Guruhda ishlashni baholash jadvali
Guruh
|
Javobning aniqligi va toliqligi (2-5 ball)
|
Taqdim etilgan axborot yaqqolligi (2-5 ball)
|
Guruhning har bir a’zosi faolligi (2-5 ball)
|
Umumiy ball miqdori (2+3+4)
|
Baho
(5/4)
|
1
|
2
|
3
|
4
|
5
|
6
|
1
|
|
|
|
|
|
2
|
|
|
|
|
|
Har bir guruh mezonlar bo’yicha ballarni jamlab, boshqa guruhlar chiqishini baholaydi. Guruh olgan baho guruhning har bir a’zosi bahosini belgilab beradi: 5 ball - «a’lo»; 4– «yaxshi»; 3 – «qoniqarli»; 2 ball – «qoniqarsiz».
Dars yakuni O’qituvchi o’tgan yangi mavzu bo’yicha tushunmagan savollarga javob beradi,darsni mustahkamlashdagi o’quvchilar javobini muhokama qilib, o’quvchilar bilimini baholaydi va darsni yakunlaydi.
32 – MAVZU: MOBIL QURILMALARNING AMALIY DASTURIY TA’MINOT VOSITALARIGA KIRISH (STANDART SOFT:O’YINLAR, VIRTUAL MUZEYLAR, REKLAMA MATERIALLARI)
REJA:
Mobil qurilmalar uchun amaliy dasturlar muhiti.
Ofis ishlaringizda va kundalik hayotda yordamchi mobil dasturlar.
Pochta,rasm va ovoz bilan ishlash imkoniyatini kegaytiruvchi dasturlar.
O`zbek tilidagi milliy dasturlar.
Ofis ishlaringizda va kundalik hayotda yordamchi mobil dasturlar.
1. Mobil divayslar uchun Microsoft Office.
Microsoft Word, Excel va PowerPointni kompyuterda ishlatishni yoqtiruvchilar o’z xujjatlarida va slayd’larida telefon yoki planshetdan foydalanishni jon deb istashsa kerak. Faqatgina bitta salbiy tarafi shundaki, ushbu dasturning to’liq versiyasi oyiga 10.66 AQSH dollarini tashkil etadi.
2. When I Work
Hamkor yoki ishchilaringiz bilan uchrashuvlar belgilashda qo’l keladi. Qaysi ishchingiz ishga kelishini aniqlang, yordam kerak bo’lganda bo’sh o’rinni to’ldiring va ishchilarning vaqt jadvallarini kuzatib boring. Ushbu omillar ma’muriy vazifalarga vaqt yutqazish o’rniga, mijozlar va natijaga diqqat qaratishingizda yordam berishi mumkin.
3. Prezi
Ishlayotgan holingizda prezentatsiyalar tuzish haqida gapirar ekanmiz, Prezi nomli dasturi Planshet, Telefon va boshqa qurilmalar orasida sinxronlashtirish, ma’lumot almashib, ishingizni osonlashtiradi.
4. Pocket Informant
Ushbu iOS yoki Android dasturni barcha kalendar, vazifalar, esdalik yozuvlar va kontakt ma’lumotlarni bir joyga to’plash uchun va yanada unumdor ishlash uchun ma’qul topdik.
5. Trello
Trello – bu xuddi loyihalarni boshqarish uchun Pinterest dasturidek. Uzundan uzun emaillar yoki boshqa matnlarni o’qishdan bezor bo’lganlarga ushbu dastur – bajariladigan vazifalarni kartochkalar, izohlar, vazifalar ro’yhati, yuklangan fayllar va boshqalar ko’rinishida beradi.
6. 1Password
Kundalik parollarimizni barchasini eslab qolish uchun kimda ham sharoit yoki xohish bor? Ushbu dastur loginlar, kredit kartochka ma’lumotlari, parol va boshqalarni xavfsiz saqlashga va’da beradi. Dasturning pro versiyasi 9.99 AQSH dollarida narxlanib, foydalanuvchilar ijobiy (4-5 yulduzli qaydlar) bahosiga sazovor bo’lgan.
7. AnyList
Ushbu ajoyib ko’rinishli dastur orqali kundalik bozorliklar ro’yxatini tuzish va ularni do’st va oila azolaringiz bilan baham ko’rishingiz mumkin. Bozorlik ehtiyojlaringizni vaqt yutqazmasdan qondiring.
8. MEGA
Odamlar ma’lumotlarini sir saqlanishini istashadi, MEGAning mobil ilovasi o’z smartfonlarida fayllarni strim qilish va ishlatish imkonini yaratadi.
Do'stlaringiz bilan baham: |