7 – Mavzu.
Grafik va videotasvirlarni uzatish muhiti. Axborotni qulay qabul qilish usul va vositalari.
Reja:
Oxirgi avlod Videoxaritalar, tiplari, xarakteristikalari va sozlash.
Fotoapparat va Veb kameraning xarakteristikalari va ishlash prinsipi
Multimedia proyektorlarining turlari, klassifikatsiyasi
Grafik tezlatgichlarning xarakteriskasi.
|
Bu rejada biz zamonaviy grafik tezlatgichlarni o’rganib chiqishga va ular nimalarga qodir ekanliklarini tushunib olishga harakat qilamiz. Biz nVidia kompaniyasi GeForce 6 series va ATI kompaniyasining Radeon X series tezlatgichlari haqida gapiramiz.
Umuman olganda videokarta — bu plata, prosessor, xotira va sovutish tizimidan tashkil topgan shaxsiy kompyuterning yaxlit bir grafik tizimidir. Aytish mumkinki, videokarta — bu shaxsiy kompyuterning platformasi bilan o’xshash tuzilishdagi alohida tizim, lekin u faqat grafik ma’lumotlarni ishlab chiqadi. Ushbu holatda GPU (Graphic Processor Unit) prosessor hisoblanadi. Grafik prosessorlar biz uchun odatiy bo’lgan markaziy mikroprosessorlardan farqli ravishda ancha oddiyroq yarim o’tkazgichli qurilma hisoblanadi. Zamonaviy GPU unchalik nozik bo’lmagan 110/130 nm texnologik jarayon bilan ishlab chiqarilmasa ham (GPU ishlab chiqaruvchi ulkan Intel va AMD kompaniyalari va boshqalar anchadan beri 90 nm ishlab chiqarish texnologiyasidan foydalanadilar va yaqin orada 65 nm texnologik jarayonga o’tishlari kutilmoqda), kristallda tranzistorlar soni bo’yicha markaziy prosessorlardan hech ham qolishmaydilar.
Hamma videokartalar grafik chiplar uchun hech qanday raz’yomlar va slotlarga ega emaslar, GPU shundoq pechatli plataga to’g’ri yig’iladi. Albatta hozirgi kunda videokartalar sovutish sistemalari bilan ishlab chiqariladi. Eng ko’p issiqlikni GPU chiqaradi, lekin ba’zan yuqori mahsuldorxotiralar ham qo’shimcha sovutishni talab etadi. Xotira chiplariga passiv sovutish yetarli bo’ladi (issiqlikni radiator yordamida yo’qotish), lekin topologik grafik prosessorlar sifatli sovutishni talab etadi, chunki ularqittiq qizib ketadi. Odatda ana’naviy kullerdan foydalaniladi, lekin oxirgi paytlarda issiqlik trubkasi bilan radiatorlardan va hatto suyuqlikli sistemalardan ham foydalanilmoqda.
Ona plata kabi videokarta platasi ham BIOS lardan iborat (Base Input Output System) o’zining doimiy xotirasiga ega.ona platada bo’lgani kabi uni ham proshivka mumkin, ya’ni videokarta PZU sida BIOS bir versiyasini ikkinchisi bilan almashtirish mumkin. Platani quvvat manbaiga ulash ikki usul bilan amalga oshirilishi mumkin: interfeys shinasi orqali yoki qo’shimcha raz’yom orqali to’g’ridan-to’g’ri sistema quvvat blokidan.
Ikkinchi usulida karta katta quvvat sarflashi va interfeys shinasi orqali ulanish yetarli emasligi sababli foydalaniladi. Hayotda bunday vaziyat topologik grafik adapterlarning «muammosi» bo’lib qoldi, chunki qimmat va mahsuldor videokartani sotib olganda foydalanuvchi quvvat blokini yanada kuchlirog’iga almashtirishga majbur bo’ladi.Videokartani ona plataga ulash uchun va grafik adapter hamda sistemali plata o’rtasida ma’lumotlar uzatish uchun hozirgi paytda shinalar ikki protokolidan foydalanilmoqda.
nihoyat videokarta o’zining operativ xotira sistemasiga ega. Xotira chiplari to’g’ridan-to’g’ri videoplataga o’rnatilgan, ular ham DIMM operativ xotira oddiy modullaridagi chiplarga o’xshash ko’rinishga ega. Grafik tezlatgichlar yangi avlodi GDDR3 standarti yuqori samarali xotira bilan ishlashni ta’minlaydi, top-modellar uchun tanlash vaqti esa atigi 2 nanosekundni tashkil etadi. Videokartalarda xotiralar umuman olganda ona platada bo’lgani kabi maqsadlar uchun foydalaniladi — prosessor bevosita ishlayotgan ushbu holatda grafik prosessor, ma’lumotlarni keshlash va saqlash uchun foydalaniladi.
Ko’rib turganingizdek videokarta turli xildagi funksional bloklardan tashkil topgan sistema
hisoblanadi, bundan esa u hammasi birgalikda mahsuldorlikka ta’sir ko’rsatadigan turli parametrlarga ega ekanligi kelib chiqadi. Lekin shunga qaramasdan grafik sistemaning eng muhim elementi, «yuragi» yanada aniqroq qilib aytsak «miyasi» GPU hisoblanadi.Bugungi kunda biz grafik tezlatgichlar ikki turkumlariga egamiz: nVidia GeForce 6 va ATI Radeon X. Bu yangi mahsulotlar texnik ko’rsatkichlarini uzoq gapirib o’tirmasdan ularni hammasini jadvalda ko’rsatib o’tamiz.
nVidia yangi chipi GDDR3 SDRAM to’rt kanalli xotira kontrolleri ko’rinishida xotirani ta’minlay oladigan va 256-bitli xotira shinasiga (64 bit x 4) ega bo’ldi. GDDR3 standarti — bu JEDEC (Joint Electronic Devices Engineering Council — Elektron komponentlarni hamkorlikda ishlab chiqish kengashi) tomonidan ishlab chiqilgan va tasdiqlangan grafik xotira chiplari umuman yangi arxitekturasi. ATI kompaniyasi grafik xotira yangi standartining asosiy loyihachisi bo’ldi. GDDR3 standartining asosiy ustunliklari uning ancha oddiy arxitekturasi, iste’mol qiladigan quvvati ancha pasaytirilishi va mukammallashtirilgan sinxronizasiyasi va demak issiqlik ajratishi. GDDR va GDDR2 standartlari bilan to’la mos kelishi hisoblanadi.
Yangi avlod grafik chiplari BGA turidagi qoplamada ishlab chiqariladi, shu sababli hozircha nisbatan qimmat narxga ega. GeForce 6800 Ultra grafik prosessorlari bilan videokartalar 256 Mb hajmdagi shunday xotira bilan ta’minlangan. Takt chastotasi 550 MGsni tashkil etadi (samaralisi DDR prinsipi bo’yicha 110 MGsni). Xotira masalasiga yana qaytib yurmaslik uchun ATI Radeon X850XT asosidagi grafik adapterlar GDDR3 xotirasi xudi shunday hajmiga ega, kontrolleri esa xuddi shunday 256 bit razryadli shina ishini ta’minlaydi.NV40 ning ustunligi unda paydo bo’lgan DirectX 9.0c to’la apparatli ta’minlashi hamda Shader Model 3.0 dasturlashtiriluvchi sheyderlar yangi modeli bilan ishlashni ta’minlashi hisoblanadi, bu o’yinlar yaratuvchilarga ko’plab yangi funksiyalarni amalga oshirishga imkon beradi.
Yangi texnologiyalar bilan ishlash masalasida Radeon X850XT prosessori GeForce 6800 kabi ma’qul ko’rinishga ega emas — ATI kompaniyasi yangi avlod chipi 3.0 versiyali sheyderlari bilan ishlash imkoniyatiga va DirectX 9.0c va Open GL 1.5 da ulardan foydalanish imkoniyatini beradigan API yangi versialariga ega bo’lmadi.
Har qanday bo’lganda ham Ati Radeon 9xxx seriyali va nVidia GeForce FX seriyali prosessorlari asosidagi videokartalar o’zlarining afzaliklarini yo’qotmaydilar va eng zamonaviy 3D-o’yinlar talablarini qondirishga qodir emaslar. Bu seriyalarning ko’plab modellari sotuvda mavjud, lekin ularning narxlari qulayligiga qaramay sotib olishdan ma’no yo’q, ATI RadeonX va nVidia GeForce 6 chiplari bilan videokartalari kelajak uchun katta imkoniyatlarga ega mos tanlov bo’lib qoladi.
Do'stlaringiz bilan baham: |