Mobil ilovalar brendi tushunchasi,vazifalari va rivojlanish strategiyalari


O‘ZBEKISTONDA MOBIL ILOVALARNI ISHLAB CHIQARISH SALOHIYATI



Download 248,14 Kb.
bet6/10
Sana06.07.2022
Hajmi248,14 Kb.
#745929
1   2   3   4   5   6   7   8   9   10
Bog'liq
SAMIX NEW KURS ISHI

O‘ZBEKISTONDA MOBIL ILOVALARNI ISHLAB CHIQARISH SALOHIYATI
Bugungi kunda yurtimizda ham mobil sanoat jadallik bilan rivojlanmoqda. Internetdan foydalanuvchilar soni 12 milliondan oshdi, mobil qurilmalar, ayniqsa smartfon va planshetlar keng ommalashmoqda. Tabiiyki, O‘zbekistonda ishlab chiqilgan, o‘zbek tilidagi foydali, qiziqarli mobil ilovalarga bo‘lgan talab ham ortmoqda. Quyida Terabayt.uz sayti smartfon va planshet foydalanuvchilariga yanada qulaylik yaratish maqsadida o‘zbekistonliklar uchun ishlab chiqilgan eng foydali o‘nta mobil ilova bo‘yicha o‘z ro‘yxatini taqdim etadi. Mazkur ro‘yxatni tuzishda mobil ilovalarining foydalilik darajasi, ommaviyligi hamda o‘zbek tilida faoliyat ko‘rsatuvchi blogerlarning fikr va takliflari inobatga olindi.
Manba:O’zbekistonda rivojlanayotgan mobil ilovalar
LexUz.Mazkur dastur O‘zbekiston Respublikasi Adliya vazirligi huzuridagi Huquqiy axborot bilan ta’minlash markazi buyurtmasi asosida ishlab chiqilgan bo‘lib, unda O‘zbekiston Respublikasi Konstitutsiyasi, barcha kodeks va qonunlar joy olgan, shuningdek, foydalanuvchilar qonunchilikka kiritilgan yangiliklardan boxabar bo‘lib borishlari mumkin.
Dastur rus va o‘zbek tillarida ishlab chiqilgan. Foydalanishga qulay. Mobil ilovaning yana bir muhim ustun tomoni shundaki, uning imkoniyatlaridan offlayn holatda to‘liq foydalanish mumkin. Mobil ilovadagi qidiruv uchun ajratilgan bo‘lim orqali xohlagan kalit so‘zni izlashga berish orqali kerakli moddani osongina topib olish mumkin.
Soliq ilovasi.O‘zbekiston Soliq qo‘mitasining “Soliq” mobil ilovasi barcha soliq to‘lovchilar, jumladan, jismoniy shaxslar, tadbirkorlar uchun foydali dasturlardan biri bo‘lib, unda soliq qonunchiligiga oid yangiliklar, soliq organlari, normativ hujjatlar, tez-tez beriladigan savollarga javoblar, soliqqa oid bahsli holatlarni ko‘rib chiqish va boshqa ko‘plab ma’lumotlarni olish mumkin.
Uning asosiy o‘ziga xosligi shundaki, mobil ilova yordamida INNni aniqlash, soliqdan qancha miqdorda qarzdor ekanini osongina bilish mumkin. Kamchilik sifatida esa garchi ilovada o‘zbek tili uchun joy belgilangan bo‘lsa ham, davlat tilidagi qismi yakuniga yetkazilmaganini aytish mumkin.
Moy gorod ilovasi.O‘zbekiston Savdo-sanoat palatasi hamda “Kartografiya” ilmiy-ishlab chiqarish davlat korxonasi bilan hamkorlikda “GISInfo” MChJ tomonidan taqdim etilgan mazkur elektron ma’lumotnomasi Toshkent shahri aholisi va mehmonlari uchun juda qulay mobil ilova hisoblanadi. Mobil ilovani bir marta yuklab olgandan so‘ng undan navbatdagi yangilanishlarga qadar bemalol offlayn foydalanish mumkin. Mobil ilovadan Toshkent shahri xaritasi, 12 mingdan ziyod tashkilotlar haqidagi ma’lumotlar kiritilgan katalog, “Gorod skidok” (“Chegirmalar shahri” hamkorlari, transport yo‘nalishlari (269ta) o‘rin olgan.16
Poytaxtning istalgan nuqtasidan boshqa xohlagan joyga boradigan transport yo‘nalishlarini topib beradi. Biror joy belgilansa, yaqin atrofda joylashgan tashkilotlar, bekatlar va boshqalar haqida ma’lumotlar, jumladan, tashkilotning yuridik manzili, telefon raqamlari, ish vaqtlari, u yerga boradigan transport turlari va yo‘nalishlari, mo‘ljal, to‘lov usullari vahokazolar paydo bo‘ladi.
Click ilovasi.Jismoniy shaxslar uchun mobil telefon orqali (USSD/SMS-portal) uyali aloqa operatorlari, internet provayderlari va boshqa xizmatlar uchun to‘lovlarni amalga oshirish, internet-do‘konlarda onlayn savdolarni amalga oshirish, pul mablag‘larini boshqa jismoniy shaxslar hisobiga o‘tkazish mumkin.
Mobil ilova yordamida to‘lovlarni amalga oshirish, hisobdagi qoldiqni tekshirish, xarid va to‘lovlar tarixini ko‘rish imkoni ham mavjud. Shuningdek, kommunal (hozircha gaz va maxsustrans), sug‘urta (Alskom, Uzbekinvest), saytlar, soliqlar (mol-mulk, yer va ESP GNK), xalqaro aloqa to‘lovlarini amalga oshirish mumkin. Mobil ilovaning o‘zbek tilidagi talqini ishlab chiqilmagan.
Gazeta.uz ilovasi.O‘zbekiston va jahonda ro‘y bergan eng muhim yangiliklar muntazam ravishda yoritib boriladi. Mobil ilova orqali rus va o‘zbek tillarida voqea-hodisalar rivojini kuzatib borish mumkin. Ilova onlayn rejimda ishlaydi. Bugunga qadar ushbu ilovani 100 ming martadan ko‘p yuklab olishgan.
Ilovada qulay qidiruv tizimi, asosiy xorijiy valyutalarining so‘mga nisbatan davlat kursi to‘g‘risidagi so‘nggi ma’lumotlarni ko‘rsatib boradigan bo‘lim faoliyat yuritadi. Mobil ilova sozlamalar bo‘limidagi “Profil” qismida ijtimoiy tarmoqlar orqali “Gazeta.uz”da avtorizatsiyadan o‘tib, materiallarga izoh qoldirish mumkin.
Kun.uz ilovasi.O‘zbek tilida tezkor yangiliklarni qulay va yengil Kun.uz mobil ilovasi orqali kuzatib borish mumkin. Faqatgina o‘zbek tilida ma’lumotlar taqdim etadigan dastur onlayn rejimda ishlaydi. Mobil ilovada “So‘nggi xabarlar”, “Kunning asosiy xabarlari”, “Eng ko‘p o‘qilgan xabarlar” hamda “Foto va video” bo‘limlari mavjud.
Mobil ilovaning yana bir qulayligi shundaki, “Sahifalar” qismidagi “Mobil muxbir” bo‘limi orqali har kim o‘z maqolasi, yangilik va ma’lumotlarini osongina tahririyatga yo‘llashi mumkin.
Klavus-Uzbek ilovasi.Mobil qurilmalar orqali o‘zbek tilida lotin va kirill alifbolarida O’, Q, G’, Sh, Ch harflari qulay usulda joylashtirilgan. Klaviaturaning pastki qismidagi tugmacha orqali alifbolarni osongina o‘zgartirish mumkin. Shuningdek, dasturda so‘zlarni oldindan ko‘rsatish xizmati mavjud bo‘lib, o‘zbek tilidagi ko‘plab so‘zlar bazasi kiritilgan. Ushbu bazaga yangi so‘zlarni ham kiritish mumkin. Bu esa doimo ishlatadigan so‘zlaringizni to‘liq terib o‘tirishdek mashaqqatdan sizni xalos etadi. O‘z hissiyotlaringizni so‘z bilan ifoda etmoqchi bo‘lmasangiz, “tabassumchalar” yordamga keladi.
UzDJ ilovasi.O‘zbekiston temir yo‘llari aksiyadorlik jamiyatining mazkur mobil ilovasi trasnportning mazkur turidan foydalanuvchilar uchun katta qulaylik taqdim etdi. Ushbu dastur orqali yo‘lovchilar oldindan chiptalarga buyurtma berib, to‘lovni ham amalga oshirishlari mumkin. Mobil ilova rus va o‘zbek tillarida ishlab chiqilgan bo‘lib, onlayn rejimda ishlaydi.
Mobil ilovaning bosh sahifasi orqali chiptalar, poyezdlar jadvali, kompaniya yangiliklari va ma’lumotlar bo‘limlariga o‘tish mumkin. Shuningdek, menyu yordamida kompaniya ma’lumotxonasiga qulay qo‘ng‘iroqni amalga oshirish, shaxsiy buyurtmalarni ko‘zdan kechirish mumkin. “Ma’lumotlar” bo‘limida turli foydali tavsiya va axborotlar qatorida elektron chiptalarni sotib olish qoidalari bilan tanishib chiqish mumkin.17
Muslim taqvimi ilovasi.Musulmonlar taqvimi va boshqa xizmatlarni o‘z ichiga olgan mobil ilovada har kunlik namoz vaqtlari mavjud bo‘lib, ular oldidan foydalanuvchini ogohlantirish tizimi ishlab chiqilgan. Mobil ilovada “Namoz kitobi”, “Qur’oni karim”, “Kalendar”, “Taqvim” bo‘limlari orqali kerakli ma’lumotlarni olish mumkin. Shuningdek, unda qiblani aniqlash uchun kompas, qazolarni belgilab borish, yaqin joydagi masjidni aniqlash, elektron tasbeh, Qur’oni karimning arabcha matni va qiroatlarini eshitish imkoni ham mavjud.Mobil ilovadan foydalanish vaqtida turli hadis va hikmatlar asosiy oynaga chiqadi. Ularni o‘qib, boshqalar bilan ham bo‘lishish mumkin. Dastur offlayn va onlayn rejimlarda ishlaydi.18
Kitobim.Sodda interfeys (ichki dizayn)ga ega mazkur ilova tijorat maqsadida ishlab chiqilganiga qaramasdan, unda bepul kitoblar ham o‘rin olgan. Ham onlayn, ham offlayn rejimda ishlaydigan dasturda bepul taqdim etilgan kitoblarni o‘qish uchun ularni yuklab olish talab qilinadi.
Mobil ilova orqali badiiy, ilmiy-ommabop asarlar, o‘quv adabiyotlari, majmualar, qo‘llanmalarning elektron ko‘rinishini xarid qilish mumkin. Shuningdek, qidiruv bo‘limi orqali kerakli kitobning bor-yo‘qligini tekshirish imkoni mavjud.
Mobil ilovani ishlab chiqqanlar hali uni takomilga yetkazishlari, dizayn, ishlash uslubini zamonga moslashtirishlari va imkon qadar foydalanuvchilarga qulaylik yaratish ustida bosh qotirishlari lozimligini ham ta’kidlab o‘tish joiz. Dasturning mazkur ro‘yxatga kiritilganini esa o‘zbekistonlik kitob muxlislariga shu kabi foydali resurslar borligini ma’lum qilish istagi bilan izohlash mumkin.19

Download 248,14 Kb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   2   3   4   5   6   7   8   9   10




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©hozir.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling

kiriting | ro'yxatdan o'tish
    Bosh sahifa
юртда тантана
Боғда битган
Бугун юртда
Эшитганлар жилманглар
Эшитмадим деманглар
битган бодомлар
Yangiariq tumani
qitish marakazi
Raqamli texnologiyalar
ilishida muhokamadan
tasdiqqa tavsiya
tavsiya etilgan
iqtisodiyot kafedrasi
steiermarkischen landesregierung
asarlaringizni yuboring
o'zingizning asarlaringizni
Iltimos faqat
faqat o'zingizning
steierm rkischen
landesregierung fachabteilung
rkischen landesregierung
hamshira loyihasi
loyihasi mavsum
faolyatining oqibatlari
asosiy adabiyotlar
fakulteti ahborot
ahborot havfsizligi
havfsizligi kafedrasi
fanidan bo’yicha
fakulteti iqtisodiyot
boshqaruv fakulteti
chiqarishda boshqaruv
ishlab chiqarishda
iqtisodiyot fakultet
multiservis tarmoqlari
fanidan asosiy
Uzbek fanidan
mavzulari potok
asosidagi multiservis
'aliyyil a'ziym
billahil 'aliyyil
illaa billahil
quvvata illaa
falah' deganida
Kompyuter savodxonligi
bo’yicha mustaqil
'alal falah'
Hayya 'alal
'alas soloh
Hayya 'alas
mavsum boyicha


yuklab olish