Modul bu qabul qilingan modullararo interfeyslarga muvofiq ishlab chiqilgan to'liq funktsional tizim elementi



Download 461,22 Kb.
Pdf ko'rish
bet3/3
Sana11.07.2022
Hajmi461,22 Kb.
#775577
1   2   3
Bog'liq
Operatsion tizimlar Maruza Yuldashev-конвертирован

Fragmentatsiya
hodisasining ma’nosi shundaki, multidasturlash 
sharoitlarida OXning band bo‘lgan jabhalari orasida katta bo‘lmagan erkin adres 
bo‘shliqlari «tirqishlari» qoladi. Alohida har bir bunday bo‘shliq unda navbatdagi 
foydalanuvchi masalasini butunicha joylashtirish uchun yetarli emas. Lekin bu 
bo‘shliqlar summasi operativ xotiraning muloqot uchun ajratilgan hajmining katta 
qismini tashkil qiladi. OX fragmentatsiyasi nafaqat foydalanuvchilar masalalari 
zonalari orasida, balki ularning ichida ham kuzatiladi. Agar EHM virtual xotirani, uni 
betma-bet tashkil qilishni amalga oshiradigan apparat vositalariga ega bo‘lmasa, OX 
fragmentatsiyasi HTning o‘tkazuvchanlik qobiliyatini oshirish va uning hamma 
hisoblash resurslaridan samarali foydalanish yo‘lida sezilarli to‘siq bo‘ladi. 
Dasturlarni dinamik siljitish OX fragmentatsiyasini bartaraf qilish bo‘yicha 
tadbirlarga kiradi; bunda foydalanuvchilar dasturlari muntazam ravishda masalalar 
dinamik zonasining bitta chetiga qarab, masalan OX yuqori adreslari jabhasiga, 
siljiydi; bunda quyi (kichik) adreslar jabhasida o‘z o‘lchovlari bo‘yicha yana bitta 
foydalanuvchi masalasini yuklash uchun yetarli bo‘lgan bog‘langan zona bo‘shaydi. 
Masalalar yechilishini bevosita boshqarish bo‘yicha OT imkoniyatlarini 
ta’minlaydigan dasturlar majmuasi 
masalalarni boshqarish dasturlari (monitor, 
supervizor, OT boshqaruvchi dasturi)
deb ataladi. 
OT asosiy funktsiyalaridan biri OX va TQlar orasida informatsiya almashinishini 
tashkil qilishda bo‘lganligi uchun, bu funktsiyani amalga oshirish yetarli darajada 
yirik bo‘lim – 
ma’lumotlarni boshqarish (kiritish-chiqarish supervizori, fayllarni 
boshqarish)
deb nomlanadigan bo‘lim orqali ta’minlanadi. 
* Izoh.
Bu erda va bundan keyin tashqi olib yuruvchilarda joylashgan informatsiyani 
belgilash uchun «ma’lumotlar to‘plami» yoki «fayl» atamalarini qo‘llaymiz. 


Ma’lumotlar to‘plami
– umumiy nomda birlashgan va ma’lum fizikaviy tarkibga ega 
bo‘lgan, nomlari birma-bir ko‘rsatilgan ma’lumotlar majmuasidir. 
Fayl
– bir mavzuga taalluqli, mantiqiy yozuvlardan tarkib topgan nomlari birma-bir 
ko‘rsatilgan ma’lumotlar majmuasidir. 
* Izoh.
«Fayl» tushunchasi tashqi olib yuruvchida ma’lumotlarni muayyan fizikaviy 
tashkil qilinishini nazarda tutmaydi. Bu atama informatsiyani muayyan fizikaviy 
tashkil qilishi qiziq bo‘lmagan yoki doim bir xil bo‘lgan hollarda qo‘llanadi. 
«Ma’lumotlar to‘plami» tushunchasi mantiqiy yozuvlar formatini, ularning blokirovka 
qilinishi koeffitsientini, tashkil qilinishi turini, kalit (ключ)lar, deskriptorlar, 
identifikatorlar va h.k.larni yanada aniqlashtirishni albatta nazarda tutadi. 
Istalgan OT doirasida ma’lumotlar to‘plamlari tashkil qilinishi turlarining mumkin 
bo‘lgan cheklangan soni mavjud: ketma-ket to‘g‘ri (прямая) kutubxonali va 
boshqalar. Berilgan tartibda tashkil qilingan ma’lumotlar to‘plamiga murojaat 
qilinganda OT ma’lum servis vositalarini ta’minlaydi. O‘zining ishida bu vositalardan 
birinchi navbatda dasturchilar foydalanishadi. Ba’zi OTlar ma’lumotlar to‘plamiga 
kirishni tashkil qilishda servis vositalaridan turli variantlarda foydalanish imkonini 
beradi. Odatda kirishni tashkil qilishdagi katta qulayliklar doimo ishlash qoidalarida 
katta standartlashtirishni ham bildiradi. Ma’lumotlar to‘plamini tashkil qilishning 
tanlangan turini unga kirishning u yoki bu usuli bilan birga qo‘shib olib borish 
dasturchi uchun ushbu operatsion tizimda ruxsat etiladigan kirishning muayyan 
metodini tanlashni bildiradi. Kirishning standart metodidan foydalanish TQlar bilan 
informatsiya almashinuvini tashkil qilishni ancha yengillashtiradi. Bunda informatsiya 
portsiyasini TQdan o‘qish uchun yoki unga yozish uchun foydalanuvchiga o‘z 
dasturida faqat mos makrokomandani qo‘llash kifoya, OT vositalari foydalanuvchini 
o‘z dasturi matnida TQ nomerini, ularda ma’lumotlar to‘plamlari joylashishining 
fizikaviy adreslarini va dasturni EHMning ushbu konfiguratsiyasiga mahkam 
bog‘lovchi boshqa ma’lumotlarni muayyanlashtirish zaruratidan ozod qiladi. Buning 
o‘rniga dasturchi TQning faqat mantiqiy nomini ko‘rsatishi yoki uning turini tavsiya 
qilishi mumkin.

Download 461,22 Kb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   2   3




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©hozir.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling

kiriting | ro'yxatdan o'tish
    Bosh sahifa
юртда тантана
Боғда битган
Бугун юртда
Эшитганлар жилманглар
Эшитмадим деманглар
битган бодомлар
Yangiariq tumani
qitish marakazi
Raqamli texnologiyalar
ilishida muhokamadan
tasdiqqa tavsiya
tavsiya etilgan
iqtisodiyot kafedrasi
steiermarkischen landesregierung
asarlaringizni yuboring
o'zingizning asarlaringizni
Iltimos faqat
faqat o'zingizning
steierm rkischen
landesregierung fachabteilung
rkischen landesregierung
hamshira loyihasi
loyihasi mavsum
faolyatining oqibatlari
asosiy adabiyotlar
fakulteti ahborot
ahborot havfsizligi
havfsizligi kafedrasi
fanidan bo’yicha
fakulteti iqtisodiyot
boshqaruv fakulteti
chiqarishda boshqaruv
ishlab chiqarishda
iqtisodiyot fakultet
multiservis tarmoqlari
fanidan asosiy
Uzbek fanidan
mavzulari potok
asosidagi multiservis
'aliyyil a'ziym
billahil 'aliyyil
illaa billahil
quvvata illaa
falah' deganida
Kompyuter savodxonligi
bo’yicha mustaqil
'alal falah'
Hayya 'alal
'alas soloh
Hayya 'alas
mavsum boyicha


yuklab olish