Moddiy yordam va ko‘makka muhtoj oilalarni, xotin-qizlar va yoshlarni ijtimoiy qo‘llab-quvvatlash bo‘yicha qo‘shimcha chora-tadbirlar to‘G‘risida


-§. “Temir daftar”ga kiritilgan oilalarga moddiy yordam ko‘rsatish



Download 27,41 Kb.
bet8/12
Sana13.01.2022
Hajmi27,41 Kb.
#358262
1   ...   4   5   6   7   8   9   10   11   12
Bog'liq
250-qaror

4-§. “Temir daftar”ga kiritilgan oilalarga moddiy yordam ko‘rsatish

15. Xalq deputatlari tuman (shahar) Kengashi tomonidan tasdiqlangan ro‘yxatlar asosida “Temir daftar”ga kiritilgan oilalarga “Saxovat va ko‘mak” jamg‘armasi mablag‘lari hisobidan bir martalik moddiy yordam berilishi mumkin.

Ushbu bir martalik moddiy yordamni to‘lash uchun:

a) fuqarolar yig‘inlari tomonidan sektorlar rahbarlari bilan kelishgan holda oilalarning ehtiyojmandlik darajasidan kelib chiqib (har bir fuqaroning familiyasi, ismi, otasining ismi, pasport seriyasi va raqami ko‘rsatilgan holda) bir martalik moddiy yordam berish miqdorlari ko‘rsatilgan ro‘yxat tuman (shahar) hokimligiga taqdim etiladi;

b) tuman (shahar) hokimligi:

“Saxovat va ko‘mak” jamg‘armasining daromadlari prognozidan kelib chiqib tuman (shahar) moliya bo‘limi bilan kelishgan holda “Temir daftar”ga kiritilgan oilalarga bir martalik moddiy yordamni oyma-oy to‘lash grafigini shakllantiradi hamda tuman (shahar) xalq deputatlari Kengashiga tasdiqlash uchun kiritadi. Bunda tasdiqlangan oyma-oy to‘lash grafigining nusxasi fuqarolar yig‘inlariga ham taqdim etiladi;

tasdiqlangan grafikka asosan har oyning 5-kuniga qadar fuqarolar yig‘inlari, sektorlar rahbarlari bilan kelishilgan ro‘yxatlar asosida to‘lov vedomostlarini shakllantirib, tuman (shahar) mahalla va oilani qo‘llab-quvvatlash bo‘limiga taqdim etadi;

v) tuman (shahar) mahalla va oilani qo‘llab-quvvatlash bo‘limlari tasdiqlangan oyma-oy to‘lash grafigi hamda to‘lov vedomostlari asosida “Temir daftar”ga kiritilgan oilalarga “Saxovat va ko‘mak” jamg‘armasi mablag‘lari hisobidan bir martalik moddiy yordam to‘lovlarini har oyning 5 — 27-kunlarida amalga oshiradi.

Oyning oxirgi ish kunida vedomostlar yopiladi, tayinlangan, biroq o‘z vaqtida talab qilib olinmagan moddiy yordam, uni oluvchining nomidagi maxsus depozit hisobvarag‘iga o‘tkaziladi va oluvchining birinchi talabiga ko‘ra to‘lanadi. Yopilgan vedomostning bir nusxasi sektorlar rahbarlariga taqdim etiladi;

d) tuman (shahar) sektorlar shtabi kotibi muhtoj oilalarga to‘langan bir martalik moddiy yordam to‘g‘risidagi ma’lumotlarni “saxovat.argos.uz” axborot tizimiga kiritadi.

“Temir daftar”ga kiritilgan uy-joyini ta’mirlashga muhtoj oilalarga ko‘maklashish sektor rahbari tomonidan jismoniy va yuridik shaxslarning homiylik xayriyalari va qonun hujjatlarida taqiqlanmagan boshqa manbalar hisobidan amalga oshiriladi.

Bir martalik moddiy yordam ajratish kalendar yil davomida bir marta amalga oshiriladi.

Alohida ko‘rsatmalar (O‘zbekiston Respublikasi Prezidenti hamda Hukumat topshiriqlari va h.k.) asosida to‘lab beriladigan bir martalik moddiy yordamlar bundan mustasno.


Download 27,41 Kb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   ...   4   5   6   7   8   9   10   11   12




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©hozir.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling

kiriting | ro'yxatdan o'tish
    Bosh sahifa
юртда тантана
Боғда битган
Бугун юртда
Эшитганлар жилманглар
Эшитмадим деманглар
битган бодомлар
Yangiariq tumani
qitish marakazi
Raqamli texnologiyalar
ilishida muhokamadan
tasdiqqa tavsiya
tavsiya etilgan
iqtisodiyot kafedrasi
steiermarkischen landesregierung
asarlaringizni yuboring
o'zingizning asarlaringizni
Iltimos faqat
faqat o'zingizning
steierm rkischen
landesregierung fachabteilung
rkischen landesregierung
hamshira loyihasi
loyihasi mavsum
faolyatining oqibatlari
asosiy adabiyotlar
fakulteti ahborot
ahborot havfsizligi
havfsizligi kafedrasi
fanidan bo’yicha
fakulteti iqtisodiyot
boshqaruv fakulteti
chiqarishda boshqaruv
ishlab chiqarishda
iqtisodiyot fakultet
multiservis tarmoqlari
fanidan asosiy
Uzbek fanidan
mavzulari potok
asosidagi multiservis
'aliyyil a'ziym
billahil 'aliyyil
illaa billahil
quvvata illaa
falah' deganida
Kompyuter savodxonligi
bo’yicha mustaqil
'alal falah'
Hayya 'alal
'alas soloh
Hayya 'alas
mavsum boyicha


yuklab olish