Buyurtmaning qat’iy belgilangan hajmdagi zaxiralari holati ustidan nazorat tizimi. Zaxiralar holati ustidan nazoratning bu tizimida zaxiraning to’ldirilishiga buyurtmaning hajmi o’zgarmas kattalik hisoblanadi. Buyurtma berish vaqt oraliqlari bu holda har xil bo’lishi mumkin (18-chizma).
Buyurtmaning qat’iy belgilangan hajmi tizim zaxira nuqtasini aniqlash uchun qoldiqlarning uzluksiz hisobotini o’z ichiga oladi. Materiallar keng nomenklaturaning yoki savdo korxonasi uchun keng assortimentning mavjudligida tizimni qo’llashning muhim sharti ingichka chiziqli (shtrix) kodlarning avtomatlashtirilgan identifikatsiya texnologiyasining qo’llanilishi hisoblanadi.
Do'stlaringiz bilan baham: |