2. O‘lchashlar noaniqligini baholash bosqichlarining tahlili
Telekommunikatsiyalardagi o‘lchashlarning noaniqliklarini baholash sakkizta bosqichni o‘z ichiga oladi:
10. O‘lchanadigan kattalikni tavsiflash va uning (matematik) modelini tuzish
Kirish kattaliklarining baholangan qiymatlarini aniqlash
Standart noaniqlikni baholash
Korrelyatsiyalarning tahlili
Chiqish kattaligini baholashning hisobi
To‘liq standart noaniqligini baholash
Kengaygan noaniqlikni baholash
Noaniqlik to‘g‘risida hisobot tuzish
ISO/IEC 17025 standartining talablariga muvofiq ravishda akkreditlangan laboratoriyalarda kalibrlash va sinash kabi metrologik tadbirlarda noaniqlik baholanmoqda. O‘zstandart agentligi tomonidan “O‘z Dst ISO/IEC 17025:2007 Sinash va kalibrlash laboratoriyalarining vakolatliligiga umumiy talablar” O‘zbekiston davlat standarti amalga kiritildi. Ushbuga ko‘ra 2007 yildan boshlab respublikada o‘lchash natijalarining aniqlik xarakteristikalarini baholash bo‘yicha ishlar intensiv ravishda olib borilmoqda. “O‘lchashlar va sinashlarning noaniqligini baholash protsedurasi” deb nomlangan hujjatning mavjudligi kalibrlash va sinash laboratoriyalarini kreditlashda asosiy talablardan bo‘lib qoldi. Quyida keltiriladigan noaniqlikni
baholash protsedurasi O‘z Dst ISO/IEC 17025 asosida ishlab chiqilgan bo‘lib, “Noaniqlikni ifodalash bo‘yicha qo‘llanma”ga mos keladi.
Quyida noaniqliklarni ifodalash va baholash bosqichlarining tafsilotini keltiramiz.
bosqich. O‘lchanayotgan kattalikni tavsiflash va o‘lchashning matematik modelini tuzish:
Agar, o‘lchanadigan Y kattalik bevosita o‘lchanadigan kattalik bo‘lsa, bu bosqichni bajarish shart emas.
Agar o‘lchanayotgan kattalik Y bevosita o‘lchanmasdan boshqa n-ta o‘lchanadigan (kirish) kattaliklariga X1, X2, ..., Xn funktsional bog‘lanish f orqali bog‘liq bo‘lsa, u holda bog‘liqlikni ifodalash kerak, ya’ni o‘lchashning matematik modeli
Y = f(X1, X2, ..., Xn)
(8)
Funktsiyaning ko‘rinishi odatda, o‘lchashlar yoki sinashlarni bajarish uslubiyotiga doir me’yoriy hujjatda ko‘rsatiladi (O‘BU). Funktsiya f har bir kattalikni o‘z ichiga olishi kerak, shu jumladan, barcha tuzatmalar va tuzatish koeffitsientlarini, chunki ular o‘lchash natijasining noaniqligiga salmoqli hissa qo‘shishi mumkin.
Qator kuzatishlarda k ishchi kuzatilayotgan kattalik Xik sifatida belgilanadi, shuning uchun agar, rezistor qarshiligi R bilan belgilansa, unda qarshilikning k-inchi kuzatilayotgan qarshiligi Rk deb belgilanadi.
bosqich. Kirish kattaliklarining baholangan qiymatlarini aniqlash.
Kirish kattaligi Xi ning baholangan qiymati xi aniqlanadi, bu qiymat kuzatishlar qatorini statistik asosda tahlil qilish asosida yoki boshqa vositalar bilan aniqlanadi. X1, X2, ..., XN – bo‘lgan kirish kattaliklar tanlovini quyidagi toifalarga bo‘lish mumkin:
kattaliklar ularning qiymatlari va noaniqliklari bevosita joriy o‘lchashdan aniqlanadi. Ushbu qiymatlar va noaniqliklarga birgina kuzatish natijasida, takroriy kuzatishlar natijasida yoki tajribaga asoslangan xulosa natijasida erishish mumkin. Asbob ko‘rsatishlariga tuzatmalarni hamda atrof-muhit harorati, atmosfera bosimi va namlik kabi ta’sir etuvchi omillarga bo‘lgan tuzatmalarni aniqlash talab qilinishi mumkin.
kattaliklarga, ularning qiymatlari va noaniqliklari o‘lchashlarga tashqi manbalardan kiritiladi, ular shahodatlangan etalonlardan, modda va materiallarning tarkibi va xossalarining standart namunalaridan yoki standart berilgan ma’lumotlarga bog‘liq bo‘lgan kattaliklardan kiritiladi.
bosqich. Har bir xi kirish bahosining standart noaniqligi u(xi)ni baholash.
Agar, kattalik haqidagi axborot statistik bo‘lsa, ya’ni ko‘pkarrali o‘lchashlar yoki sinashlar yo‘li bilan eksperimental olingan bo‘lsa, u holda Xi kirish kattaliklarining u(x) standart noaniqligi A turi bo‘yicha baholanib quyidagi ifodadan foydalaniladi:
Do'stlaringiz bilan baham: |