ijtimoiy himoyaga muhtoj yoshlar — muomalaga
va mehnatga layoqatsiz, nogironligi yoki salomatligida
nuqsoni bo‘lgan (nafaqa olmaydigan), boquvchisini yo‘qotgan, yetim, “Mehribonlik” uylari va bolalar
shaharchalarida tarbiyalangan,
muqaddam sudlangan, probatsiya hisobida, profilaktik hisobda yoki ma’muriy
nazorat ostida turuvchi ijtimoiy yordamga muhtoj yoshlar, shuningdek, “Temir daftar”ga
kiritilgan oilalarning
professional va oliy ta’lim muassasalarida ta’lim oluvchi farzandlari;
iqtisodiy qo‘llab-quvvatlashga muhtoj yoshlar — tadbirkorlik va hunarmandchilik faoliyatini boshlash,
shuningdek o‘zini o‘zi band qilish istagida bo‘lgan ishsiz yoshlar;
psixologik qo‘llab-quvvatlashga muhtoj yoshlar — jamiyatda o‘z o‘rnini topishga qiynalayotgan, turli xil
muammolar sababli ijtimoiy reabilitatsiyaga muhtoj yoshlar (suitsid sodir etishga harakat qilgan va boshqalar);
ishsiz yoshlar — haq to‘lanadigan ishga yoki ish haqi (mehnat daromadi) keltiradigan mashg‘ulotga ega
bo‘lmagan, ish qidirayotgan
va ish taklif etilsa, unga kirishishga tayyor bo‘lgan yoxud kasbga tayyorlashdan,
qayta tayyorlashdan o‘tishga yoki malakasini oshirishga tayyor bo‘lgan, ishga joylashishda ko‘mak olish uchun
mahalliy mehnat organlariga murojaat qilgan va ushbu organlar tomonidan ish qidirayotgan shaxslar sifatida
ro‘yxatga olingan mehnatga layoqatli yoshlar (bundan ta’lim muassasalarida ta’lim olayotganlar mustasno).
5. Yoshlarning muammolari, ehtiyojlari va qiziqishlari quyidagi shakllarda o‘rganiladi:
sektorlar ishchi guruhlari tomonidan biriktirilgan mahallalarda fuqarolar yig‘inlari xodimlari va faollari bilan
birgalikda barcha yo‘nalishdagi muammolarni har yarim
yilda kamida bir marotaba, bunda yarim yillik
tugaganidan so‘ng keyingi oy davomida uyma-uy yurish orqali;
yoshlarning murojaatlarini (shu jumladan, elektron platforma orqali murojaatlarini) ko‘rib chiqish orqali.
O‘rganish davomida yoshlarning muammolari, ehtiyojlari va qiziqishlari Tartibga
3a-ilovaga
muvofiq
anketa-so‘rovnomalar orqali aniqlanadi.
Yoshlarning anketa-so‘rovnomalari sektorlar shtablari kotiblari tomonidan sektorlar
rahbarlariga bir kun
muddatda ko‘rib chiqish uchun taqdim etiladi.
6. Sektorlar rahbarlari uch kun muddat ichida:
individual anketalar ko‘rib chiqilishini tashkil etadi, bunda ma’lumotlar O‘zbekiston Respublikasi Ichki ishlar
vazirligi, Mudofaa vazirligi, Iqtisodiy taraqqiyot va kambag‘allikni qisqartirish vazirligi, Sog‘liqni saqlash vazirligi,
Bandlik va mehnat munosabatlari vazirligi, Oliy va o‘rta maxsus ta’lim vazirligi, Xalq ta’limi vazirligi, Davlat soliq
qo‘mitasi, Mahalla va oilani qo‘llab-quvvatlash vazirligi, Davlat soliq qo‘mitasi huzuridagi Kadastr agentligi, Adliya
vazirligi huzuridagi
Davlat xizmatlari agentligi, Moliya vazirligi huzuridagi budjetdan tashqari Pensiya
jamg‘armasi, Davlat personallashtirish markazi, Markaziy bank va tijorat banklari hamda boshqa tashkilotlarning
ma’lumotlari bilan solishtiriladi hamda ushbu nizomning
4-bandida
keltirilgan ijtimoiy himoyaga, iqtisodiy yoki
psixologik qo‘llab-quvvatlashga muhtoj, shuningdek, ishsiz yoshlar aniqlanadi;
tahlil natijalari asosida “Yoshlar daftari”ga kiritiladigan yoshlarni elektron platformaga kiritilishini
ta’minlaydi.
7. Sektorlar rahbarlari bir hafta muddatda “Yoshlar daftari”ga kiritilgan yoshlarning muammolarini bartaraf
etishga qaratilgan “yo‘l xaritasi” loyihasini ishlab chiqadi va xalq deputatlari tuman (shahar) Kengashlariga
tasdiqlash uchun kiritadi.
8. Taqdim etilgan “yo‘l xaritasi” xalq deputatlari tuman (shahar) Kengashlarining navbatdagi yig‘ilishida
ko‘rib
chiqiladi, tasdiqlanadi hamda ijrosini ta’minlash uchun sektorlar rahbarlari, mas’ul davlat organlari va
tashkilotlarga yuboriladi.
“Yo‘l xaritasi” ijrosi uchun mas’ul etib belgilangan sektorlar rahbarlari, mas’ul davlat organlari va tashkilotlar
rahbarlari yoshlarning muammolari bartaraf etilganligi bo‘yicha har chorakda kamida bir marotaba xalq
deputatlari tuman (shahar) Kengashlariga hisobot beradi.
9. “Yoshlar daftari” ushbu Tartibga
3b-ilovaga
muvofiq sxema bo‘yicha yuritiladi.
Do'stlaringiz bilan baham: