Guruhda ishlashni baholash jadvali
Guruh
|
Javobning aniqligi va toliqligi (2-5 ball)
|
Taqdim etilgan axborot yaqqolligi (2-5 ball)
|
Guruhning har bir a’zosi faolligi (2-5 ball)
|
Umumiy ball miqdori (2+3+4)
|
Baho
(5/4)
|
1
|
2
|
3
|
4
|
5
|
6
|
1
|
|
|
|
|
|
2
|
|
|
|
|
|
Har bir guruh mezonlar bo’yicha ballarni jamlab, boshqa guruhlar chiqishini baholaydi. Guruh olgan baho guruhning har bir a’zosi bahosini belgilab beradi: 5 ball - «a’lo»; 4– «yaxshi»; 3 – «qoniqarli»; 2 ball – «qoniqarsiz».
Dars yakuni O’qituvchi o’tgan yangi mavzu bo’yicha tushunmagan savollarga javob beradi,darsni mustahkamlashdagi o’quvchilar javobini muhokama qilib, o’quvchilar bilimini baholaydi va darsni yakunlaydi.
Mavzu:
2-guruh
1-guruh
Muhokama
Tahlil
Baholash
24 – MAVZU: ADOBE PREMIERE PRO DASTURI VA INTERFEYSI. BOSHKARISH ELEMENTLARI.
REJA:
Adobe Premiere Pro dasturi va interfeysi
Dastur boshqarish elementlari
Bugungi kunda audio-video montaj dasturlardan foydalanganda e’tibor berish kerakki biz foydalaniladigan kompyuter shu dastur uchun mosmi yoki yo‘q. Ko‘pgina montaj dasturlarining interfeysi bir xil bo‘ladi. Loyiha oynasi video kliplar va boshqa media ma’lumotlardan iborat papkalarni o‘z ichiga oladi. Klip ustida sichqochamizni chap tugmasini bosish orqali video ma’lumotni kompozitsiya oynasida ko‘rishimiz mumkin. Kompozitsiya oynasi ekranning chap tomonida joylashgan. Kompozitsiya oynasi sizga siz montaj qilmoqchi bo‘lgan video maxsulotingizni kerakli qismini belgilash va tasvirga olish imkoniyatini beradi. Olingan kadrlarni timeline oynasiga ketma-ket joylashtirish orqali klipni xosil qilasiz. Timeline oynasi ikki qismdan tashkil topgan: audio va video qismdan tashkil topgan. Siz montaj qilganingizda aniq bir video yoki augdio trekni tanlab olasiz, siz tanlagan audio va video har ikkalasi ham sizning yaratayotgan loyihangizga qo‘shiladi. Masalan, video trekni tanlash orqali, siz videodagi kadrlarni kesib boshqa videoga o‘zgartirishingiz mumkin lekin videoda tegishli bo‘lgan audio ma’lumot o‘zgarishsiz qoladi. Ko‘pgina audio video muharrirlash dasturlari cheksiz audio video treklarni taqdim eta oladi. Tez o‘rganish uchun zamonaviy interfeysli video montaj dasturlaridan foydalanish kerak. Lekin ehtiyot bo‘ling siz oddi dasturlar bilan yuqori sifatdagi video mahsulotni yarata ololmaysiz. Lekin siz oson ishlash uchun bir nechtasini topishingiz mumkin.
Adobe Premiere Pro – videoni tahrirlash uchun professional vosita hisoblanadi. Bu dastur DV formatidan to zichlanmagan HD gacha bo’lgan barcha video 36
formatlarni qabul qila oladi. Adobe Premiere Pro boshqa Adobe dasturlari bilan to„liq bog„lana oladi.
New Project oynasi
Natijada New Sequence oynasi hosil bo„ladi. Sequence Presets bo„limidan DV-PAL ni tanlaymiz. Bu papkadan Widescreen 48 kHz ni belgilaymiz. Chiquvchi faylga nom berib, “OK” tugmasini bosamiz
New Sequence oynasi
Shundan keyin, Adobe Premiere Pro dasturi ishga tushadi . Adobe Premiere Pro dasturining bir nechta asosiy ishchi oynalari mavjud. Bu ishchi oynalarning alohida vazifalari boʻlib, ulardan oʻz oʻrnida toʻgʻri foydalanilsa, ishimiz sifatli hamda ish unumdorligi yuqori boʻladi. Dasturga kerakli fayllarni yuklashning bir nechta usullari mavjud:
1. File menyusiga kirib, u yerdan Import buyrugʻini tanlash orqali;
2. Project oynasida sichqonchaning chap tomonini ikki marta bosish orqali;
3. Project oynasida sichqonchaning oʻng tugmasini bosib, undan Import bandini tanlash yoʻli bilan.
Adobe Premiere Pro dasturining umumiy ko’rinishi
Bu yerda:
1. Project oynasi.
2. Effect Controls oynasi.
3. Program oynasi.
4. Effects oynasi.
5. Timeline oynasi.
Adobe Premiere Pro dasturi quyidagi asosiy menyulardan tashkil topgan: File, Edit, Project, Clip, Sequence, Marker, Title, Window, Help.
1. File – fayl menyusi yangi proyekt yaratish, oldindan saqlab qo„yilgan proyektni ochish, ishlangan proyektlarni saqlash, fayllarni Import qilish, tayyor mahsulotni Export qilish imkonini beradi.
2. Edit – tahrir qilish menyusi. Unda Duplicate yaratish, qatlamdagi faylni o„chirish, undan nusxa olish mumkin.
3. Project – bu menyuda proyekt sozlamalarini amalga oshirish mumkin.
4. Clip – videoning o„ziga alohida ishlov berish menyusi. Bu menyuda yuklangan fayl nomini, uning namoyish etish tezligini va boshqa parametrlarni o„zgartirish mumkin.
Sequence – faylni render qilish, qilingan renderni o„chrish imkoniyatiga ega. Qolaversa, Timelinedagi faylni bizga qulay bo„lishi uchun uni cho„zish va siqish mumkin.
6. Marker – bu Timelinedagi faylning ma‟lum oralig„ini belgilab olish uchun ishlatiladi. Bu bizga ancha qulayliklar olib keladi.
7. Title – titr menyusi. Bu yerdan qilayotgan ishimiz uchun har xil titrlar yozishimiz mumkin.
8. Window – “Oyna” deb nomlanuvchi bu menyu bizga katta qulayliklarni yaratib beradi. Bu yerdan bizga kerakli oynalarni ochishimiz va keraksiz oynalarni yopib qo„yishimiz mumkin.
9. Help – “Yordam” menyusi. Bu menyu Adobe Premiere Pro dasturi haqida ma‟lumotlar kiritilgan. Qolaversa, bizda paydo bo„ladigan ba‟zi savollarga shu yerdan javob olishimiz mumkin
Uskunalar paneli
1. Tanlash uskunasi.
2. Yo’lni tanlash uskunasi.
3. Jivirlatish uskunasi.
4. Tezlikni cho„zib qo„yish uskunasi.
5. Kesish uskunasi.
6. Sirg„anish uskunasi.
7. Sirpanish uskunasi.
8. Ruchka uskunasi.
9. Qo’l uskunasi.
10. Kattalashtirish, kichiklashtirish uskunasi.
Nazorat savollari
Adobe Premiere Pro dasturi vazifasi nima?
Dastur qo’llab quvvatlaydigan video fayl formatlarini sanang?
Dasturning Fayl menyusida qanday amallar bajariladi?
Project nima?
Uskunalar paneli necha qismdan iborat?
“Blits o‘yin “ mеtodi
Ushbu mеtodni qo‘llash jarayonida cho’ntaklarni tikish texnologiyasi mukammal o’rganadilar
“Blits o ‘yin” mеtodi asosida faoliyatni aniqlash
Do'stlaringiz bilan baham: |