FeO*Cr2O3 + 4C→ Fe + 2Cr + 4CO;
Cr2O3 + 2Al →Al2O3 + 2Cr + 131kkal
Fizik xossalari. Xrom och kul rangli, yaltiroq, metallar ichida eng qattigʻi, zichligi 7,2g/sm3, suyuqlanish temperaturasi 18900C, qaynash xarorati 26800C, havo va nam ta’siriga chidamli, sababi oksid parda bilan qoplangan boʻladi, 5ta izotopi bor.
Kimyoviy xossalari. Xrom reaksiyaga kirishishi uchun avval oksid pardasini yemirish lozim, buning uchun uni qaynoq xlorid va sulfat kislotalarda eritiladi, shundagina u reaksiyaga kirishishi mumkin. Neytrallash Oshlangan, yotqizib xordiq berilgan, namligi siqilgan va qirtishlangan charmlar neytrallash jarayoniga uzatiladi.
Neytrallashning maqsadi oshlangan charmlarning nordonligini pasaytirish, bunda bog‘langan xrom birikmalarining tarkibi ham o‘zgarishi mumkin. Neytrallashni xrom usuli bilan oshlashdan ajratib bo‘lmaydi va buni oshlashning oxiri deb qarash kerak. Xrom charmlari oshlashdan so‘ng, o‘z tarkibiga neytral
tuzlarni (NaCI, Na2SO4) kompleks birikma holatidagi xrom tuzlarini va kislotalarni saqlaydi.
189Neytral tuzlar charmning g‘ovaklariga, struktura oralig‘ida
eritma holatida, xrom fiksatsiya holatida joylashgan bo‘ladi.
Xrom tuzlari, charmda fiksatsiya holatida va uning bir qismi
erkin holatda eritma ko‘rinishda dermaga shimilgan bo‘lib, uning
kontsentratsiyasi,
ishlov berilgan xrom tuzlari eritmasi
kontsentratsiyasiga bog‘liq.
Kislota charmga eritma holatida dermaga shimilgan bo‘ladi.
Ishlov berilgan suyuqlikdagi kislota kontsentratsiyasi shimilgan
kislota kontsentratsiyasiga teng. Kislota oshlovchilar tomonidan
tegilmagan kollagenning asos guruhi bilan bog‘lanadi va fiksatsiya
bo‘ladi:
Б NH 2 Б N H X
HX
3
Bundan tashqari, kislota kollagen bilan bog‘langan va
bog‘lanmagan xrom komplekslari bilan bog‘lanadi, ya’ni B [Cr X]
bog‘langan holatda yoki ionli ko‘rinishda koordinatsion sferaning
tashqi sferasida, ya’ni B-[...Cr]X bog‘langan holatda bo‘ladi.
Tarkibida neytral tuzlar, erkin holatdagi kislota va xrom tuzlari
bo‘lgan charmlar kelgusi jarayonlarga quyidagi sabablarga binoan
uzatilmaydi.
1. Charmda bo‘lgan neytral tuzlar quritish jarayonida, charm
yuzasiga migratsiya bo‘lib, oq dog‘lar hosil qiladi.
2. Bog‘lanmagan xrom tuzlari yog‘lash jarayonida charm
yuzasiga xrom sovunlari hosil qiladi va bunday sovunlar charm
yuzasini yopishqoq qilib, pardozlashni qiyinlashtiradi.
3. Xrom bilan oshlangan charmlar tarkibida erkin holatdagi
kislotalarning bo‘lishi yog‘lash jarayoniga ta’sir etib, undagi yog‘li
emulsiyalarni tarkibiy qismlarga ajralib ketishga olib keladi.
Ajralgan yog‘lar charm yuzasiga va ag‘darma tomoniga chiqib,
pardozlash jarayonlarini qiyinlashtiradi va ular derma qatlamiga
notekis yoyiladi.
4. Juda nordon charm bo‘yashga yaroqsiz, chunki bunda
bo‘yash yuzaki va notekis o‘tadi.
Bu kamchiliklarni bartaraf etish uchun, neytrallash jarayoni
o‘tkazilib, charm tarkibidagi neytral tuzlar erkin holatdagi xrom
tuzlardan tozalanib, dermaga aniq qiymati berilib, bo‘yash va
moylashni normal o‘tkazish ta’minlanadi.
190Neytrallash jarayonini o‘tkazishda ishqoriy eritmalar
ishlatiladi. Ular erkin va bog‘langan holatdagi kislotani neytrallab,
charmga kerakli darajada nordonlik berishi kerak. Dermadagi erkin
holatdagi va kollagenni amin guruhi bilan bog‘langan kislotani
ajratib chiqarib, xrom kompleks bilan bog‘langan kislotaga ta’sir
etmaslik kerak ya’ni charm tarkibidagi hamma kislotani emas, balki
bir qismini neytrallash zarur bo‘ladi.
Neytrallashda charm strukturasida quyidagi o‘zgarishlar yuz
beradi:
– kollagenga joylashgan xrom komplekslar tuzilishi o‘zgaradi;
– xrom kompleks bilan bog‘langan kollagen aktiv markazlari
o‘rtasidagi mustahkamlik o‘zgaradi;
– charm xossalari o‘zgarishi mumkin (tayyor mahsulotda
namoyon bo‘ladi).
Neytrallashda eritmalari pH>7 bo‘lgan barcha moddalar
ishlatiladi, pH>9 bo‘lgan eritmalar dermani oshsizlashga olib
keladi.
Odatda, neytrallashda kuchsiz ishqoriy reagentlar, kuchli
ishqorlar va kuchsiz kislota tuzlari qo‘llaniladi.
Neytrallashni tartibga solish uchun bufer aralashmalardan
foydalanish taklif qilinadi. Masalan, pH 7–8 bo‘lgan ammiak va
ammoniyli tuz aralashmasi kislota ajralib chiqadi. Bunda xrom
komplekslari o‘zgarmay turaveradi. Odatda, neytrallash jarayonida
charmdan hamma kislota ham ajralib chiqmaydi, balki u charmning
tashqi qatlamlaridan asosan ajralib chiqadi. Neytrallashda dikarbonat, formiat, tetraborat, natriy fosfat,
ammoniy karbonat reagentlari qo‘llaniladi. Natriy bikarbonat va
formiatni qo‘llash eng yaxshi natijalarni beradi. Neytrallash uchun
SPS, BNS, №2 sintetik oshlovchilarni qo‘llash mumkin.
Neytrallash jarayoni amalda qirtishlangan charmlarni
barabanda 30–400 S haroratli oqar suvda 30–40 daqiqa yuvishdan
boshlanadi. Bunda erkin holatdagi kislota, neytral tuzlar va
bog‘lanmagan xrom birikmalarning bir qismi yuviladi.
Neytrallashdan oldin yuvish o‘tkazilmasa,
charm bilan
bog‘lanmagan xrom tuzlari ishqor eritmalari yordamida cho‘kmaga
tushiriladi. Bu cho‘kma charmning yuza qatlamlarida qolib ketib,
uning sifatiga salbiy ta’sir ko‘rsatadi.
191Charmda qolgan neytral tuzlar esa uni quritishdan so‘ng charm
yuzasida tuzlar kristallanib, oq dog‘lar hosil qiladi. 10 yoki 20 karrali suvda eritilgan neytrallovchi agent
apparatga 2 yoki 3 marta 10 daqiqa interval bilan quyiladi. Bunda S.K=2–2,5, harorat 30–400С, neytrallash jarayoni muddati 40–60 daqiqani tashkil etadi. Neytrallashdan so‘ng yarimmahsulotning pH 4,5–5,5 oralig‘ida bo‘lishi talab qilinadi. Bu qiymatni aniqlash uchun charmning dumg‘aza qismidan kesilgan joyga yashil bromkrezol indikatori ta’sir ettiriladi. Charmning yuza va baxtarma tomonidan 60 %i ko‘k rangda bo‘yalishigacha ruxsat etiladi. Neytrallashdan so‘ng 30–400С haroratli suvda 30–40 daqiqa
charmlar yuviladi.
4 Teri xomashyosining k o ‘pgina turlari mol yetkazib beruvchilardan
massasi bo'yicha qabul qil in ib. teri ishlab chiqaruvchi korxonalarga
topshiriladi. Har xil turdagi yangi shilib olingan terilarning massasi
GOST 1134-73 “Teri xomashyosi” Davlat standartida belgilangan.
Do'stlaringiz bilan baham: |