Ishlab chiqarish uzluksizligini ta’minlashda ombor zaxiralarini to‘ldirishni to‘g‘ri tashkil qilish muhim ahamiyat kasb etadi. Har bir nomlanishdagi materiallar bo‘yicha me’yorlar o‘rnatilgan bo‘lishi va shu doirada ushbu zaxiralar o‘zining maksimal miqdoridan minimal miqdorigacha tebranishi lozim.
Korxonaning moddiy qimmatliklar zaxirasi quyidagilarni o‘z ichiga oladi: normal saqlash zaxiralari – joriy va sug‘urta (ehtiyot); texnologik va mavsumiy zaxiralar.
Tahlil davomida korxonani moddiy resurslar bilan ta’minlanish koeffitsienti aniqlanadi:
bunda Mx,Mr – materiallarni haqiqiy tushumi va materiallarga bo‘lgan talab (shartnoma).
Moddiy resurslarning me’yor zaxirasi joriy va muhofaza (har ehtimolga qarshi) zaxiralaridan iborat:
Zme'yor=Zjoriy+Zmuhofaza
Joriy zaxira etkazib berish intervali (Int) kunda va mate-riallarni bir kunlik sarflari (Skun) ko‘paytmasidan hosil bo‘ladi.
Zjoriy= Int* Skun
Muhofaza zaxiralari ishlab chiqarishni uzluksiz davom eti-shini kafolatlovchi, moddiy resurslar ta’minotidagi uzilishlar ro‘y bergan hollar uchun zarur.
Zaxiraning maksimal me’yoriga sanab o‘tilgan tarkibiy qismlarning barchasi kiradi va u materiallarning navbatdagi partiyasi kelib tushgan vaqtdagi zaxiralar holatini aks ettiradi. Minimal me’yorga joriy zaxira kiritilmaydi. Bu me’yor joriy zaxira to‘liq sarflangan va yetkazmalarning keyingi partiyasi kelib tushishi kutilayotgan davrdagi zaxiralar holatini aks ettiradi.
Tahlilda har bir nomlanishdagi materiallar ishlab chiqarish uchun sarflash kunlarida ifodalangan zaxiraning minimal me’yori bilan taqqoslanadi. Shu maqsadda quyidagi shaklli analitik jadval qo‘llaniladi;
U-10 po‘latda sezilarli qoldiq mavjud. Ayni vaqtda boshqa turdagi po‘lat 1233,6 kg kam.
Xulosa qilib aytadigan bo'lsak, agar korxonaning zahira me'yori minimum chegaradan tushib ketsa,fors-major holatlarda korxona og'ir ahvolga tushib qolishi va ishlab chiqarish jarayoni sekinlashishi yoki to'xtab qolishi mumkin. Agarda aksi bo'lib moddiy resurslar zahirasi maximum chegaradan oshib ketsa esa korxonaning kapital resurslari aylanuvi sekinlashib, ko'p miqdori ishlatilmay zahirada turib qolishi mumkindir. Shuning uchun korxona o'zining moddiy resurslar zahiralarini muntazam tarzda muvozanatda ushlay olishi kerak.