MODDALAR MASSASINING SAQLANISH QONUNI.
1. 6,4 g oltingugurt 16
g brom bilan birikib, necha g oltingugurt (IV) bromid hosil bo’ladi?
A) 17,6 B) 8,8 C) 6,6 D) 9,9
2. Moddalar massasining saqlanish qonuni qanday tariflanadi?
A) Har qanday murakkab moddaning tarkibi, qaysi usulda olinishidan qat’iy nazar, bir xil bo’ladi.
B) Elektrodda ajralib chiqqan modda massasi elektrolitdan o’tgan tok kuchiga bog’liq bo’ladi.
C) Agar ikki element o’zaro bir necha birikma hosil qilsa, bir element boshqa elementning bir xil va muayyan miqdori bilan birikadigan og’irlik miqdorlari o’zaro kichik butun sonlar kabi nisbatda bo’ladi.
D) Kimyoviy reaksiyaga kirishgan moddalarning massasi hosil bo’lgan moddalarning massasiga hamma vaqt teng bo’ladi.
3. Quyidagi tariflarning qaysi biri M.V.Lomonosovning kimyoda kashf etgan qonunini ifodalaydi.
A) Bir xil sharoitda turli gazlarning teng hajmlaridagi molekulalar soni bir xil bo’ladi.
B) Har qanday kimyoviy toza modda olinish usulidan qat’iy nazar, bir xil o’zgarmas sifat va miqdoriy tarkibga ega bo’ladi.
C) O’zgarmas bosimda reaksiyaga kirishayotgan va hosil bo’layotgan gazlarning hajmlari o’zaro kichik butun sonlar nisbati kabi bo’ladi.
D) Kimyoviy reaksiyaga kirishgan moddalarning umumiy massasi reaksiya natijasaida hosil bo’lgan moddalarning jami massasiga teng bo’ladi.
4. Quyidagi qaysi olim M.V.Lomonosovning modda massasining saqlanish qonuniga qarshi fikr aytadi ?
A) R.Boyl. B) J.Dalton.
C) Gey-Lyussak. D) J.Prust.
5. Quyidagi tariflarning qaysi biri R.Boylga tegishli?
A) Bir xil sharoitda turli gazlarning teng hajmlaridagi molekulalar soni bir xil bo’ladi.
B) Har qanday kimyoviy toza modda olinish usulidan qat’iy nazar, bir xil o’zgarmas sifat va miqdoriy tarkibga ega bo’ladi.
C) O’zgarmas bosimda reaksiyaga kirishayotgan
va hosil bo’layotgan gazlarning hajmlari o’zaro
kichik butun sonlar nisbati kabi bo’ladi.
D) Kimyoviy reaksiyaga kirishgan moddalarning massasi reaksiya natijasaida o’zgaradi.
6. Temir oltingugurt bilan 7:4 nisbatda birikadi. Quyidagilardan qaysi biri to’g’ri ifodalangan?
1) 7 m.a.b. : 4 m.a.b. 2) 7 g : 4 g 3) 7•10
22 : 4•10
22
A) 2,3 B) 1,2 C) 1 D) 2
7. Tarkibida ikki atom misga bir atom kislorod to’g’ri keladigan modda ma’lum. Ikkala boshlang’ich modda to’liq reaksiyaga kirishishi uchun ularni qanday nisbatda olish kerak?
1) 8 g : 1 g 2) 8 m.a.b : 1 m.a.b.
3) 3,76•10
22 : 18,8•10
21
A) 1,3 B) 1,2 C) 2 D) 1