70—110°C haroratda uch sulfatli shakldagi gidrosulfoalyuminat
awalgi suvning miqdori 8—10 H 20 bo'lguncha degidratlanadi,
so'ngra bir sulfatli shakli va gips hosil bo'lguncha parchalanadi.
Gidrosulfoalyuminatlarning ikkala shakli ham avtoklav ishlovida
(175—200°C) C3AH6, yarim molekula suvli gips va angidrid hosil
qilib parchalanib ketadi. Uch sulfatli shakl magniy sulfat va ishqoriy
karbonatlar ta’sirida parchalanadi, ammo natriy va kalsiy xlor
tuzlarining eritmasida barqaror turadi. Uch sulfatli shaklning
zichligi 1730 k g/m 3 (25°C haroratda), bir sulfatli formaning
zichligi esa 1950 kg/m 3 (20°C haroratda). Birinchisi ko'pincha
ninasimon ko'rinishdagi kristallar, ikkinchisi geksagonal plastin-
kalar holida hosil bo'ladi.
Do'stlaringiz bilan baham: |