16
foydalanishlari mumkin. Bunday xalallardan qutilish uchun qo’shni
kanallar orasida maxsus himoyalovchi chastota intervali kiritiladi. Bu
chastota intervali axborotni uzatishda ishlatilmaydi
va shuning uchun
mavjud aloqa kanalining umumiy o’tkazish qobiliyati pasayadi.
Vaqt bo’linishi prinsipida barcha ajratilgan vaqt ishlatilmasligi kabi,
chastota bo’linishi prinsipi ham butun chastota diapazonidan to’la
foydalanmaydi.
1.10-rasm.
FDMA
ni tashkil etish prinsipi
Bunga sabab quyidagilar:
- uzatuvchi muhitda signal tezgina so’nishi sababli, signalni yuqori
chastotali modulyatsiyalashsiz uzatish mumkin emas;
- chastotalar va vaqt ham uzatiluvchi ma’lumotlar hajmini
ko’paytirish uchun ishlatiluvchi rusurslar hisoblanadi.
Shu sababli aloqani tashkil etishda birdaniga ikkala prinsip
ishlatiladi. Masalan GSM standartida
bir vaqtda TDMA va FDMA
ishlatiladi. Butun chastota diapazoni har biri 200 kGs li chastota
kanallariga bo’linadi, bu kanallar o’z navbatida 8 taymslotlardan tashkil
topadi.
CDMA
prinsipiga binoan har bir uzel uchun chastotalarning barcha
spektri va vaqtning hammasi ajratiladi. Barcha
peredatchiklar signallarni
bir xil chastotada, fazo zonasida va vaqtning bir xil orasida, ammo turli
kodlar bilan uzatadi. Har bir peredatchik ma’lumotlarning
dastlabki
oqimining har bir bitini CDM-simvolga, ya’ni 8, 16, 32, 64 va h.
Qismkanallar
Kanalning umumiy chastota
diapazoni
Himoyalash diapazoni
17
uzunlikdagi bitlarga (ularni "chip" deb atashadi) almashtiradi. Har bir
peredatchik
uchun
psevdotasodifiy
kodlar
ketma-ketligi
noyob
hisoblanadi.
Odatda,
ma’lumotlarning
dastlabki
oqimida
"1" ni
almashtirish uchun qandaydir CDM-kod ishlatilsa, "0" ni
almashtirish
uchun aynan o’sha, ammo invertirlangan, kod ishlatiladi. Priyomnik
signalini qabul qilishi lozim bo’lgan peredatchikning CDM-kodini biladi.
Muhitning bunday bo’linish usulida trafik kanallari keng polosali kodli
modulyatsiyalangan radiosignal, ya’ni
keng chastotali diapazonda
uzatiluvchi shovqinga o’xshash signal yordamida hosil qilinadi (1.11-
rasm).
Bir necha peredatchiklar ishlaganida ushbu chastota diapazonidagi
efir yanada shovqinga o’xshash bo’ladi.
Har bir peredatchik, ushbu onda har bir foydalanuvchiga berilgan
alohida son kodidan foydalanib, signalni modulyatsiyalaydi. Aynan ushbu
kodga sozlangan priyomnik radiosignallarning umumiy kakofonidan ushbu
priyomnikka atalgan signal qismini ajratib olishi mumkin.
1.11-rasm. CDMA signalining generatsiyasi
Ushbu
prinsipda
TDMA
yoki
FDMA
ga o’xshash kanallarning vaqtiy
yoki chastotali bo’linishi mavjud emas, har bir abonent signalni umumiy
chastota diapazoniga uzatib va umumiy chastota diapazonidan qabul qilib,
kanalning barcha kengligini muntazam ishlatadi.
Bunda uzatish va qabul
qilishning keng polosali kanallari turli chastota diapazonida joylashgan va
bir-biriga xalaqit bermaydi.
Yuqoridagi
qayd
etilganlar
CDMA
prinsipining
yuqori
samaradorligidan darak beradi. Haqiqatan, ushbu prinsipda qo’llanuvchi
kod bo’linishi
TDMA
,
FDMA
prinsiplaridagiga nisbatan ko’proq
abonentlarga xizmat qilishga imkon beradi. Kod bo’linishida kanallar
soniga qat’iy cheklash mavjud emas. Abonentlar soni oshishi bilan
dekodlash xatoliklarining oshishi ehtimoli oshadi.
Bu kanal sifatini
Ma’lumotlar signali
Psevdotasodifiy kod
Uzatiladigan kod:
XOR amali ma’lumotlarga va
psevdotasodifiy kodga
qo‘llanilgan