Shaxsiy kompyuterni masofadan boshqarish dasturi (Team Weaver).
«TeamViewerQuickSupport» ni yuklab olsa, bo'ldi.
3- qadam.
№1 kompyuterda «TeamViewer» dasturini ishga tushiramiz.
4- qadam.
Do'stimiz №2 kompyuterda «TeamViewerQS» dasturini ishga tushiradi.
Ko'rib turganingizdek, do'stimizning kompyuterida namoyon bo'lgan darchada masofadan ulanishni sozlash uchun zarur ma'lumotlar - ID va parol mavjud.
5- qadam.
Do'stimiz (№2 kompyuter) bizga (№1 kompyuterga) «TeamViewerQS» moduli namoyish etgan ID va parolni aytadi.
Buning uchun istalgan aloqa vositasidan
foydalanish mumkin - telefon orqalimi, SMS shaklida yoki chat orqalimi, farqi yo'q.
6- qadam.
Olingan ma'lumotlarni №1 kompyuterga kiritamiz.
Oldin IDni tegishli maydonga yozamiz: Keyin masofadan ulanishni qaysi maqsadlarda o'rnatayotganimiz haqida o'ylab ko'ramiz va maqsadimizdan kelib chiqib, kerakli bandni tanlaymiz (bu bandlar ID maydonchasidan biroz pastda turibdi).
Masalan, fayllar almashish niyatida bo'lsak, «Передача файлов» («Fayllar jo'natish») bandini, agar biror dasturning qanday ishlashini ko'rsatmoqchi bo'lsak yoki Windowsni sozlashimiz kerak bo'lsa, «Удаленное управление» («Masofadan boshqarish»)ni tanlaymiz. Shundan keyin «Подключиться к партнеру» («Sherikka ulanish») tugmasini bosamiz. Paydo bo'lgan darchaga do'stimizdan olingan parolni teramiz va «Вход в систему» («Tizimga kirish») tugmasini bosamiz. Shu bilan ulanish amalga oshadi. Agar hammasini to'g'ri bajargan bo'lsak, bir necha sekunddan keyin №2 kompyuterga ulanamiz.Agar «Удаленное управление» tanlangan bo'lsa, ekranimizda alohida darcha ochiladi va unda №2 kompyuter ekranida shu paytda nima bo'lsa, hammasi namoyon bo'ladi. Shuni hisobga olingki, beso'roq ravishda №2 kompyuter Ish stolidagi manzara sizga ko'rinmaydi, qop-qora fon bo'ladi. Agar bu darchada biror amal bajarsak (papkalar ochsak, nusxa olsak yoki fayllarni o'chirsak), do'stimiz barcha harakatlarimizni o'zining kompyuteri ekranida kuzatishi mumkin (va sichqoncha kursori o'zi harakatlanayotganidan hayratga tushadi;) ). Bunday ulanish orqali biz №2kompyuterni boshqara olamiz, lekin undan hech qanday fayl ola olmaymiz va jo'nata olmaymiz. Shu sababli, fayl almashish kerak bo'lsa, ulanishni sozlayotganda (IDni kiritgandan keyin) «Передача файлов» bandini tanlashimiz kerak bo'ladi.
Bunday holatda, ulanish amalga oshgach, biz fayl menejeriga o'xshash darcha paydo bo'lganligini ko'ramiz. Darchaning chap tarafida bizning kompyuterimizdagi disklar, o'ng tarafda esa, narigi kompyuterning barcha disklari aks etadi. Istalgan disk yoki papkani ochib, kerakli faylni ko'chirib olishimiz mumkin bo'ladi. Ko'rib turganingizdek, dastur yordamida bir necha daqiqadayoq masofadan ulanish mumkin, buning uchun alohida bilim talab etilmaydi. Agar siz an'anaviy sozlamalardan qoniqmay, dastur sozlamalariga o'zgartishlar kiritmoqchi bo'lsangiz, buni menyudagi «Допольнительно - Опции» bandini tanlash orqali amalga oshirishingiz mumkin. Маnа, siz bilan «TeamViewer» dasturi bilan tanishdik. U hayotda sizga albatta qo'l keladi, deb ishonamiz.
Do'stlaringiz bilan baham: |