Model va matematik modellashtirish


Matematik modellashtirish bosqichlari. Kompyuterli modellashtirish



Download 61,18 Kb.
bet4/6
Sana01.02.2023
Hajmi61,18 Kb.
#906352
1   2   3   4   5   6
Bog'liq
Amrulloyev Sanjar Modellashtirish bosqichlari Mustaqil ishi

3. Matematik modellashtirish bosqichlari. Kompyuterli modellashtirish.


Matematik modellashtirish usulining qo‘llanilishi ko‘p bosqichli murakkab jarayondir.


Modellashtirish jarayoni zarur ma’lumotlar(faktlar), ilmiy kuzatish natijalarini yig‘ishdan va ularni tahlil etishdan boshlanadi. Modellashtirishning aniq maqsadidan kelib chiqib, bunda tadqiq etilayotgan ob’ektga xos muhim belgilar, xususiyatlarni ifodalovchi talablar, shartlar va cheklashlarni aniqlash lozim. Masalaning matematik qo‘yilishi uchun zarur o‘zgaruvchilar, parametrlar va cheklashlarni identifikatsiyalash (aniqlash) kerak bo‘ladi. Bu esa o‘rganilayotgan jarayonni sxematik ifodalash, formallashtirishga, uni matematik ifodalash mumkin bo‘lgan masalaning qo‘yilishiga – konseptual modelga olib keladi.
Modellashtirishdagi navbatdagi muhim bosqich o‘rganilgan va aniqlashtirilgan ma’lumotlarni matematik tushunchalar va kattaliklar yordamida ifodalashdan iborat. Bunda ob’ekt xossalari, hodisalarning belgilovchi parametrlari va ular orasidagi matematik munosabatlar aniqlanadi. Bunda tadqiqotchi ko‘p hollarda fundamental fizik qonunlarga, masalan, massa va energiyaning saqlanish qonuniga, harakat miqdorining o‘zgarishi, elektromagnetizm qonunlariga, ehtimollar nazariyasining tamoyillariga va boshqalarga tayanishiga to‘g‘ri keladi. Bu bosqich natijasida masalaning dastlabki matematik modeli hosil qilinadi. Qurilgan matematik model korrekt, ya’ni yagonalik, turg‘unlik xossalariga ega bo‘lishi maqsadga muvofiqdir.
Qo‘yilgan masalaning matematik modeli hosil qilingandan keyin uni o‘rganish va echishning matematik usullarini ishlab chiqish lozim bo‘ladi. Matematik modelni tahlil qilish asosida zamonaviy matematik apparat yotadi. Bu apparatning qo‘llanilishi barcha matematik vositalar – algebraik, differensial, integral va integro-differensial tenglamalar, ayirmali tenglamalar, to‘plamlar nazariyasi, ehtimollar nazariyasi, matematik statistika, algoritmlar nazariyasi va boshqa matematik nazariyalardan foydalanishni anglatadi.
Matematik modellashtirishda muhim bosqich hosil qilingan matematik modelning addekvatligini tekshirishdir. Masalani echish va olingan natijalarni real voqelik bilan taqqoslash jarayonida model aniqlashtirilib boriladi.
Zamonaviy tezkor elektron hisoblash mashinalari – kompyuterlar va axborot texnologiyalarining paydo bo‘lishi matematik modellashtirish usulining tadbiq doirasini nihoyatda kengaytirdi va imkoniyatlarini keskin oshirdi. Hozirgi kunda matematik modellashtirish va hisoblash eksperimenti axborot-kommunikatsiya texnologiyalariga asoslangan holda o‘tkaziladigan kompyuterli modellashtirish tarzida yangi sifatli bosqichga o‘tdi.
Kompyuterli modellashtirishning asosiy bosqichlari: masalaning qo‘yilishiga ko‘ra modellashtirish ob’ektini aniqlash; tizimning asosiy elementlarini va ular orasidagi aloqalarni aniqlash; masalani formallashtirish – matematik modelga o‘tish; modelga ko‘ra algoritmni va unga mos dasturni yaratish; kompyuter(hisoblash) eksperimentlarini rejalashtirish va o‘tkazish; natijalarni tahlil va interpretatsiya qilish.
Kompyuterli modellashtirish analitik(sonli) va imitatsiyali modellashtirish ko‘rinishda amalga oshiriladi. Analitik modellashtirishda
real ob’ekt, hodisa, jarayonning algebraik, differensial va boshqa ko‘rinishdagi matematik modelidan foydalaniladi.

Download 61,18 Kb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   2   3   4   5   6




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©hozir.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling

kiriting | ro'yxatdan o'tish
    Bosh sahifa
юртда тантана
Боғда битган
Бугун юртда
Эшитганлар жилманглар
Эшитмадим деманглар
битган бодомлар
Yangiariq tumani
qitish marakazi
Raqamli texnologiyalar
ilishida muhokamadan
tasdiqqa tavsiya
tavsiya etilgan
iqtisodiyot kafedrasi
steiermarkischen landesregierung
asarlaringizni yuboring
o'zingizning asarlaringizni
Iltimos faqat
faqat o'zingizning
steierm rkischen
landesregierung fachabteilung
rkischen landesregierung
hamshira loyihasi
loyihasi mavsum
faolyatining oqibatlari
asosiy adabiyotlar
fakulteti ahborot
ahborot havfsizligi
havfsizligi kafedrasi
fanidan bo’yicha
fakulteti iqtisodiyot
boshqaruv fakulteti
chiqarishda boshqaruv
ishlab chiqarishda
iqtisodiyot fakultet
multiservis tarmoqlari
fanidan asosiy
Uzbek fanidan
mavzulari potok
asosidagi multiservis
'aliyyil a'ziym
billahil 'aliyyil
illaa billahil
quvvata illaa
falah' deganida
Kompyuter savodxonligi
bo’yicha mustaqil
'alal falah'
Hayya 'alal
'alas soloh
Hayya 'alas
mavsum boyicha


yuklab olish