasi ilgari surilgan. Merkantilizmning ayrim mamlakatlardagi ko'rinishi milliy xususiyat kasb etgan, ayniqsa Fransiyada kolbertizm, Germaniyada kameralistika shakllari yaxshi ma'lum. Bu ta'limot yangi tug'ilayotgan jamiyat - kapitalizm rivoji uchun ijobiy progressiv xarakterga ega bo'ldi. Kapitalning dastlabki jamg'arilishiga imkon yaratdi, mustamlakachilik tizimini qo'llab-quvvatladi, tovar-pul muomalasi rivojiga olib keldi, moliya tizimining rivoji tufayli iqtisodiyot jonlandi. Merkantilizm ta'limotida davlat iqtisodiyotga faol ishtirok etishi shart, shunga oid iqtisodiy siyosat ham yuzaga keldi. Merkantilizm tarixan cheklangan bo'lsa ham (u XVIII asrda to'g'ri va qattiq tanqidga uchradi), ta'limotlar tarixidan munosib o'rinni egallaydi. Lekin bu ta'limot va unga asoslangan siyosatni to'la amalga oshirish qanday oqibatlarga olib kelishi mumkinligi Jon Lo tajribasidan ma'lum. Merkantilizm moliya tizimi va savdo rivojiga muhim hissa qo'shdi.
Download 33,22 Kb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   2   3   4   5   6




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©hozir.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling

kiriting | ro'yxatdan o'tish
    Bosh sahifa
юртда тантана
Боғда битган
Бугун юртда
Эшитганлар жилманглар
Эшитмадим деманглар
битган бодомлар
Yangiariq tumani
qitish marakazi
Raqamli texnologiyalar
ilishida muhokamadan
tasdiqqa tavsiya
tavsiya etilgan
iqtisodiyot kafedrasi
steiermarkischen landesregierung
asarlaringizni yuboring
o'zingizning asarlaringizni
Iltimos faqat
faqat o'zingizning
steierm rkischen
landesregierung fachabteilung
rkischen landesregierung
hamshira loyihasi
loyihasi mavsum
faolyatining oqibatlari
asosiy adabiyotlar
fakulteti ahborot
ahborot havfsizligi
havfsizligi kafedrasi
fanidan bo’yicha
fakulteti iqtisodiyot
boshqaruv fakulteti
chiqarishda boshqaruv
ishlab chiqarishda
iqtisodiyot fakultet
multiservis tarmoqlari
fanidan asosiy
Uzbek fanidan
mavzulari potok
asosidagi multiservis
'aliyyil a'ziym
billahil 'aliyyil
illaa billahil
quvvata illaa
falah' deganida
Kompyuter savodxonligi
bo’yicha mustaqil
'alal falah'
Hayya 'alal
'alas soloh
Hayya 'alas
mavsum boyicha


yuklab olish