Moddiy yordam va ko„makka muhtoj oilalarni, xotin-qizlar va yoshlarni ijtimoiy qo„llab-quvvatlash bo„yicha qo„shimcha chora- tadbirlar to„G„risida


-bob. “Yoshlar daftari”ga kiritilgan yoshlarning muammolarini tizimli ravishda hal etish va



Download 1,59 Mb.
Pdf ko'rish
bet32/46
Sana29.03.2022
Hajmi1,59 Mb.
#516076
1   ...   28   29   30   31   32   33   34   35   ...   46
Bog'liq
250 28.04.2021.doc (3)

3-bob. “Yoshlar daftari”ga kiritilgan yoshlarning muammolarini tizimli ravishda hal etish va 
ularni ijtimoiy qo„llab-quvvatlash 
1-§ “Yoshlar daftari”ga kiritilgan moddiy ahvoli qiyin yoshlarga bir martalik moddiy yordam 
ko„rsatish tartibi 
10. Moddiy ahvoli qiyin yoshlarga bir marta beriladigan moddiy yordamni tayinlashning 
aniq miqdori yoshning hayotiy vaziyati murakkabligini inobatga olgan holda bazaviy hisoblash 
miqdorining (keyingi o„rinlarda — BHM) 4 baravarigacha miqdorda Vasiylik kengashi qaroriga 
muvofiq to„lab beriladi. 
11. Bir marta beriladigan moddiy yordam to„liq davlat ta‟minotida bo„lmagan, hayotiy 
murakkab vaziyatga tushgan yoshga, birinchi navbatda, quyidagilarga tayinlanadi: 
boquvchisini yo„qotgan va ota-ona qaramog„idan mahrum bo„lgan ijtimoiy himoyaga 
muhtoj yoshlarga; 
o„zgalar parvarishiga muhtoj bo„lgan ishga layoqatsiz yoshlarga
I va II guruh nogironi bo„lgan yoshlarga; 
qaramog„ida nogiron bola bo„lgan yosh oila (er-xotinning biri)ga; 
ota-onalardan biri I yoki II guruh nogironi bo„lgan, ikkinchisi esa ish faoliyatini to„xtatgan 
holda bemorga qarashga majbur bo„lgan yoki ikkala ota-ona ham I yoki II guruh nogironi bo„lgan 
yoshlarga; 
tabiiy ofatlar, halokatlar, yong„inlar va boshqa favqulodda vaziyatlar oqibatida hayotiga, 
sog„lig„iga, mulkiga zarar yetgan yoshlarga. 
Murakkab hayotiy vaziyatga tushgan boshqa toifadagi yoshlarga, asoslantiruvchi sabablari 
mavjud bo„lganda, sektorlar rahbarlarining xulosalariga asosan Vasiylik Kengashi qarori bilan bir 
martalik moddiy yordam berilishi mumkin. 
12. Arizachiga bir martalik moddiy yordamni berish haqida qaror qabul qilinganida
arizachi ishga kirish, kasb o„rganish, o„zini-o„zi band qilish kabi majburiyatlarni olishini nazarda 
tutuvchi (mehnatga layoqatsiz va nogiron shaxslar bundan mustasno) sektor rahbari va arizachi 
o„rtasida ikki tomonlama ijtimoiy shartnoma tuziladi. 
13. Tuman (shahar)lar hokimliklarining buxgalteriya bo„limlari “Yoshlar daftari” 
jamg„armasi mablag„lari hisobidan zarur mablag„larni Xalq bankining tegishli bo„limi (filiali)ga 
o„tkazadi. 
14. Xalq bankining tegishli bo„limi (filiali) tomonidan bir martalik moddiy yordam 
to„lovlari har oyning 5 — 27-sanalarida amalga oshiriladi. Oyning oxirgi ish kunida vedomostlar 
yopiladi, tayinlangan, biroq o„z vaqtida talab qilib olinmagan moddiy yordam, uni oluvchining 
nomidagi maxsus depozit hisobvarag„iga o„tkaziladi va oluvchining birinchi talabiga ko„ra 
to„lanadi. Yopilgan vedomostning bir nusxasi Vasiylik kengashiga va tegishli sektorlarga taqdim 


etiladi. Arizachi tomonidan talab qilib olinmagan moddiy yordam mablag„larini Vasiylik kengashi 
tomonidan qonunchilikda belgilangan tartibda qaytarish choralari ko„riladi. 
Sektorlar rahbarlari muhtoj yoshlarga to„langan bir martalik moddiy yordam to„g„risidagi 
ma‟lumotlarni vedomost nusxasi taqdim etilgan kundan boshlab uch kun muddat ichida elektron 
platformadagi yoshlarning individual anketasiga kiritilishini ta‟minlaydi. 
15. Shaxsga bir martalik moddiy yordam berilishi uni “Yoshlar daftari”dan chiqarishga 
asos bo„lmaydi. 
16. Moddiy yordam shaxsga bir kalendar yil davomida bir marotaba beriladi. 

Download 1,59 Mb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   ...   28   29   30   31   32   33   34   35   ...   46




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©hozir.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling

kiriting | ro'yxatdan o'tish
    Bosh sahifa
юртда тантана
Боғда битган
Бугун юртда
Эшитганлар жилманглар
Эшитмадим деманглар
битган бодомлар
Yangiariq tumani
qitish marakazi
Raqamli texnologiyalar
ilishida muhokamadan
tasdiqqa tavsiya
tavsiya etilgan
iqtisodiyot kafedrasi
steiermarkischen landesregierung
asarlaringizni yuboring
o'zingizning asarlaringizni
Iltimos faqat
faqat o'zingizning
steierm rkischen
landesregierung fachabteilung
rkischen landesregierung
hamshira loyihasi
loyihasi mavsum
faolyatining oqibatlari
asosiy adabiyotlar
fakulteti ahborot
ahborot havfsizligi
havfsizligi kafedrasi
fanidan bo’yicha
fakulteti iqtisodiyot
boshqaruv fakulteti
chiqarishda boshqaruv
ishlab chiqarishda
iqtisodiyot fakultet
multiservis tarmoqlari
fanidan asosiy
Uzbek fanidan
mavzulari potok
asosidagi multiservis
'aliyyil a'ziym
billahil 'aliyyil
illaa billahil
quvvata illaa
falah' deganida
Kompyuter savodxonligi
bo’yicha mustaqil
'alal falah'
Hayya 'alal
'alas soloh
Hayya 'alas
mavsum boyicha


yuklab olish