sekinlashtiruvchilik vazifasini o'taydi. Gips sementning asosiy
kom ponenti, ya’ni nisbatan oson eriydigan kalsiy alyuminatlari
bilan o'zaro ta’sir etishadi va ularni qiyin eriydigan moddalarga
aylantiradi, natijada tishlashish jarayoni sekinlashadi.
Gipsdan qancha qo'shish kerakligi romansement tarkibidagi
alyuminatlar miqdoriga bog'liq: odatda 5% dan oshmaydi. Ba’zan
sem ent mustahkamligini oshirish maqsadida gipsdan ko'proq
qo'shiladi. Qancha qo'shish kerakligi laboratoriyalarda o'tkazilgan
sinovlarga asoslanib belgilanishi kerak.
Gidravlik qo'shilmalarga kelganda, romansementda m a’lum
miqdorda erkin ohak bo'lgani yoki ana shu erkin ohak u qotayotgan
vaqtida oz m iqdorda ajralib chiqadigan hollarda gidravlik
qo'shilmalarning ohak qotishidagi roli namoyon bo'la boshlaydi.
Do'stlaringiz bilan baham: |