iPhone uchun rington yaratish
Ba’zi foydalanuvchilar kirish-chiqish qo’ng’iroqlari, mobil xabar va budilniklarga standart tovush o’rniga o’zi yoqtirgan musiqani qo’ymoqchi bo’ladi. iTools orqali buni oson, mustaqil uddalash mumkin. Buning uchun dasturni ishga tushirib «Медиа» bo’limiga o’tamiz. O’ng tomonda paydo bo’lgan menyudan «Рингтон» bo’limi tanlanadi va «Создать рингтон» tugmasi bosiladi. Muloqot oynasi ochilganda «Выбрать» tugmasi orqali siz kerakli qo’shiqni tanlab oling. Qaychi rasmi tushirilgan piktogramma ustiga bosib musiqaning kerakli qismi qirqib olinadi. So’ngra «Сохранить и импортировать» tugmasi bosilsa, iTools o’zi mustaqil ravishda qirqilgan audioni qurilma xotirasiga yozadi. Siz bu musiqani qong’iroqlar yoki budilnik uchun ishlatishingiz mumkin
Do'stlaringiz bilan baham: |