bo'lishiga olib keladi. Beton element ham har qanday tosh mineral
kabi harorat ortishi bilan o'lchami kattalashadi va, aksincha,
harorat pasayishi bilan torayadi. Binobarin, betonning tashqa-
risining ancha sovib qolgan qatlamlari siqilishga intiladi, lekin
qizib ketgan ichki qatlamlari esa bunga yo'l qo'ymaydi. Natijada
betonning sirtqi qatlamlari cho'zilgan (zo'riqqan) holatda qoladi
va yoriqlar paydo bo'ladi. Demak, bu hodisaning oldini olish
uchun belit sement ishlatilgani ma’qul. Biroq bunday sementlaming
mustahkamligi ancha pastdir.
Sement qanchalik mayda tuyilgan bo'lsa, shuncha ko'p issiqlik
ajralib chiqadi (ayniqsa, qotishning dastlabki vaqtlarida), chunki
klinker minerallarning gidratatsiya jarayonlari tezlashadi. Xuddi
shunga o'xshash — sem entning gidratatsiya jarayonini tez-
Do'stlaringiz bilan baham: |