A q ZQN
Bu erda; N- neytronlar sonini ifodalaydi.
Masalan, natriy atomi yadrosining musbat zaryadi Q11 ga teng, demak unda 11 ta proton bor. Demak neytronlar soni (N) massalar soni (A) bilan tartib raqam orasidagi ayirmaga teng:
N q A – Z
Masalan, atom yadrosining massasi soni 24, tartib raqami 12, demak unda N q A – Z q 24 – 12 q 12 ta neytron bor.
Engil elementlarda massalar soni elementning tartib raqamidan taxminan ikki baravar katta, ya’ni neytronlar soni protonlar soniga deyarli teng. Tartib raqamining ortib borishi bilan neytronlar soni bilan protonlar soni orasidagi farq ham ortib boradi.
Tadqiqotlarning ko’rsatishicha, atom yadrosi ancha murakkab va mustaxkam tuzilishga ega. Yadrodagi nuklonlar orasida ma’lum bog’lanish mavjud. Yadroni alohida nuklonlarga ajratish uchun zarur bo’ladigan energiya yadroning bog’lanish energiyasi deyiladi.
Yadroning bog’lanish energiyasi uning barqarorligining o’lchovidir. Energiyaning saqlanish qonuniga ko’ra, yadroni parchalash uchun qancha energiya sarflansa, yadro hosil bo’lganda ham shuncha energiya ajralib chiqadi.
Yadroning massasini mass-spektrometrlar yordamida katta aniqlikda o’lchanadi. Shunday o’lchashlardan aniqlanishicha, yadroning massasi uning tarkibidagi nuklonlar massalarining yig’indisidan kichik ekan. Boshqacha aytganda, nuklonlardan yadro hosil bo’lishida
ga teng massa etishmovchiligi vujudga keladi.
Bu erda; -mos ravishda proton, neytron va yadroning massalaridir.
Yadroni Kulon kuchi tasirida parchalanib ketishidan saqlab turadigan tortishish kuchlari yadro kuchlaridir. Nuklonlar orasidagi bunday ta’sir kuchlari kuchli ta’sir bo’lib, ular quyidagi xossalarga ega:
Yadro kuchlari bu tortishish kuchlaridir.
Yadro kuchlari qisqa masofada ta’sir etuvchi kuchlar bo’lib, ularning ta’sir masofasi 10-15m atrofida bo’ladi. Yadro kuchlarining ta’sir masofasi yadro kuchlarining ta’sir radiusi deyiladi.
Yadro kuchlari elektr zaryadiga bog’liq emas. Proton va neytron, ikkita proton va ikkita neytron orasidagi yadro kuchlari bir xil.
Yadro kuchlari tortishish va kulon kuchlari kabi markaziy xarakterga ega emas.
Ular to’yinish xarakteriga ega.
Har bir nuklon yadrodagi barcha nuklonlar bilan emas, balki o’z atrofida joylashgan chekli sondagi nuklonlar bilangina o’zaro ta’sirlashadi. Shuning uchun ham bog’lanish energiyasining massa soni (A)ga bog’liqligi chiziqli xarakterga ega.
Yapon fizigi Xidaki Yukava g’oyasiga ko’ra, yadroda sof “proton” va sof “neytron” yo’q ularning o’rniga ikkita musbat hamda manfiy zaryadlangan yadro moddasi mavjud va ular bir-birlari bilan uzluksiz ravishda mezon deb ataluvchi zarralarni almashinib turadi. Shuni qayd etish kerakki, hozirgacha yadro kuchlari oxirigacha o’rganilmagan. Shunday bo’lsada, yadro haqida fanda fizik olimlar tomonidan turlicha tasavvurdagi yadro modellari yaratilgan.
Do'stlaringiz bilan baham: |