Mobil telefonlardan foydalanish va axborot almashish madaniyati. Mobil telefonlar va boshqa mobil aloqa vositalaridan foydalanganda so‘zlashish madaniyatiga, xabarlarni yozish va elektron pochtadan foydalanish etikasiga hamda telefon apparatidan foydalanish qoidalariga rioya qilish zarur. Telefon orqali nojo‘ya so‘zlarni gapirish, turli nojo‘ya xabarlarni jo‘natishdan saqlaning.
[Kompyuter va uning qurilmalari. Dasturiy ta’minot
Kompyuterlar, odatda bir necha bloklardan iborat bo’ladi va ularning tarkibiga quyidagi uch blok: 1) sistema bloki; 2) monitor; 3) klaviatura va sichqon kiradi.
Ulardan asosiysi sistema bloki (yoki sistemali blok) bo’lib, unga o’rnatilgan uskanalar birgalikda kompyuterni tashkil etadi va uning ichiga qaysi rusumga tegishli uskunalar o’rnatilganiga qarab kompyuter rusumlar (masalan, Pentium III yoki Pentium IV va hokazo) ga ajralatiladi. Boshqa qurilmalarning barchasi sistema blokiga ulanadi.
Kompyuter qanchalik kuchli bo’lmasin, unda qanchalik ko’p ma’lumot saqlanmasin, ma’lumotlarni foydalanuvchi uchun qulay ko’rinishda ko’rsatib berilmasa, bunday kompyuter dengiz tubidagi hazinaga o’xshab qoladi va undan hech qanday naf bo’lmaydi. Ma’lumotlarni tasvirlab berish uchun monitor xizmat qiladi.
Тashqi ko’rinishi va ishlash prinsipiga ko’ra, monitor oddiy televizorga o’xshab ketadi, undan farqli ravishda teleko’rsatuvlarni qabul qiluvchi radiokanali bo’lmaydi. Тelevizorga videomagnitofon ulash mumkin bo’lganidek, monitorga kompyuter ulanadi. Kompyuter monitoridagi tasvir televizor ekranidagi tasvirdan ancha sifatli bo’lib, monitor bilan bir necha soat ishlash ham foydalanuvchini toliqtirmaydi.
Monitor ekranidagi tasvirlar piksel (nuqta) lar to’plamidan iborat bo’lib, bu nuqtalarni tez almashtirilganda (sekundiga 50 marta va undan ko’proq) inson ko’zi tomonidan jonli harakat ko’rinishida qabul qilinadi. Monitor ekranida tasvir 640Х480 (640 ta satrning har birida 480 tadan nuqta), 800Х600, 1024Х768, 1280Х1024 kabi zichlikda bo’lishi mumkin. Ulardan dastlabkisi deyarli ishlatilmaydi va ba’zi bir «qadimgi», 5-10 yil oldin ishlab chiqilgan dasturlarda saqlanib qolgan.
Uyali aloqa – u qanday ishlaydi?CHORSHANBA, 29 FEVRAL 2012
Bugungi kunda butun jahon bo‘ylab milliardlab odamlar uyali telefonlarni ishlatadilar. Xususan, O‘zbekistonda salkam 20 million nafar kishi uyali aloqa xizmatlaridan foydalanadi. Chunki ushbu aloqa vositasida yaqinlaringiz bilan muloqotda bo‘lish juda oson va kamxarajatlidir.
Qolaversa, uyali telefon nafaqat aloqa vositasi, balki o‘z ichiga ko‘plab foydali funksiyalarni qamrab olgan ajoyib qurilma hamdir. Uyali telefonning rusumiga qarab, unda:
• kerakli ma’lumotlarni saqlash;
• bajarish kerak bo‘lgan ishlar ro‘yxatini tuzish;
• kalkulyator amallarini bajarish;
• o‘yin o‘ynash;
• matnli xabarlarni(SMS) boshqa telefonga jo‘natish;
• MP3 pleyeri yordamida musiqa eshitish va hatto televizor ko‘rish ham mumkin.
Biroq, siz telefoningizda gaplashayotgan paytda, u qanday ishlar ekan, deb o‘ylab ko‘rganmisiz? Agar endi qiziqib qolgan bo‘lsangiz, marhamat, o‘qishni davom ettiring.
Tarixga nazar
Umuman olganda, qo‘lingizdagi yoki yoningizda turgan uyali telefon – bu eski tanishimiz, bolaligimizdan ko‘rib-bilib kelganimiz – oddiy radiodir. To‘g‘ri, texnik jihatdan ancha takomillashgan, lekin, baribir, radio.
Uyingizdagi telefon 1876- yilda Aleksandr Grexem Bell tomonidan kashf etilgan, undan ko‘p vaqt o‘tmay, 1880- yilda Nikolay Tesla ilk simsiz aloqani o‘ylab topgan. Va taqdir taqozosi bilan, oradan tahminan yuz yil o‘tgach, bu ikki kashfiyot birlashib, simsiz telefon aloqasini vujudga keltirdi. Eslatib o‘tamiz, birinchi mobil telefon 1983 yilda sotuvga chiqdi.
Do'stlaringiz bilan baham: |