Modul chorvachilik va parrandachilikda qo’llaniladigan mashina va dastgohlardan foydalanishda xavfsizlik chora-tadbirlari



Download 1,61 Mb.
Pdf ko'rish
bet2/3
Sana10.03.2020
Hajmi1,61 Mb.
#41972
1   2   3
Bog'liq
8 maruza 2016 may


Tormoz 

qurilmalari. 

Mashina 


va 

uskunalarning 

harakatlanayotgan 

(aylanayotgan) elementlarini tez va asta-sekin to’xtatish uchun tormozlash uskunalari 

ishlatiladi.  Bundan  tashqari,  ular  mashinalarni  qiyaliklarda  tutib  turish,  ko’tarilgan 

yukning o’z-o’zidan pastga tushib ketishidan saqlash maqsadlarida ham ishlatiladi.  

Transport  vositalarining  tormozlash  uskunalariga  yuqori  darajali  talablar 

qo’yiladi.  Masalan,  g’ildirakli  traktorlarning  tormozlash  qurilmalari  traktorning 

og’irligi 4 tonnagacha bo’lganda 20km boshlang’ich tezlikda tormoz berilganda quruq 

beton yo’lda traktorni tormoz yo’li 6m dan ko’p bo’lmasligi lozim. To’xtatib qo’yish 

tormozining  samaradorligi  mashinalarning  36%  (20°)  ko’tarilish  yoki  tushishda 

ishonchli tutib turishiga qarab aniqlanadi. 

 

 

 



 

    


 

 

 



 

                                  a)                                                           b) 

 

8.2-rasm. Mexanik yuritmali tormoz (a) va  to’xtatgich (b) tuzilishi 



 

Mexanizmlar 

yoki 

ularning 



qismlarini 

muayyan 


holatda 

ishonchli 

mahkamlashni ta’minlash  uchun blokirovka vositalaridan keng foydalanadilar.  

 

 



 

 

 



                                

 

 



 

 

 



 

 

 



 

 

 



8.3-rasm. Yechiluvchan himoya to’siqlarni                                8.4-rasm. Transport vositalari                        

 blokirovkalash sxemasi                                                            uzatish qutilarida blokirovka sxemasi                          

 A - mashina yoki uskuna korpusi;                                            A -ilashish muftasi qo’shilgan holda;                           

 B  - to’siq korpusi;                                                                    B -ilashish muftasi qo’shilgan holda  

 1 – elektr tarmoq o’tkazgichlari; 2 - metall                              1 - pedal ; 2 – blokirovka tortgichi;       

   skoba; 3 – himoyalovchi kolodka.                                          3 - blokirovka uskunasi vali.                          

 

      


Mashina  va  uskunalar  hamda  texnologik  komplekslarda  mavjud  talablardan 

kelib chiqqan holda halokat holatidagi ish rejimiga mo’ljallangan himoya uskunalari 

bo’lmasa, bunday mashina ishga yaroqli emas deb hisoblanadi. Himoya uskunalarining 

ishlashi mashina va uskunalar hamda texnologik komplekslarda nazorat qilish omillari 

(zo’riqish,  bosim,  harorat  va  h.k.)  ruxsat  etiladigan  chegaradan  oshib  yoki  tushib 

ketganda avtomatik to’xtatadi.) 

Barcha himoya qurilmalari to’rt guro’hga  bo’linadi: 

  mexanik zo’riqishlardan saqlovchilar (turli xil  muftalar, kesilib       ketadigan 

boltlar, shtiftlar va b.); 

  mashina  qismlarining  belgilangan  gabaritdan  chiqishini  saqlovchilar  (yuk 

ko’tarish mexanizmlarining chetki uzib-ulagichlari, ular mashinaning ish organi 

yoki mexanizmning siljishini cheklab turadi); 

  bosim  yoki  haroratning  ko’tarilib  ketishidan  saqlovchilar  (konstruktsiyasi 

turlicha  bo’lgan  klapanlar,  ular  idishdagi  bosim  ortib  ketganida,  traktorning 

gidrotizimida moy, avtomobil va traktorning tormozlash tizimida havo bug’ing 

harorati, qozon uskunasida suv ko’payib ketganda ochiladi va h.k.);  

  elektr tok kuchining ruxsat etiladigan chegaradan ortib ketishidan saqlovchilar 

(elektr  tarmoqlaridagi  eruvchan  saqlagichlar,  avtomatik  uzib-ulagichlar, 

buzilgan elektr uskuna, asbob va boshqalarni tarmoqdan uzib qo’yadi). 

Zamonaviy barcha turdagi ishlab chiqarish uskuna va texnik vositalarida  sodir bo’lgan 

yo sodir bo’lishi mumkin bo’lgan xavflardan himoyalash uchun signalizatsiyadan keng 

foydalaniladi. Vazifasiga qarab signalizatsiyalar: 

  ogohlantiruvchi (mehnat xavfsizligiga rioya qilish to’g’risida ogohlantiradi, 

transport vositalarining harakatini boshqarish); 



  halokat haqida (xavfli ish tartibi sodir bo’lganligi to’g’risida) xabar beruchi; 

  nazoratlovchi (ishlab chiqarish jarayonidagi harorat, bosim, suyuqlik miqdori 

va boshqalarni nazorat etish); 

   gaplashishga oid (bir mexanizm yoki agregatga xizmat ko’rsatuvchi, bir 

guro’h odamlar bilan operativ, ovozli va ko’rish signallarini shartli 

bog’lanishlaridir). 

 

 

 



 

 

 



 

 

 



 

 

                                          



 

 

 



      8.5-rasm. Yuk ko’tarilishini cheklash sxemasi                  8.6-rasm.  Saqlovchi klapan sxemasi 

        1,4 – planka; 2- kronshteyn; 3- cheklagich;                   1-rostlovchi bolt; 2- prujina; 3-klapan 

        5-vilka; 6-tortqich;  7--yuk arqoni. 

         

      

 

Tuzilishi jihatdan yorug’lik beruvchi,  maxsus ovoz beruchi va turli rangli va belgili 



signalizatsiyalardan  keng  foydalanadilar.  Yorug’lik  signalizatsiyalari  transport 

vositalarida xavfsizlik vositasi sifatida keng foydalaniladi.  

 

 

 



 

 

 



      

 

 



8.7-rasm. Turli xavflardan ogohlantiruvchi tovushli va rangli signalizatsiyalar  

 

Bundan tashqari mehnat xavfsizligini ta’minlash maqsadida turli xil belgilardan 



ham  keng  foydalanadilar.  ГОСТ    12.4.026-76  ga  asosan  mehnat  xavfsizligini 

ta’minlovchi belgilar to’rt guro’hga, ya’ni taqiqlovchi, ogohlantiruvchi, buyuruvchi va 

ko’rsatuvchi belgilar turiga bo’linadi. 

      


Taqiqlovchi belgilar qandaydir harakatni taqiqlaydi  va hoshiyalari qizil rangda 

bo’lib,  aylana  shakliga  ega  (ochiq  olovdan  foydalanishni,  transport  yoki  yo’lovchi 



harakatini, harakat tezligini taqiqlaydi va boshq.). 

 

 



      

 

 



 

 

 



 

 

 



 

 

 



 

8.8-rasm. Taqiqlovchi belgilar     

 

Ogohlantiruvchi  belgilar  oldinda  xavf  borligi  to’g’risida  (portlash,  o’t  olish, 

elektr tokidan jarohatlanish, qandaydir buyumlarning tushib ketishini va boshq.) xabar 

beradi va uchburchak shaklida bo’lib sariq rangda bo’yaladi. 

 

 



 

 

 



 

 

 



 

 

 



8.9-rasm. Ogohlantiruvchi belgilar turlari    

 

      


 

 

 



 

 

 



 

 

 



 

 

8.10-rasm. Buyuruvchi  belgilar 



 

Buyuruvchi  belgilar  ko’k  rangli    aylana  shaklida  bo’lib,  belgida  ko’rsatilgan 

shakl  asosida,  ish  jarayonini  bajarishda  xavfsizlik  vositalaridan  foydalangan  holda 

amalga oshirishni buyuradi.  

Ko’rsatuvchi  belgilar  ko’k  rangli  to’rtburchak  shaklida  bo’lib  asosan 

informatsion  xarakterga  ega  belgidir.    Ko’rsatuvchi  belgilar  korxonadagi  har  xil 

ob’ektlarni joylashgan joyini ko’rsatadi. 

 

 

  

 

 



 

 

 



 

8.11-rasm. Ko’rsatuvchi  belgilari 

 

Bundan tashqari jamoat va ishlab chiqarish binolarida turli xavfli holatlar yuzaga 



kelganda,  ishchi-xodimlarning  binoni  xavfsiz  yo’laklar  orqali  tark  etishlari  uchun 

evakuatsiya,  yong’in  xavfi  tug’ilganda,  yong’inni  birlamchi  o’chiruvchi  vositalar 

joylashgan joylarni ko’rsatuvchi-yong’in xavfsizligi belgilari ham mavjud bo’lib, bu 

belgilar bevosita yo’laklar yoki vositalar joylashgan joylarda osib qo’yiladi.  

 

 

 



 

 

 



 

 

 



 

8.12-rasm. Evakuatsiya  belgilari 

 

  

 



 

 

 



 

 

 



 

 

8.13-rasm. Yong’in xavfsizligi  belgilari 



 

Masofadan  turib  kuzatish  va  boshqarish  shu  sharoitlarda  olib  boriladiki, 

operatorni ish doirasida xavfsizlik nuqtai nazaridan yoki texnologik sabablarga ko’ra 

mumkinmasligi,  shuningdek  ishlab  chiqarishni  kompleks  mexanizatsiyalash  va 

avtomatlashtirish  sharoitida  samarasizdir.  Masofadan  kuzatish  maxsus  datchiklar, 

signalizatorlar,  teleekranlar  va  nazorat-o’lchov  asboblari  orqali  olib  boriladi. 

Masofadan  turib  boshqarish  esa  elektr,  pnevmatik,  mexanik,  gidravlik  va  boshqa 

uzatmalar  orqali  olib  boriladi.  Mikrojarayonlar  avtomatik  boshqarish  tizimlari, 

elektron-hisoblash mashinalarida bajariladi. 

Avtomatik  ulash  qurilmalari  traktorni  tirkama  yoki  osma  mashinalar  bilan 

avtomatik  ulashni  ta’minlab  beradi.  Avtomatik  ulashlarni  keng  miqyosda  ishlab 

chiqarishga tatbiq etilishi mashinalar agregatlardan sodir bo’ladigan jarohatlanishlarni 

butunlay yo’qotadi. 

      

Ishlab  chiqarishda  texnologik  jarayonlarni  bajarishda,  tashkil  qilishda  va 



loyihalashda ГОСТ  12.3.502-75 va TS 46.0.141-83 quyidagilarni inobatga olish shart 

deb belgilaydi: 

 

ishchilarni  xavfli  va  zararli  ta’sir  ko’rsatishi  mumkin  bo’lgan  dastlabki 



materiallar,  yarim    mahsulotlar  va  chiqindi  ishlab  chiqarilishi  bilan  bevosita 

aloqasini yo’qotish; 

  xavfli  va  zararli  ishlab  chiqarish  omillari  mavjud  joylarni  kompleks 



avtomatlashtirish hamda mexanizatsiyalash; 

 



texnologik  jarayonlarda  nazorat  va  boshqarish  tizimini  o’rnatish    maqsadga 

muvofiqdir. 

      

Ishlab chiqarish chiqindilarini o’z vaqtida zararsizlantirish va chiqarib tashlash,  



xavfli va zararli ishlab chiqarish omillarini kishilar organizmi va atrof muhitga ta’sirini 

kamaytirishga  olib  keladi.  Materiallarni,  tayyor  mahsulotni  va  ishlab  chiqarish 

chiqindilarini  saqlaganda,  xavfli  ishlab  chiqarish  omillarining  sodir  bo’lishidan 

himoyalanish kerak. 

      

Uzluksiz  ishlab  chiqarish  jarayonlarining  xavfsizligini,  uskunalarni  to’g’ri 



joylashtirish va ish joylarini oqilona tashkil qilish bilangina ta’minlash mumkin.  

      


Ishlab 

chiqarishda 

ishlashga 

ruxsat 


etilgan 

shaxslarning 

jismoniy 

imkoniyatlarini  va  mehnat  xususiyatlarini  hisobga  olish  shart.  Xizmat  qiluvchi 

xodimlar  bajarayotgan  ishlariga  muvofiq  mehnat  xavfsizligi  bo’yicha  kasbiy 

tayyorgarlikdan o’tgan bo’lishi lozim. 

 

8.2 Transport va boshqa turdagi o’ziyurar vositalardan foydalanishda xavfsizlik 

talablari

 

 

      

Yukni ortish yoki tushirishga qadar yuk ko’taruvchi vositalarning mustahkam va 

turg’unligi,  ularning  yuk  ko’taruvchanligi,  ko’tariladigan  yukka  muvofiq  kelish-

kelmasligi, arqon, sim arqon va himoya to’siqlarining holatini tekshirish lozim. 

     Qishloq xo’jaligida yuklar xavflilik darajasi bo’yicha 5 guro’hga bo’linadi:  

  kam xavfli (qurilish, sabzavotlar va boshq.); 

  yonilg’i (moy, benzin va boshq.); 

  issiq va changlanuvchi (asfalt, mum, sement va boshq.); 

  agressiv suyuqliklar (kislotalar, ishqorlar va boshq.); 



  gazsimon tez portlovchi va o’ta tez yonuvchi materiallar (atsetilen va  

kislorodli gaz ballonlari, paxta tolasi va mahsulotlari). 

     Massasiga qarab yuklarni uch toifaga ajratish mumkin:  

  80 kg gacha; 

  80 dan 500 kg gacha; 

  500 kg dan og’ir bo’lgan yuklar. 

      

Yuklar  ko’pincha  qoplarda,  savatlarda,  karton  qutilarga,  bochkalarda  ortib 



tashiladi. Ortish usuli tashiladigan yukka va yuk ko’taradigan mashinalar yoki boshqa 

vositalarning  bor-yo’qligiga  bog’liqdir.  Qishloq  xo’jaligidagi  jarohatlarning  35%  ga 

yaqini  transportda  ish  bajarganda  sodir  bo’ladi.  Yuklarni  qo’lda  ortish  va  tushirish 

faqat muvaqqat maydonchalarda ruxsat etiladi. Bunday holda erkaklar ko’pi bilan 50 

kg, ayollar esa ko’pi bilan 9 kg, 18  yoshgacha bo’lgan  o’smirlar ko’pi bilan 13 kg, 

o’smir qizlar ko’pi bilan 7 kg yuk ko’tarishlariga ruxsat etiladi. 

      

Chang bo’ladigan yuklarni ortish va tashishda haydovchilar, yuk tashuvchilar, 



albatta,  himoya  ko’zoynaklari  va  respiratorlardan  foydalanishlari  kerak.  Chang 

bo’ladigan  yoki  badbo’y  hidli  yuklar  brezent  bilan  yopiladi.  Bochka  yoki  shunga 

o’xshash  yuklarni  ortishda  maxsus  ponalardan  foydalaniladi.  Transport  harakati 

vaqtida yuklar siljimasligi uchun tashishga tayyorlangan yuklar arqonlar bilan bog’lab 

mahkamlab qo’yiladi. Uzun yuklar alohida e’tibor bilan mahkam bog’lanishi  lozim. 

Yonilg’ini  avtosisternalarda  va  metall  bochkalarda  tashishga  ruxsat  etiladi.  Siqilgan 

kislorod,  atsetilen  va  boshqa  yonuvchi  gazlar  solingan  ballonlarni  tashishda  ular 

kuzovlarga  yog’ochdan  yasalgan  uyali  maxsus  tagliklarga  joylashtiriladi  va 

mahkamlab qo’yiladi, bu tagliklar  namat bilan  o’ralgan bo’lishi kerak. Yonilg’i gaz 

to’ldirilgan ballonlarni kislorodli ballonlar bilan birgalikda, kislorodli ballonlarni esa 

moyli  moddalar  va  moylar  bilan  birgaliqda  tashish  mumkin  emas.  Hamma 

ballonlardagi  ventillarni  shikastlanish  va  ifloslanishdan  saqlash  uchun  qopqoqlar 

bo’lishi kerak. Yoz kunlarida ballonlar qizib ketmasligi uchun brezent bilan o’raladi. 

      


Ortilgan  yukning  yerdan  baland  qismigacha  bo’lgan  oraliq  3,8  m  dan  ortiq 

bo’lmasligi,  eni  2,5  m  dan  ortmasligi,  transport  orqasidan  2  m  dan  ko’p  chiqib 

turmasligi kerak . Agar yuk yoki tashilayotgan qishloq xo’jaligi mashinasining massasi 

juda  og’ir,  balandligi  yoki  gabaritda  belgilangan  o’lchamdan  katta  bo’lsa,  u  holda 

bunday  yukni  tashish  uchun  yuk  olingan  yerdagi  DAN  dan  ruxsat  olish  zarur. 

Ruxsatnomada  harakat  vaqti  va  marshrut  ko’rsatiladi.  Agar  bunday  yuk  bilan  temir 

yo’l orqali o’tiladigan bo’lsa, temir yo’l muassasasidan qo’shimcha ruxsatnoma olish 

zarur.  Agar  yuk  enining  oxirgi  nuqtasi  bilan  oldingi  yoki  ketingi  gabarit  chiroqlari 

orasidagi  oraliq  0,4  m  dan  ortiq  bo’lsa,  transport  vositasi  gabaritidan  1  m  dan  ortiq 

chiqib qolgan yuklar kunduz kuni signalli taxtachalar yoki bayroqchalar bilan, tunda 

va  kunduz  kuni  ko’rish  yomonlashgan  vaqtda  yoqilgan  chiroqlar  bilan  belgilanishi 

lozim. Agar tirkama dishlosi transport  orqasidan 1m dan  ortiq chiqib qolsa, unga  va 

egiluvchan  shatak  zvenosiga  ham  shunday  belgi  qo’yiladi.  Signalli  taxtachalar    va 

bayroqchalarning  o’lchami  400x400  mm  bo’lishi  kerak.  Ularning  o’ng  va  teskari 

tomonlariga  qarama-qarshi  diagonal  bo’yicha  eni  50mm  keladigan  qilib,  qizil  va  oq 

yo’llar  oralatib  chiziladi.  Og’ir  yuk  tashiydigan  tirkama-mashinalarga  hamda  yuk 

mashinalariga  ortish  va  ularni  tashish  ishlari  ma’muriyat  vakilining  kuzatuvida  olib 

borilishi kerak.  



O’zbekiston Respublikasi Adliya va Ichki ishlar vazirligi tomonidan ishlab 

chiqkan va  O’zbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasining 2000 yil 11 

dekabrdagi 472-son qarori bilan tasdiqlangan va 2001 yil 1 martdan etiboran 

amalga kiritilgan «Yo’l Harakati Qoidalari»ga  asosan  quyidagilar ko’rsatib 

o’tilgan: 

 

26.Yuk tashish 

 

26.1.Tashilayotgan  yukning  vazni  va  o’qlarga  tushadigan  og’irlik  miqdorining 

taqsimlanishi  transport  vositasini  ishlab  chiqargan  korxona  tomonidan  belgilan-

gan miqdordan oshmasligi kerak. 

 

26.2.Haydovchi  harakatni  boshlashdan  oldin  yukning  to’g’ri  joylashganligi  va 

mahkamlanganligiga ishonch hosil qilishi, harakatlanish vaqtida esa yukning tushib 

ketmasligini va harakatlanishga xalaqit bermasligini ta’mimlash maqsadida uning 

holatini kuzatib borishi kerak. 

 

26.3.Quyidagi shartlarga amal qilinganda yuk tashishga yo’l qo’yiladi: 

haydovchiga tevarak-atrof ko’rinishini cheklamasa; 

transport vositasini boshqarishni qiyinlashtirmasa va muvozanatini 

buzmasa; 

 

tashqi yoritish asboblari va yorug’lik qaytargichlarini davlat raqami  

belgilarini va taniqlik belgilarni, shuingdek, ishoralarni va qo’l bilan  

beriladigan ishoralarni ko’rishni to’smasa; 

 

shovqin solmasa, chang ko’tarmasa, yo’lni va atrof-muhitni iflos qilmasa. 

Agar  yukning  joylashuvi  va  holati  qayd  etilgan  talablarga  javob  bermasa, 

haydovchi  yuqorida  sanab  utilgan  qoidalar  buzilishini  bartaraf  etish  choralarini 

ko’rishi, uning iloji bo’lmasa, bundan keyingi harakatlarni to’xtatishi shart. 

 

26.4.Transport  vositasining  gabaritlaridan  oldi  yoki  orqa  tomonga  1  metrdan, 

gabarit chiroqlarining chetki qismidan 0,4 metrdan ortiq chiqib turgan yuk ushbu 

Qoidalarning  28.3  bandiga  muvofiq,  «Katta  o’lchamli  yuk»  belgisi  bilan 

belgilanishi,  qorong’i  vaqtda  va  etarlicha  ko’rinmaydigan  sharoitda  esa  bunga 

qo’shimcha qilib, oldi oq chiroq yoki yorug’lik qaytargich, orqasi esa qizil chiroq 

yoki yorug’lik qaytargich bilan belgilanishi kerak. 

 

26.5.O’ta og’ir, katta o’lchamli va xavfli yuklarni tashish, gabarit o’lchamlari yukli 

yoki yuksiz holda eni 2,5 metrdan va balandligi yo’l sathidan 4 metrdan, uzunligi 

bitta tirkama bilan 20 metrdan ortiq bo’lgan yoxud yuki transport vositasining orqa 

nuqtasidan 2 metrdan ortiq chiqib turgan transport vositalarining, ikki yoki undan 

ortiq  tirkamalik  avtopoyezdlarning  harakatlanishi  uchun  DAN  organlarining 

ruxsatnomasi bo’lishi kerak. 

 

Ayniqsa transport vositalari, uziyurar shassi va qishloq xo’jaligi agregatlarini ish 

jarayonida vujudga keladigan xavfli omillardan biri, bu bo’ylama va yonbosh qiyalikda 

harakatlanganda ularning bo’ylama va yonaki turg’unligidir (6.20-rasm). 

      

Transport  vositalari,  uziyurar  shassi  va  qishloq  xo’jaligi  agregatlarini 



ko’ndalang  turg’unligini  oshirish  uchun  ularning  g’ildiraklar  oralig’i  mumkin  qadar 

kengaytiriladi  yoki  mazkur  traktorga  tirkaladigan  standart  tirkamalar  g’ildiraklari 



oralig’iga  teng  qilib  o’rnatiladi.  T-28x4M  va  MTZ-80  traktorlarida  yo’l  tirqishi 

kamaytiriladi. 



 

 

 

 

 

 

 

 

 

 

 



 

 

 



 

 

 



 

    8.14-rasm.Transport vositalarida yuklarni tashishda o’lchamlar chegarasi va xavfsizligi  

 

 

 



 

 

 



 

 

 



 

 

 



 

 

8.15-rasm. Yuk tashish mashinalarini odamlarni  tashish uchun jihozlash 



 

      


Umumiy  ishlarni  bajaradigan  traktor  va  kombaynlar  8-9°dan  oshmaydigan 

qiyaliklarda  ishlashlari  mumkin.  Umumiy  ishlarni  bajaradigan  traktor  va  o’ziyurar 

mashinalarda  qiyaligi  tik  bo’lgan  tog’lik  joylardagi  hududlarda  dala  ishlarini  tunda 

bajarish mumkin emas. Tog’li joylarda maxsus moslangan mashina-traktor agregatlari 

bilan  ishlashga  ruxsat  etiladi.  Agregatlar  qiyalikda  yoki  tog’  yonbag’rida  keskin 

tormozlantirmasdan past uzatmalarda ishlashiga ruxsat etiladi. Traktor qiyalik bo’ylab 

harakat qilayotganida uzatmani uzib qo’yishga ruxsat etilmaydi, g’ildirakli traktorlarda 

tormoz  pedallari  blokirovka  qilingan  bo’lishi  lozim.  Agar  traktor  yoki  kombaynni 



qiyalikda to’xtatish zarur bo’lsa, bunda qo’l tormozidan foydalanish, g’ildirak ostiga 

pona-tirgak  yoki  tormoz  boshmoqlarini  qo’yib,  traktorni  qat’iy  to’xtatib  qo’yish, 

dvigatel ishlamayotgan bo’lsa, past uzatmani  yoki orqaga  yurgizish uzatmasini ulab 

qo’yish maqsadga muvofiqdir. 

      

Odamlarni  transport  vositalarida  tashishda  haydovchi  yo’lga  chiqishdan  oldin 



yo’lovchilarga  mashinaga  chiqish  va  mashinadan  tushish  qoidalari  hamda  transport 

harakati vaqtida o’zlarini qanday tutishlari to’g’risida yo’l-yo’riq berishi lozim. Uch 

yil  uzluksiz  malakaga  ega  bo’lgan  haydovchigina  avtomobil  kuzovida  odamlarni 

tashishga ruxsat etiladi. Kuzovdagi yo’lovchilardan biri javobgar qilib tayinlanadi va 

uning  ism-sharifi  yo’l  varaqasiga  yoziladi.  Transport  yurib  ketayotgan  vaqtda 

yo’lovchilarga  bortlarda  o’tirish  man  etiladi.  Yo’lovchilar  bo’lgan  avtomobillarning 

tezligi  soatiga  60  km  dan  oshmasligi  lozim.  Yo’lovchilarni  tashish  uchun 

mo’ljallangan  yuk  avtomobilining  kuzovini  bortlarining  yuqori  kismidan  150  mm 

pastga  o’rnatilgan  o’rindiqlar  bilan  jihozlash  zarur              (6.19-rasm).  Orqadagi  va 

yonlardagi  o’rindiqlar  mustahkam  suyanchiqli  bo’lmog’i  lozim.  Bunday 

avtomobillarda dvigatel gaz chiqish quvurlari kuzovdan tashqarida bo’lishi kerak.  

 

O’zbekiston Respublikasi Adliya va Ichki ishlar vazirligi tomonidan ishlab 



chiqilgan va  O’zbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasining 2000 yil 11 

dekabrdagi 472-son qarori bilan tasdiqlangan va 2001 yil 1 martdan etiboran 

amalga kiritilgan «Yo’l Harakati Qoidalari»ga  asosan  quyidagilar ko’rsatib 

o’tilgan: 

 

25.Odam tashish 

 

25.1  .Yuk  aatomobilining  yukxonasida  odam  tashish  «C»  toifasidagi  transport 

vositalarini boshqarish huquqiga ega bo’lgan, odamlar soni kabinadagilarni ham 

qo’shib  hisoblaganda  8  nafardan  ortiq  bo’lganda  esa  «C»  va  «D»  toifasidagi 

transport vositalarini boshqarish huquqiga ega bo’lgan va shu toifadagi transport 

vositalaridan  birini  3  yildan  ortiq  boshqargan  haydovchilar  tomonidan  amalga 

oshirilishi kerak. 

Eslatma:  Harbiy  haydovchilarning  yuk  avtomobillarda  odam  tashishiga  yo’l 

qo’yish Mudofaa vazirligi tomonidan belgilangan tartibda amalga oshiriladi. 

 

25.2.Odam  tashish  uchun  mo’ljallangan  yuk  avtomobili  yukxonasi  bortining 

balandligidan  30  santimetr  pastda  joylashgan  o’rindiqlar  bilan  jihozlanishi,  ikki 

yon va orqa bortdagi o’rindiqlar mustahkam suyanchiqga ega bo’lishi kerak. 

25.3.Tashiladigan odamlar soni jihozlangan o’rindiqlar sonidan oshmasligi kerak. 

 

25.4.Harakatni  boshlashlan  oldin  haydovchi  yo’lovchilarga  avtomobilga  chiqish, 

undan tushish va unga joylashish tartibi haqida tushuntirish berishi kerak. 

Haydovchi  harakatni  boshlashdan  oldin  yo’lovchilarni  xavfsiz  tashish  sharoiti 

taminlanganligiga ishonch hosil qilishi kerak. 

 

25.5.Odam tashishga moslashtirilmagan yuk avtomobillarining yukxonasida faqat 

yukni olish uchun borayotgan yoki uni kuzatib borayotgan shaxslarning bo’lishiga 

yo’l  qo’yiladi,  bunda  ular  bortlardan  pastda  joylashgam  o’rindiqlar  bilan 

ta’minlanishlari kerak. 

 

25.6.Avtobuslarda yoki furgon-yukxonali yuk avtomobillarida bolalarni tashishda 

katta yoshli kuzatib boruvchi shaxs, bortli yuk avtomobilining kuzovida tashishda 

esa  kamida  ikki  nafar  katta  yoshli  kuzatib  boruvchi  shaxs  bo’lishi  shart.  Bunday 

transport vositalarining oldi va orqa tomoniga «Bolalar guro’hini. tashish» taniqlik 

belgisi o’rnatilishi kerak. 

Bolalarni yuk avtomobillarida tashishda esa ushbu talablarga qo’shimcha ravishda 

bort balandligi 1 (bir) metrdan kam bo’lmasligi kerak. 

 

25.7.Haydovchi transport vositasi to’la to’xtagandan keyin odamlarni tushirishi va 

chiqarishi,  eshiklar  yopilgandan  so’nggina  harakatlanishni  boshlashi  va  to’la 

to’xtamaguncha ularni ochmasligi shart. 

 

25.8.Odamdarni tashish quyidagi hollarda taqiqlanadi: 

avtomobilning kabinasidan tashqarida (bortli yuk yoki furgon-yukxonali  

avtomobillarda odam tashishdan tashqari); 

traktorlar va boshqa o’zi yurar mashinalar, yuk tashiladigan tirkamalar,  

tirkama-uycha, yuk mototsikllari yukxonasida; 

mototsikllarning konstruktsiyasida ko’zda tutilgan joylaridan tashqarida

12 yoshga to’lmagan bolalarni mototsiklning orqa urindig’ida, shuningdek yengil 

avtomobilga bolalarni ushlab turuvchi maxsus qurilma o’rnatilmagan bo’lsa, uning 

oldingi o’rindig’ida; 

12  yoshga  to’lmagan  bolalarni  hisobga  olmaganda  transport  vositasining  texnik 

tavsifnomasida ko’zda tutilgan miqdordan ortiq. 

Bunda  transport  vositasining  haqiqiy  vazni  uni  ishlab  chiqargan  korxona 

belgilagan ruxsat etilgan to’la vazndan ortmasligm kerak. 

 

Avtosisternalarda  va  o’ziag’dargichlarda  yoki  bortsiz  platformada,  yuk 



avtomobillarida yuklarni kuzatib boruvchi kishilar haydovchining kabinasida bo’lishi 

shart.  Yarim  tirkama  va  tirkamalarda,  kuzov  bortlari  bilan  barobar  yoki  baland 

joylashgan va bo’yiga uzun bo’lgan yuklar ustida odamlarni olib ketish qat’iyan man 

etiladi. Yonilg’i idishlarini yoki gaz ballonlarini tashishda kuzovda odam bo’lmasligi 

kerak.  Qishda  yo’llar  berkilib  qoladigan  sharoitda  istisno  tariqasida  zanjirli  traktor 

agregatlaridagi chanalarda odam tashishga yo’l qo’yiladi. 



Download 1,61 Mb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   2   3




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©hozir.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling

kiriting | ro'yxatdan o'tish
    Bosh sahifa
юртда тантана
Боғда битган
Бугун юртда
Эшитганлар жилманглар
Эшитмадим деманглар
битган бодомлар
Yangiariq tumani
qitish marakazi
Raqamli texnologiyalar
ilishida muhokamadan
tasdiqqa tavsiya
tavsiya etilgan
iqtisodiyot kafedrasi
steiermarkischen landesregierung
asarlaringizni yuboring
o'zingizning asarlaringizni
Iltimos faqat
faqat o'zingizning
steierm rkischen
landesregierung fachabteilung
rkischen landesregierung
hamshira loyihasi
loyihasi mavsum
faolyatining oqibatlari
asosiy adabiyotlar
fakulteti ahborot
ahborot havfsizligi
havfsizligi kafedrasi
fanidan bo’yicha
fakulteti iqtisodiyot
boshqaruv fakulteti
chiqarishda boshqaruv
ishlab chiqarishda
iqtisodiyot fakultet
multiservis tarmoqlari
fanidan asosiy
Uzbek fanidan
mavzulari potok
asosidagi multiservis
'aliyyil a'ziym
billahil 'aliyyil
illaa billahil
quvvata illaa
falah' deganida
Kompyuter savodxonligi
bo’yicha mustaqil
'alal falah'
Hayya 'alal
'alas soloh
Hayya 'alas
mavsum boyicha


yuklab olish