qanday fizik-kimyoviy o'zgarishlar sodir bo'lmaydi. Biroq ma’lum
vaqtgacha ancha yuqori harorat ta’sir qilib tursa, mustahkamlik
o'zgara boshlaydi. Masalan, 200°C haroratda portlandsement asosida
ishlangan beton mustahkamligi taxminan 50 % pasayadi va issiqlik
manbai olib qo'yilganidan keyin ham bu mustahkamlik qayta
tiklanmaydi. Harorat ortib borishi bilan beton mustahkamligi
yanada pasayadi. Aytaylik, beton 500—550°C haroratgacha qizdirib
namlansa, sementtosh tarkibiy tuzilmasi buziladi; bu haroratda
C a(O H )2 kalsiy oksid (CaO) va suvga ajraladi, sem enttosh
namlanganda tosh ichidagi ohak qayta so'nadi va tosh buziladi.
Hozirgi vaqtda juda yuqori, masalan 1000— 1300°C harorat
ta’siriga ham yaxshi qarshilik ko'rsata oladigan sement yaratish
usullari ishlab chiqilgan, ulardan turli issiqlik apparatlarini
Do'stlaringiz bilan baham: |