eriydi. U uch kalsiy silikat gidrolizlangani zahoti ohakka to'yingan
eritma hosil qiladi. Kalsiy gidrosilikatlar, gidroaiyuminatlar, gidro-
ferritlar distillangan suvda biroz eriydi, ohakka to'yingan eritmada
esa butunlay erimaydi. Shu tufayli klinker minerallarining suv
bilan o'zaro ta’sir etishish mahsulotlari — kalsiy gidrosilikatlar,
gidroaiyuminatlar va gidroferritlar C a(O H )2 singari eritmaga
o'tmaydi, balki shu zahoti kolloid eritmalar hosil qilib, mayda-
mayda qattiq zarrachalar holida ajralib chiqa boshlaydi.
C3S yana gidrolizlanishi tufayli hosil bo'ladigan kalsiy gidrat
oksidining yangi ulushlari ohakka to'yingan eritmada endi eriy
olmaydi va C a(O H )2 ham juda mayda kolloid zarrachalar ko'ri-
nishida ajralib chiqa boshlaydi.
Do'stlaringiz bilan baham: |